508-bob. Uyga salom berib kirishnig fazilati haqida
1126. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Uchta (narsa borki, uni
qilganlarning) har biri Allohning himoyasidadir, tirikligida Alloh unga kifoya qiladi, o'lsa
jannatga kiradi: kimki uyiga salom berib kirsa, u Allohning himoyasidadir. Kimki
masjidga chiqsa, u ham Allohning himoyasidadir. Kimki Alloh yo'lida jihodga chiqsa, u
ham Allohning himoyasidadir".
1127. Jobir ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Agar uyingga, ahling huzuriga kirsang, ularga Alloh
huzuridan (kelgan) pokiza va muborak salom ber". Abu Zubayr (r.a.) aytdilar: Men
(Jobir (r.a.)ning) faqat Allohning ushbu so'ziga ishora qilayotganini sezdim: "Qachon
sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik
olingiz yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86).
Do'stlaringiz bilan baham: |