44
ma’lumotlarga ega bolamiz. Sababi turk zodagonlari, ularning o’g’illari xitoy imperatori saroylarida garovga olinib, ularga xitoycha nom berilgan, xitoycha o’qitishgan hamda xitoyparastlik ruhida tarbiyalashgan. Shu tufayli ham ko’pchilik turkiy ismlar, so’zlar xitoy tiliga aynan yoki o’zgartirishlar bilan tarjima qilingan. Qadimgi turkiy tilning leksik qatlamida bir qator so’zlar harbiy sohaga va davlat tuzilishiga oid so’zlar ekani ko’rinadi. Bu so’zlar xitoy tilidagi manbalarga o’tib saqlanib qolgani uchun, ularning fonetik qiyofasi o’zgarishga uchragan. Xitoy tilining monosillabik til bo’lgani bunga sababdir. Turkologlarning kuzatishlaricha, qadimgi turkiycha ism va unvonlardan bir yuz saksontasi miloddan oldingi V asr oldingi xitoy yozma yodgorliklarida saqlanib qolgan. Shuningdek, xitoy yilnomasi “Xan shu”da turkiy tildagi bir bayt ham bor. Bu baytning boshlanishida ceng-li ku- tu Shan-yu jumlasi uchraydi. Ular quyidagicha mano ifodalaydi: ceng-li- “osmon” ma'nosida, ku-tu- o’g’il ma'nosida, Shan-yu “keng”, “buyuk” deganidir. Mazkur jumla “Osmon o’g’li buyukdir” degan ma noni anglatib, jumla Chin xoqonlari unvoni sifatida ham qo’llanilgan. Jumladagi birinchi so’z “ceng-li” qadimgi turkiy tildagi “osmon va xudo” ma'nosida qo’llangan “tañri” so’zining fonetik o’zgargan shakli degan turkologlarning qarashlari ham mavjud.
Qadimgi turkiy til ananalariga ko’ra, harbiy kishilar, ayniqsa hukmdorlar bolalik ismi bilan emas, harbiy salohiyati va insoniy fazilatiga qarab laqabi bilan aytilar yoki ularga ulug’lovchi so’zlar bilan murojaat qilishardi. Shu bois, yozma asrlarda tilga olingan aksariyat turkiy hukmdorlar va lashkarboshilarning ismlariga aslida ularning asl ismi emas, balki taxallusi yoki kuniyasi sifatida qarash lozim. Xullas, turkiy xukmdor yoki, lashkarboshining asl ismini aniqlash ancha mushkul.
O’rxun-enasoy obidalari tarkibidagi sarkarda Tonyuquqqa bag’ishlangan bitigtoshda Tonyuquq nomida ham shu holatni kuzatish mumkin. Ismning birinchi qismi, hozirda bir qator turkiy so’zlarda saqlanib qolgan, qadimgi turk tiliga xos “tun” -“ilk, ulug’, bosh, katta” so’zi bilan aloqador bo’lib, o’zbek tilidagi xuddi shu ma nolarda qo’llaniluvchi to’ng’ich so’zining negizi ham tun so’ziga borib taqaladi. Qadimgi turkiy davlatchilik an analariga ko’ra, har bir amaldor, xoh u xoqon bo’lsin, xoh quyi darajali lavozim egasi bo’lsin, ularning ismi oldiga
Do'stlaringiz bilan baham: |