Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
Shoh avvallari Humoyunni doim o‘rnidan turib qabul qilar va o‘ng yoniga o‘tkazar edi. Bu 
gal o‘ltirgan ko‘yicha unga chap tomonidan uch-to‘rt qadam naridan joy ko‘rsatdi. 
Humoyun Tahmaspdan olti yosh katta edi. Otasining «kattalar ko‘tarimli bo‘lgay» degan 
gapini yana bir esladi. Shohning kamsitishiga ahamiyat bermaslikka tirishib, mayin 
kulimsiradi-da, ko‘rsatilgan joyga cho‘kka tushdi. 
— Olampanoh, biz sizdan ko‘p marhamat ko‘rdik,— dedi. — Endi ijozat bersangiz
yurtimizga qaytsak... 
— Xansi* yurtingizga qaytajaksiz? — kinoyaomuz so‘radi shoh. 
— Hozircha Qandahorga... Siz va’da qilgan ko‘mak ila uni olsak, o‘zingizga in’om 
etgaymiz. Biz o‘g‘limiz bilan Hindga qaytish orzusidamiz. 
— Hindiston sizning yurtdur? — deb shoh yana kinoya qilib so‘radi. 
Humoyun ichida, «tangrim, o‘zing bardosh ber», deb, bu istehzoga ham chidadi. 
— Hindiston — biz farzandi o‘ldig‘imiz yurtdir,— deb Humoyun bitta so‘zni ataylab 
ozarbayjoncha aytdi. 
Shoh ko‘zlarini qisib Humoyunga sinovchan nazar bilan tikildi... 
— Eron buyukmi yoki sizning Hindiston buyukroq? 
Poygakda o‘ltirgan Validbek birdan sergaklandi, shoh «Eron buyukroq» degan gapni 
eshitsa mamnun bo‘lishini Humoyun ham sezdi. Lekin bunday desa shohga ochiqdan 
ochiq xushomad qilib yolg‘on gapiradiganday ko‘rindi-yu, xiyol taraddudlandi. 
— Eronning... buyuk madaniyati, buyuk tarixi bordir... shunday tarix, shunday 
madaniyat Hindistondada var. Ammo Hindistonning aholisi ko‘proq, maydoni ham 
buyukroqdir, olampanoh. 
Bu gaplar shohning qulog‘iga: «Men ham sendan buyukroqmen, shuning uchun eng 
ulkan Ko‘hinur olmosini o‘zimda olib qolganmen!» degandek eshitildi. Shohning birdan 
jahli chiqdi. Uning qizishgan paytda mantiqni tan olmaydigan odati bor edi. 
— Siz bizdan buyukroq o‘lsangiz nechun Hindistondan bura* panoh istab keldingiz? 
Dastoringizga Ko‘hinur olmosini taqqaningiz uchungina bizdan buyukroq o‘lmayajaksiz! 
Bu achchiq izg‘irin qayoqdan esayotganini Humoyun Ko‘hinur olmosi tilga olinganidan 
so‘zdi. Bu olmosni Hamida bonuning tumorida ko‘rgan Ravshan ko‘ka bilan Xo‘ja 
G‘ozining izg‘irini. Bu razil o‘g‘rilarni zindonga tashlatish o‘rniga, ularga tanbeh berish 
bilan cheklanib, ortiqcha bir yumshoqlik qilgani uchun Humoyun yana o‘zini koyidi: «Qil-
gan xatoingning jazosi mana shu, endi shohning barcha tanbehiga chidaysen!». 
Tahmasp yuragida to‘planib qolgan gina-qudratlarni aytib, ko‘nglini sal bo‘shatgandan 
so‘ng, Humoyun sekin bosh ko‘tardi: 
— Hazrat shahanshoh, tog‘dan ko‘ra samo buyukroqdir. Shuning uchun men sizga 
Ko‘hinurni emas, Samoyinurni yuborgan edim... Oraga ig‘vo urug‘ini sochgan odamlarni 
yomonlashga esa mening tilim bormaydir. Chunki ne qilsa ham ular mening 
yurtdoshlarim. Hozir biz sizning ixtiyoringizdagi mehmonlarmiz. Bizni bor qilishga ham, 
yo‘q qilishga ham siz, albatta, qodirsiz. Bir o‘lim hamisha boshimizda bor. Men hech vaqt 
undan qo‘rqib qochgan emasmen. Agar mendan ayb o‘tgan bo‘lsa, mayli, buyuring! 
Humoyun Tahmaspning ko‘zlariga dovtalab bo‘lgan kabi tik qaradi. Shoh ham uning 
ko‘ziga ko‘zini qadagan holda: «O‘limdan qo‘rqmasligingni ko‘ryurmiz!» degisi keldi, 
ammo boshqa gapni aytdi: 
— Ayb deyil*. Ov qilyurmiz! Chorshanba kuni o‘rmonda, Albrus dog‘inda. Sizi taklif 
etyurmiz. 
Hozir Humoyunning ko‘ngliga ov sig‘masa ham, lekin bu gaplarning tagida boshqa ma’no 
borligini sezib, shohning taklifini qabul qildi. 
______________ 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish