504-bob. Ijozat qanday so'ralishi haqida
1116. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga
kirish uchun ijozat so'rab, dedilar: "Allohning Rasuliga salom bo'lsin, sizlarga salom
bo'lsin, Umar kiraversinmi?"
505-bob. "Kim bu?" deganda, "Men" deyish haqida
1117. Jobir (r.a.) aytdilar: "Men otam zimmalaridagi qarz bo'yicha Rasululloh
(s.a.v.)ning huzurlariga keldim, eshikni taqqilatdim. Ul zot: "Kim bu?" dedilar. "Men",
dedim. Ul zot go'yo buni yoqtirmaganday: "Men, men!" deb qo'ydilar".
118-hadis 350-bobdagi 805-hadisning aynan takrori.
Do'stlaringiz bilan baham: |