www.ziyouz.com kutubxonasi
298
Bayramxon ham bas kelolmadi, Mohim enaga ham, Ansoriy ham. Oxirida, mana, yolg‘iz
inilari Muhammad Hakim zabun bo‘ldi. Biroq hech kim bas kelolmagan Rustam dostonga
axiyri o‘zining o‘g‘li Suhrob bas kelgani «Shohnoma»dan ma’lumdir. Ilohim, siz bizning
Suhrobimiz bo‘ling-u Jahongir nomi bilan taxtga chiqing!
Agar bu gaplar otasining qulog‘iga yetib borsa mavlono Farid tirik qolmasligini Salim
sezdi va atrofiga xavotirlanib qarab qo‘ydi. Lekin xilvatxonada ikkovlaridan boshqa hech
kim yo‘q, eshik-derazalar berk. O‘lim xavfidan qo‘rqmay shunday dalil tilaklarni aytgan
mavlono Farid Salimga jasur odam bo‘lib ko‘rindi:
— Mavlono, menga toj-u taxt nasib qilgan kuni birinchi xutbani o‘zingiz o‘qigaysiz!
Mavlono Farid azbaroyi ta’sirlanganidan ko‘zlariga yosh oldi-da, Salimni suyukli
farzandidek bag‘riga bosib, yelkalarini siladi.
Akbar bilan uning o‘g‘li orasiga birinchi pona shu tarzda urildi.
_____________
* Salim o‘z xotiralarini keyinchalik «Tuzuki Jahongiriy» deb ataydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |