Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
tuyg‘u atrofiga yig‘a olmaydi. Uning istagi shuki, tanasi ruhiga so‘zsiz itoat etsa, yuragi 
nafsdan poklansa, u o‘zidan ham, olamdan ham mamnun va rizo bo‘lsa. So‘fiylar buni 
«oriflik» deydi, hind faqirlari «samadhi» deb ataydi, lekin ikkovining mohiyatida ham 
komil insonlikka intilish bor. 
Akbar tabiatdagi poklikni, go‘zallik va muvozanatni ko‘rib havasi keladi. Nega uning 
dilida tabiatdagi uyg‘unlik yo‘q? Bu savolga javoban yana Rumiyning xitobi eshitiladi: 
«Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin diling!» 
Akbar ko‘zi oldida turgan tabiatdan ham ulug‘roq, undan ham abadiyroq mutlaq 
haqiqatni qalb ko‘zi bilan ko‘rishga va ruhini unga qo‘shib yuborishga intiladi. Lekin 
bunga hech muvaffaq bo‘lolmaydi. 
Taqdir unga shuncha kuch-quvvatni, iste’dodni, qudratli davlatni nima uchun bergan? 
Bu savolga Ajmirdan Akbar bir vaqtlar ziyoratga borgan Mu’yiniddin Cheshti 
maqbarasidan Bhiraga kelgan mo‘ysafid Murtazo Ahmadxon o‘zicha javob berdi. U 
she’rni kuyga o‘xshatib aytadigan xushovoz qavvollar bilan birga Akbarni ulug‘lab ashula 
aytdi, so‘ng Akbarning qarshisida tiz cho‘kib, unga sajda qila boshladi: 
— Siz ming yilda bir keladigan dohiy! Dunyoda adolat o‘rnatish uchun Xudo tomonidan 
yuborilgan mahdiysiz! 
Zo‘r e’tiqod va ishonch bilan aytilgan bu so‘zlar Akbarga shunday ta’sir qildiki, uning 
ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. U ko‘z yoshini artmasdan o‘rnidan turib ketdi-da, 
o‘rmonda ancha vaqt yolg‘iz aylanib yurdi. 
Balki murtazo Ahmadxon haqdir? Unga ayon bo‘lmasa kamoli ishonch va e’tiqod bilan 
shunday dermidi? Lekin Akbarning amaliy ishda aniq dalillarga tayanib o‘rgangan aqli bu 
gapga bovar qilmaydi. 
Osmondan ham biron ishora bo‘lsa edi, Akbar o‘zining o‘jar aql-u idrokini so‘zsiz 
ishontirgan bo‘lardi. U yolg‘iz o‘zi tog‘ tepalariga chiqadi, uyqusiz tunlarda sham 
yorug‘ida o‘y surib o‘ltiradi. Tepadan biron gumburlash yoki hayqirish eshitilsa, 
«tangridan vahiy keldimikin?» deb, vujudini titroq bosadi, ruhida zilzila qo‘zg‘aladi. Lekin 
yaxshiroq quloq solsa, uzoqda yo momaqaldiroq gumburlagan yoki o‘rmonda yirtqichlar 
bo‘kirgan bo‘lib chiqadi. 
Murtazo Ahmadxondan tashqari shayx Muborak ham Akbarning mahdiyligini isbot 
etishga harakat qilmoqda. Axir hijriy minginchi yil yaqinlashyapti. Shayx Muborak 
musulmon olamida Akbardan qudratliroq podsho yo‘q deb hisoblaydi. Uningcha, 
mahdiylikka munosib boshqa odam yo‘q. Shuning uchun shayx Muborak Akbarning 
tezroq mahdiy deb e’lon qilinishini, shu tarzda abdulla Ansoriy boshliq ruhoniylar 
hokimiyati yo‘qotilishini istaydi. Akbar mahdiy bo‘lganda kiyishi kerak bo‘lgan ulug‘vor 
samoviy kiyimlarga shayx Muborak buyurtmalar bergan. 
Buni eshitgan Akbarning ruhi osmonga talpinadi, ammo tanasi hamon yerdan ko‘tarila 
olmaydi. Xayolida voqelik bilan ilohiyot bir-biriga qorishib ketgan paytlarda uch ko‘zli 
tangri Shiva Nandi nomli ho‘kiziga minib, qarshisidan o‘tganday bo‘ladi. Birdan xushyor 
tortib qarasa, Bog‘i Safoda yolg‘iz o‘ltirganini ko‘radi. Na Shiva bor, na Nandi. Shunda 
«aqldan ozmayapmanmikin?» degan o‘y etini junjiktirib o‘tadi. 
_____________ 
* Q u v v a i b a h r i ya — harbiy flot. 
* M u s o h a b a — xudtahlil, o‘z-o‘zini kuzatib analiz qilish. Murokaba — o‘z-o‘zini cheklash, qanoatga o‘rganish.
* * * 
Kech kirib, o‘rmon daraxtlari Bog‘i Safodagi ko‘lga uzun-uzun soya tashlab turgan 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish