www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Biroz o’zimizga kelgacha yana maktubga qaytdik:
Yotoqxonada endi yolg’iz qolgandim. Har kuni yig’lardim. Bu shunday hasratli yig’I ediki,
go’yo o’zimni tamom qilayotgan edim. Shu sabab ikki marta ko’zlarim shishdi, mikrob
tushdi. Doktorga ko’rsatishdi. Ammo atrofimdagi kattalar juda mehrsiz, toshbag’ir
insonlar edi. Har gal yig’laganimda, tasalli berish o’rniga ozor berib to’xtatishga harakat
qilishardi. O’qituvchilardan faqat bir kishi boshqacha, yaxshi kishi edi. Kelar, men bilan
qiziqar, muammolarimni tinglar, hikoyalar aytar, kitoblar berardi. Qalbi mehrga to’la
inson edi. Keyin uni yotoqhonadan uzoqlashtirishdi. Nimagaligini bilmayman. Bu voqea
ham men uchun quvonarli bo’lmadi albatta. Usmon afandi degan kishi ham bor edi.
Yahshi inson edi. Bizga har kuni qand-qurs ulashar, bizni “shakarlarim, chechaklarim”
deya erkalardi. Eng katta azobni esa o’n yoshimda uchinchi sinfga ko’chganimda
kechirdim.
Bir kuni meni mudir chaqirtiribdi. Yotoqxonadagi o’quvchilar uni mudir ota deyishardi.
Mudir otani yoniga bordim. Meni xonasiga taklif qildi. Ilk marotaba bir mehr muruvvat
ko’rsatishini xohlardim. Ochiq yuz bilan va shirin so’zlar aytib, yonimga keldi. Buning
sababini bilolmasdim. Avval kamchiliklarimni va muammolarimni so’radi. “Qo’rqma
qizim, gapir, senga yordam beraman”, dedi. Men ham shu paytdagi muammolarimni
aytdim.
“Bo’pti, bularning hammasi bo’ladi, -dedi. Sen kuchli, jasur va irodali qizsan, - deya
davom etdi. Senga juda ishonaman. Sening keljaging porloq. Sen har qanday
qiyinchilikni yenga olasan. Har qanday qayg’uni yengasan. Nega bunday demoqda? Hech
narsaga tushunmas edim. Men jasur va irodali qiz emasdim, axir…
Nihoyat, qayg’u to’la hayotimni zulmatga aylantirgan, umidlarimni so’ndirgan, o’n
yoshimda o’limga hukm etgan “bomba” portladi.
Dadam ham o’lgandilar
-Qizim juda qayg’udaman. Ammo buni bilishing kerak. Dadang rahmatli bo’libdi.
U so’nggi so’zlarini aytib tugatmasdan, mening butun borlig’im yonib tamom bo’lgan edi.
Xonadagi butun jihozlar oyoqqa turgan, hamma narsa ustimga bostirib kelardi. Devorlar,
eshilar, shift deraza hamma narsa chir aylanardi. Shunday aylanardiki, o’rtasida bir
jarlik paydo bo’ldi va u yerga to’g’ri qulb tushganimni his qildim. Keyin nima bo’lganini
bilmayman.
Ko’zimni ochganimda boshimda ikki oq kiyimli odam menga qarab turardi. Boshim
karaxt, ichimda ta’rifsiz bir alam…Bir olov vujudimni kuydirardi. O’sha kuni ichimga
tushgan hayot olovi hech so’nmadi. Bugun ham o’sha otashning azoni, yong’ini
ichidaman. O’n yoshli bir qiz. Onasi, otasi va akasidan juda bo’lgan. Hayotda yakkayu
yolg’iz. Allohning birorta quli yo’qki, unga tasalli bersa, suyanchiq bo’lsa. O’ylab ko’ring,
taqdiringiz shunday bo’lsa nima qilardingiz? Juda dahshatli, qo’rqinchli emasmi?
Nech kunlar och, suvsiz yig’ladim. Burchak-burchaklarga tiqildim, odamlardan qochdim.
Umuman, holdan toydim, yiqildim. O’sha yili maktabga ham borolmadim, sinfda qoldim.
Go’yo boshqa birovning hayotida yashar edim. Sen ovqatlanmasang, kasal bo’lsang,
maktabga bormasang, kimning nima ishi bor? O’sha yillarda menga yagona tasalli
beruvchi kishi ishchi Usmon afandi bo’ldi. Meni har kuni yo’qlardi. Sochlarimni
silab:”Mening shakarim, gulim”, deya erkalatar va menga har kuni bittadan qand
berardi. Shuncha iztirob ichida mittigina bo’lsa-da, uchqun ham baxtiyorlik nuri bo’ladi.
Bugun ham hurmat bilan hotirlayman. Unga nima bo’ldi, hozir qayerda, bilmayman.
Ammo mudir otani also kechirmayman. Undan keyin hech ham yo’qlamadi. Dardlarim
bilan sira qiziqmadi ham, ehtiyojlarimni to’g’rilamadi ham. Holbuki, u so’z bergan edi.
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |