Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
Toshkentlarni sog‘inganday yuragi o‘sha tomonlarga qarab talpingan paytlar bo‘ladi. 
Hindiston bilan Turon orasida qatnab turgan savdo karvonlari Movarounnahrning shirin-
shakar mevalaridan keltirib turadi. Akbar Agrada yashab Farg‘onaning shirin 
qovunlaridan, Samarqandning naqsh olmalaridan yeb ko‘rgan, ularning tengsiz 
mazalaridan ko‘p huzur qilgan. 
Mana hozir esa bobo yurtida yasalgan kamoni shoshiyning achchiq jarohatidan azob 
tortmoqda. Zeb bergan kamoni yovuz odamlarning qo‘liga tushishini usta Olim Shoshiy 
qayoqdan bilsin? Nahotki shayboniyzodalar Turonda turib, Agradagi Akbarga o‘q otgan 
bo‘lsalar? 
Hozir Buxoro taxtida shaybon urug‘ining eng baquvvat vakili Abdullaxon o‘ltiribdi. U 
Akbar bilan murosa yo‘lini tutib, ikki qayta elchilar, maktublar va qimmatbaho sovg‘alar 
yubordi. Abdullaxon so‘nggi maktubida Eron shohi Tahmaspning vafot etganligi
safaviylar orasida ichki kurash va parokandalik boshlanganini yozgan, ularga qarshi 
ittifoq tuzishni va Eronni birgalikda fath etib, shialar davlatini yo‘qotishni taklif qilgan 
edi. Akbar otasiga yaxshiliklar qilgan safaviylar bilan urushishni istamas, shia-sunniy 
adovatini yomon ko‘rardi, shuning uchun Abdullaxonga yozgan javob maktubida hozir 
Hindistonning ichki ishlari va Kobul-u Badaxshon chegaralarini mustahkamlash bilan 
band ekanini, Eron favthiga xohishi yo‘qligini ma’lum qilgan edi. Abdullaxonga shu kerak 
edi — u o‘zining eng nufuzli qo‘shnisi bo‘lgan Akbarning oldidan bir o‘tib qo‘ygandan 
keyin, o‘g‘li Abdumo‘minni yoniga olib, Xurosonga yurish qildi, Hirot, Astrobod, hatto 
Mashhadni ham safaviylardan tortib olib, o‘z davlatining bir qismiga aylantirdi. 
Abdullaxon davlati shu tarzda kengayib boraversa, bir kun emas bir kun Kobul-u 
Badaxshonga tajovuz qilishi ham mumkin. Ammo Akbar — unnig janubga keladigan 
yo‘llarini bekitib turgan kuchli bir to‘siq. Shayboniyzodaldar bu to‘siqni Po‘lat vasvasning 
qo‘li bilan qulatib o‘tishga uringan bo‘lsalar ajab emas... 
Akbarning o‘yi shu joyga yetganda vazir Jamil lattaga o‘rog‘liq uzun bir narsani 
tergovchiga ko‘tartirib kirib keldi. 
— Hazratim, Po‘lat vasvas Mohim enaga madrasasi yaqinida egasi ko‘chib ketgan, 
tashlandiq bir xaroba uyda turar ekan. Uyning omborxonasiga eski lash-lushlar orasiga 
mana shu farangi to‘fang bekitib qo‘yilgan ekan. O‘qlari alohida joyda turibdir. 
Vasvasning kasali qo‘zigandan keyin bularni topolmaganmi... Hayriyatki... to‘fangni 
ishlatmabdir... 
Akbar to‘ng‘iz o‘qi solib otiladigan quvuri yo‘g‘on farangi to‘fangni ko‘rib beixtiyor eti 
junjikdi. To‘fangning yonida charm xaltachaga solingan kartech o‘qlar ham bor edi. 
Po‘lat vasvas bu to‘fangdan o‘q otsa Akbar tirik qolishi gumon edi... 
— Vasvas to‘fang otishni o‘rgangan ekanmi? — so‘radi Akbar. 
— Ha, Adhamxonga navkar bo‘lganda o‘rgangan ekan. 
— To‘fangni unga kim berganini aytdimi? 
— Bir keksa farangining nomini aytdi. Alvarmi... Pakvarmi... Qo‘shnilaridan surishtirsak, 
Goa orolida turadigan savdogar farangi Po‘lat vasvasning oldiga bir-ikki marta kelib 
ketgan ekan. 
Humoyun tirik paytida Alvaro Pakavira degan farangi Goadan to‘fang ko‘tarib kelganini
keyin Sherxon tomonga o‘tib, uning fitnalariga qatnashganini o‘g‘liga aytib bergan edi. 
Akbar buni yoshlik xotirasining kuchi bilan darhol esladi-yu: 
— Farangini qidirtiring, — deb buyurdi vazir Jamilga. — Kalavaning uchi balki o‘shaning 
ilkidadir! 
Vazir Jamil shu ketganicha Dehli karvonsaroylarini qidirtirib, bironta farangini topolmadi. 
Farangilar bilan savdo sotiq qiladigan do‘kondorlar Pakavira degan keksa savdogar 
bundan bir oy oldin Goaga qaytib ketganini aytdilar. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish