84-bob. Dushmanga qaraganda aytiladigan duo
321/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushmanga
yo’liqqanlarida:
«Ya malika yavmiddin iyyaka a’budu va iyyaka asta’iyn», deb aytganlarida, kishilarni
yerga yotqizib, farishtalar oldidan va orqasidan urayotganini ko’rdim» (Ma’nosi: Ey
qiyomat kunining Podshohi, Sengagina ibodat qilaman, Sendangina yordam so’rayman.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
85-bob. Shayton yo’liqqanda yoki shaytondan qo’rqqanda, aytiladigan zikrlar
Alloh taolo A’rof surasining 200-oyatida:
«Agar shaytonning vasvasasi sizni yo’ldan urmoqchi bo’lsa, Allohdan panoh
so’rang. Albatta, U eshituvchi va biluvchi zotdir»; Isro surasining 45-oyatida:
«Qachon siz Qur’on qiroat qilganingizda, siz bilan oxiratga iymon
keltirmaydigan kimsalar o’rtasida ko’rinmas parda qilib qo’yamiz (ular Qur’onni
Do'stlaringiz bilan baham: |