210-bob. Qurilishga sarf qilish haqida
452. Xabob ibn Arat (r.a.) aytdilar: "Har bir kishi qurilishga ruju qo'ysa gunohga botadi".
Bu yerda qurilishdan murod - o'zi va oilasiga yetarli binosi bo'la turib, maqtanish uchun
ortiqcha qilinadigan binolar nazarda tutilmoqda
211-bob. Ishchilar bilan qo'shilishib ishlash haqida
453-hadis. Abdulloh ibn Amr (r.a.) Vahatdan kelgan akalarining o'g'lidan:
"Mardikorlaring ishlayaptimi?" - deb so'raganlarida, u: "Bilmayman", dedi. Abdulloh ibn
Amr: "Agar sen Saqif qabilasidan bo'lganingda mardikoring nima qilayotganini albatta
bilgan bo'lar eding", dedilarda, keyin bizlarga qarab: "Kishi mardikorlari bilan birga
hovlisida (ikkinchi rivoyatda: molida) ishlasa, Alloh taolo uchun ishlagan kishilardan
bitgasi bo'lib hisoblanadi", dedilar.
Vahat - Toifi sharifdagi bir joy nomi.
Saqif - Toifda yashaydigan bir qabilaning nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |