Magnitoelektrik logometrlarda qo‘zg‘aluvchan qismning turg‘un – muvozanat holati chulg‘amlardan o‘tuvchi toklarning nisbatiga bog‘liq bo‘lib, teskari ta’sir etuvchi moment mexanik usulda emas, balki elektrik usulda hosil qilinadi. Logometrning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib, qutb boshmoqlari bo‘lgan doimiy magnit (1) va ellipssimon shaklda yasalgan ferromagnit o‘zak xizmat qiladi (2.7- rasm).
Qo‘zg‘aluvchan qism umumiy o‘qqa burchak ostida mahkamlab
j oylashtirilgan ikkita g‘altak – (2) ramkadan iborat. Ramkalarning chulg‘amlariga
tok moment hosil qilmaydigan o‘tkazgichlar orqali o‘tadi. Ramkalardagi chulg‘amlar shunday o‘ralganki, ulardan tok o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan aylantiruvchi momentlar (M1 B1s1w1I1 va M 2 B2s2w2 I2 ) yo‘nalishlari o‘zaro qaramaqarshi bo‘ladi. Doimiy magnit qutblari va ferromagnit o‘zak o‘rtasidagi ishchi havo tirqishining tekismasligi tufayli aylantiruvchi moment qo‘zg‘aluvchan qism holatiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
2.7- rasm. Magnitoelektrik Bu qarama-qarshi yo‘nalgan momentlar logometrning tuzilishi ta’siridagi qo‘zg‘aluvchan qism katta moment yo‘nalishi bo‘yicha M1 = M2 bo‘lguncha buriladi.
Magnitoelektrik logometrlar ko‘pincha qarshiliklarni bevosita o‘lchash uchun ommetr va megaommetr sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari ular harorat, namlik, suyuqlik bosimi va sarfi, shuningdek, boshqa noelektrik kattaliklarni o‘lchash hamda qayd etishda qo‘llaniladi.
2.1.3. Magnitoelektrik galvanometrlar
Amaliy elektr o‘lchashlarda juda kichik tok va kuchlanishlarni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha ko‘prik yoki kompensatsiyali sxemalarda tok yoki kuchlanishning nolgacha kamayishini qayd etish kerak bo‘ladi. Buning uchun, bevosita baholaydigan shartli shkalaga ega va sezgirligi yuqori bo‘lgan galvanometrlar xizmat qiladi. Yuqori sezgirlik galvanometrlarda o‘zgaruvchan qismni tortqilar yoki osmalarga o‘rnatish va yorug‘likni qayd etish qurilmasidan foydalanish hisobiga erishiladi.
Galvanometrning qo‘zg‘aluvchan qismi ramka (1) va oyna (2) dan tashkil topgan (2.8-rasm). Qo‘zg‘aluvchan qism tortqilar (yoki osma) (3) ga mahkamlangan. Oynaga yorug‘lik manbai (4) dan yorug‘lik yuboriladi va qaytgan nur shkala (5) ga tushadi. Galvanometr shkalasi ko‘pincha shartli ravishda millimetrlarda yoki graduslarda darajalanadi. (6) – doimiy magnit, (7) – ballast yuk – qo‘zg‘aluvchan qism inersiya momentini oshirish uchun xizmat qiladi..
Galvanometrlar asosan kichik tok va kuchlanishlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi hamda nol asboblar deb ataluvchi asboblar sifatida tokning bor-yo‘qligini belgilash uchun ishlatiladi, bunda ularga qo‘yiladigan asosiy talab – yuqori sezgirlik hisoblanadi.
G alvanometrning asosiy parametrlari va xarakteristikalari u zanjirga ulangan yoki uzilganda mexanizmda yuzaga keladigan o‘tkinchi jarayonlarni tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Nazariy mexanika kursidan bizga ma'lumki, jismning tebranish jarayoni ikkinchi tartibli bir jinsli bo'lmagan differensial tenglama bilan tavsiflanadi. Bu tenglamaning chap tomoni - tebranayotgan jism harakat miqdori momenti,
2.8- rasm o'ng tomoni esa unga ta'sir etayotgan momentlar yig'indisidan iborat. Differensial tenglamaning
xususiy yechimi galvanometr qo'zg'aluvchan qismi siljishining turg'un qiymatini aniqlash imkoniyatini beradi. Differensial tenglamaning umumiy yechimi F(t) bog'lanishni quyidagi uch xil ko'rinishini berish mumkin:
d avriy - qo'zg'aluvchan qism td vaqt mobaynida o'zining turg'un holati atrofida so'nuvchi tebranma harakat qilishi mumkin (2.9 - rasm, 1- egri chiziq); aperiodik - qo'zg'aluvchan qism turg'un holatiga tebranma harakatsiz ta vaqt ichida erishadi (2.9 - rasm, 2- egri chiziq); (bu holatda ta nazariy jihatdan cheksizga teng bo'ladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |