Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet18/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

O‘lchash zanjiri (O‘Z) – asbobning bir necha qismidan iborat bo‘lib, o‘lchanayotgan kattalik x ni o‘lchash mexanizmiga bevosita ta’sir etuvchi elektrik kattalik y ga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
O‘lchash mexanizmi (O‘M) – asbobning bir qismidan iborat bo‘lib, u elektr (magnit) energiya qo‘zg‘aluvchan qismni siljituvchi mexanik ener-giyasiga o‘zgartiradi. Aksariyat o‘lchash mexanizmlarida qo‘zg‘aluvchan qismning siljishi ma’lum o‘q atrofida  burchakka burilishdan iborat bo‘ladi.
Hisoblash yoki qayd etish qurilmasi (QEQ) – asbob konstruksiyasining bir qismi bo‘lib, ko‘rsatkich va shkaladan tuzilgan. U qo‘zg‘aluvchan qism-ning burchak siljishini ko‘rsatkich siljishiga o‘zgartirib beradi.

2.1- rasm. Elektromexanik asboblarning umumlashgan blok-sxemasi.
Elektr o‘lchash asboblarining sezgirligi
dy ddl dl S = S1 S2 S3 =   =
dx dy ddx
dy ddl
S =1 , S =2 , S =3
bo‘lib, bu yerda: dx dy d– mos ravishda o‘lchash zanjiri, o‘lchash mexanizmi va qayd etish qurilmasining sezgirliklari. Analog o‘lchash asboblari bajaradigan funksiyasi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: o‘lchash axborotini olish, qayta ishlash va foydalanishda qulay shaklga keltirish hamda o‘lchash apparaturasini shahodatlash (attestatsiyalash) va qi-yoslash (poverka). Natijalarni taqdim etish bo‘yicha o‘lchash asboblari ko‘rsatuvchilarga va ro‘yxatlovchi (qaydlovchi)lar; o‘lchash usuli bo‘yicha bevosita baholovchi va solishtiruvchi; qo‘llash usuli va konstruksiyasi bo‘yicha shitli, ko‘chiriladigan va ko‘chmaydigan (statsionar); aniqlik bo‘yicha xatoliklari me’yorlangan asboblarga va indikatorlar (xatoligi me’yorlanmaydi) ga bo‘linadi. Ishlash prinsipiga ko‘ra asboblarni elektromexanik, issiqlik va boshqalarga bo‘lish mumkin. Vazifasi bo‘yicha o‘lchash asboblari elektr, magnit, issiqlik, kimyoviy va boshqa (noelektrik) kattaliklarni o‘lchovchi asboblarga bo‘linadi. Тashqi sharoit ta’siridan himoyalanishi bo‘yicha asboblar oddiy va namlik, gaz hamda changdan himoyalanganlarga bo‘linadi.
Barcha elektr o‘lchov asboblarining umumiy texnik talablarga javob berishi ГОСТ 22261-82 bilan me’yorlangan. Elektr o‘lchov asboblariga qo‘yiladigan shartli belgilar ГОСТ 23217-78 bilan aniqlangan.
Elektromexanik analog asboblarining umumiy qismlariga korpus, qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlar, teskari ta’sir etuvchi moment hosil qiluvchi qurilma, tinchlantirgich, qayd etuvchi qurilma va boshqalar kiradi.
Asbobning korpusi uning barcha qismlarini mahkamlash va tashqi ta’sirdan saqlash uchun xizmat qiladi. Korpus metall yoki plastmassadan har xil shaklda yasaladi.
Qo‘zg‘almas qism ko‘pgina asboblarda magnit o‘zakka o‘ralgan yoki o‘zaksiz g‘altakdan iborat bo‘ladi. Ayrim asboblarda qo‘zg‘almas qism doimiy magnit yoki elektr o‘tkazuvchi plastinka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Asboblarning qo‘zg‘aluvchan qismi doimiy magnit, g‘altak, elektr o‘tkazuvchi disk, elektromagnit ekran (qisqa tutashtirilgan bir o‘ramli g‘altak) yoki ferromagnit o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan qism o‘z o‘qi atrofida burilishi uchun u tayanch, tortqi yoki osmalarga o‘rnatiladi.
Тeskari ta’sir etuvchi moment hosil qilish uchun spiral yoki lentasimon prujinalardan foydalaniladi.
Тinchlantirgich asbob zanjirga ulanganda yoki o‘lchanayotgan kattalikning qiymati o‘zgarganda, qo‘zg‘aluvchan qismni tezroq tinchlantirish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik asboblarda havoli, magnitoinduksiyali va suyuqlikli tinchlantirgichlar ishlatiladi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish