81-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
318/1. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Ali,
qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan kalimalarni o’rgataymi?» dedilar. «Alloh meni
sizga fido qilsin, o’rgating», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qiyin
ahvolga tushib qolsang,
«Bismillohir rohmanir rohiym. Va la havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym», deb
ayt. Chunki Alloh mana shu duo bilan xohlaganicha, har turlik balolardan xalos qiladi»,
dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |