Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
qayg’uga ko’milgan inson osonlikcha ruhan poklanib, shukr aytolmaydi, birovga
tashakkur bildirolmaydi. Zerikdim. Aminaning dadasi zerikkanimni sezgach, o’rnidan
turib, xonaga o’tdi. Bizni yolg’iz qoldirdi.
Hayotimdagi dovullar, otash-alangali azoblar
lazzalanib, huzurlanishga to’sqinlik qilardi. Bu insonlarning hatto nazokati ham meni
zariktirardi. Huddi davo istab bog’langan katta yara ataylab og’ritilib, qonatilgandek ham
so’zlar ham menga botar, og’ir tuyulardi.
Litsey
yillarida meni alangalatgan, zafarlarga boshlagan o’qituvchilarimizdan biri
matematika muallimi Bilol Bey edi. Menga ko’p mehribonchiliklar ko’rsatdi,
ko’maklashdi. Bir safar ayoli bilan birga keldi. Meni boshdan oyoq kiyintirishdi. Ayoli ham
o’qituvchi, og’ir, bosiq, hijobli ayol edi. Ayoli mening dindan yiroqligimni bilgach, menga
“O’zini qidirgan odam” nomli bir kitob berdi. Muallifi kimligini eslolmayapman.
-O’qi, ko’p foydalanasan, -dedi.
Bu kitobda Alloh, oxirat va shunga o’hshash mavzular
ilmiy dalillangan. O’qisang, shubhalaringga javob topasan.
O’qidim ham, ammo chiday olmadim. Keyin nima qildim, bilmayman. O’qituvchim Bilol
Bey menga bir yil davomida matematikadan dars berdi. Bilimimni oshirdi. Meni
muvaffaqiyatlarfa havaslantirdi. Endi men ham bilib olgandim. O’qishni muvaffaqiyat
bilan
tugataman va meni kamsitgan, hafa qilgan kishilardan qasos olaman. Jiddiy
o’qishga kirishdim. Aminaning dadasi yordamida bir kunlik reja tuzdim va o’zimni dars
tayorlashga mahkum qildim. Qisqa vaqt ichida o’zgarish sezilib, o’qituvchilarim
muvaffaqiyatlarimni tan ola boshlashdi. Yotoqxonada mudir otamiz, litseyda esa diraktor
bizlardan yutuqlar kutishayotganini aytishdi. Uninchi yo’l o’lim yo’li edi. Agar
universitetga kira olmasam, yotoqxonadan chiqarib yuborishadi. To’g’ri,
yaxshi muhit
emas, ammo, ko’chada qolishdan yaxshi. Ko’chada hozirgi “och qahqirlardan” ham
battarlari yo’limni to’sib, har biri bir yonimdan tishlab tortishi mumkin. Shu bois o’z-
o’zimcha qaror qildim:”Yo universitetga kiraman yo o’zimni-o’zim o’ldiraman”. Bu
qarorimdan yotoqxonadagi o’rtoqlarim, o’qituvchilar kulib qo’yishdi. Adashgan bir
menman-mi? Hay jonim-a. Omad qayerda-yu, sen qayerda? Ko’raverasiz…
Menga yordam qilgan insonlar sog’ bo’lishsin. Matematika o’qituvchisi, uning ayoli,
Amina va uning dadasi. Meni yutuqqa erishsin deb nimalar qilishmadi.
Yana charchadim, xojam. Men boshqa narsani o’ylayapman,
qalamim boshqa narsani
yozyapti. Biroz dam olaman. Uddalay olsam, oqshomda ko’risharmiz…
Bu hayajonli hayot qissasiga biz ham bardosh berolmasdik. Qarshimizda diqqat bilan
o’qilishi kerak bo’lgan uzundan-uzun bir maktub bor edi. Sokin va toza fikr bilan izohlash
va zarur o’rinlarini tafsilotlari bilan kichraytirish uchun tanaffus qildik. Nonushtadan
keyin dam oldik. Yakshanba kuni yagona ishimiz shu bo’ldi.
Ayolim bilan faqat shu
maktub haqida suhbatlashamiz. Qilingan xatolar, fidokorliklar, yaxshi niyatlar va
qizimizning so’zi bilan aytsak “och qashqirlar” ko’z oldimizdan o’tardi. Maktubda bitilgan
hayot
suroni bir kishining emas, go’yo butun jamiyatning xatolari va nuqsonlarini ochib
berardi. Ortiqcha vaqtimiz yo’q. O’qish uchun sabrsizlanyapmiz. Nihoyat, ish stulidamiz
va qarshimizda turgan maktub. Kelgan joyimizdan davom ettiramiz.
Bugun ham hamshiralarni yonimdan haydadim. Ukol qilishdi, dorilarni oldim. Bo’shagan
shishalrni to’ldirishdi. Tunga yaqinlashyapman. Yana biroz kuch to’pladim, ehtimol.
Shunda yana biroz yoza olarman…
Do'stlaringiz bilan baham: