1.3. Motivlashtirish – turizm korxonalarini boshqarishda samaradorlikka
erishish omili sifatida
Barcha sohalardagi korxonalarni boshqarishda boshqaruv funksiyalarining
barchasi mos ravishda samaradorlikka erishish uchun muhim omil bo’lib xizmat
qiladi. O’z navbatida, turistik korxona bo’lgan mehmonxonalar boshqaruvida ham
samaradarlikka erishishda ushbu qaror qabo’l qilish, rejalashtirish, tashkil etish,
motivlashtirish hamda nazorat qilish kabi boshqaruvning asosiy funksiyalari
muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, biz ushbu bitiruv malakaviy ishida
boshqaruv
funksiyalaridan
bo’lgan
motivlashtirish
funksiyasiga
urg’u
bermoqdamiz. Motivlashtirish haqida birmuncha to’xtalib o’tdik. Endi uning
samaradorlikka
erishishdagi
o’rnini
bilishdan
oldin
“samara”
hamda
“samaradorlik” tushunchalarini ham izohlab o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dastlab “samara” va “samaradorlik” tushunchalarining lug’aviy ma’nosini
bilib olaylik. O'zbek tilining izohli lug’atida bu iboralar quyidagicha talqin
qilingan.
Samara – bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi.
Samaradorlik – bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara. Samarali,
sermahsul. Misol tariqasida olsak, samarali mehnat.
Iqtisodiyotda “samara” – bu ishlab chiqarilgan:
- yalpi ichki mahsulot (YAIM);
- yalpi milliy daromad (YAMD);
- yalpi sof mahsulot (YASM);
- yalpi sof daromad (YASD ) kabilarda o’z aksini topadi.
Ammo birgina samaraning o’zi kishi faoliyatini yoki ma’lum korxona
faoliyatini to’liq ifodalay olmaydi. Eng muhimi shu samara qanday xarajatlar
orqali ko’lga kiritilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi.
Zero, bir xil xarajat qilib, turli samara olinishi mumkin bo’lganidek, bir xil
samaraga turli xil mehnat sarfi orqali ham erishish mumkin.
21
Biz yuqorida urg’u berayotgan motivlashtirish ham nafaqat turizm
korxonalarini yoki mehmonxonalarni boshqarishda, balki barcha turdagi korxona
va tashkilotlarni boshqarishda iloji boricha kamroq xarajat qilish hisobiga nisbatan
yuqoriroq natijalarga erishishning asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi desak
mubolag’a bo’lmaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul
mablag’lari sarflab, ko’prok samaraga erishish bo’lib hisoblanadi. Bundan kelib
chiqadiki, erishilgan samarani (S) sarflangan xarajatga (X) bo’lish orqali
samaradorlikning (SD) nisbiy ko’rsatkichini aniqlashimiz mumkin:
SD
= -
S
X
-
Kasrning maxraji – bu absolyut miqdorlar bo’lib, ular ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish jarayonida sarflangan:
-
yalpi mehnat (YAM);
-
yalpi xomashyo (YAX);
-
yalpi fondlar (YAF);
-
yalpi investitsiya (YAI) lardir.
Samara va samaradorlik tushunchalariga nisbatan bunday yondashish
boshqarish ob’ektiga, ya’ni yaxlit ishlab chiqarishga, yoxud yaxlit xizmat
ko’rsatishga xosdir. Boshqarish samaradorligini aniqlashda bu tariqa yondashish,
albatta, noto'g'ri bo’lardi. Chunki bu yerda asosiy urg’u boshqariluvchi ob’ekt,
ya’ni korxona, firma yoki boshqa tashkilot samaradorligiga emas, balki ko’proq
boshqaruv mehnati samaradorligiga, xususan, biz yuqorida aytib o’tgan boshqaruv
funksiyalarining samaradaorligiga beriladi.
Bunda boshqaruv xarajatlari ham aniqlanishi lozim bo’lib, boshqaruv
xarajatlariga boshqaruvning barcha funksiyalarini bajarish bilan bog’lik xarajatlar
kiradi.
Shunday qilib, boshqaruv samaradorligi – bu ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish samaradaorligini oshirishda boshqarishning rolini oshirishdan iboratdir.
22
Har qanday korxonada bo’lgani kabi mehmonxonada ham samaradorlikka
erishishda xodimlarni motivlashtirishga urg’u berish mehmonxona rahbariga
bevosita bog’liq bo’ladi. Bunda har bir rahbar qimmatli resurslarni, qo’l ostidagi
xodimlarining vaqti va kuch-quvvatlarini sarflaydigan, lekin mehmonxona
biznesiga, uning rivojlanishiga yordam bermaydigan eski mahsulotlar, xizmatlar,
chora-tadbirlardan voz kechishi lozim. Zero, bu holat ortiqcha xarajatga va
vaqtning bekorga sarflanishiga olib keladi. Mehmonxona samaradaorligiga esa bu
salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Buni o’rniga qo’li ostidagi xodimlarini yangi g’oya va
ilg’or tajribani ko’prok tadbiq etadigan bo’lishiga o’rgatib borsa, rahbar
xodimlarning o’z shaxsiy fazilatlari va bilimlarini namoyon qilishlari uchun
hamma imkoniyatlarni ochib qo’ysa, ko’proq samaraga erishadi. Chunki xodim
qancha bilimdon bo’lsa, mehnatga rag’bat, o’ziga ishonch bilan ishlay olsa,
mehnatning qadri shuncha yuqori bo’ladi. Jami kuch-qudratni pirovard natijaga
erishishga qaratish va vazifalarni barcha xodimlar bilan birgalikda bajarishni
belgilab olish ularni samarali bajarishning eng yaxshi dasturini ishlab chiqishga
yordam beradi.
Rahbar xodimlarni motivlashtirish davomida vazifani aniq-ravshan qilib
o’rtaga qo’yishi va kutiladigan natijani taxminan tasvirlab berishi, xodimlarni
bunga ishontira olishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ishning birinchi
galdagi yo’nalishini belgilab berish hamda g’oya muallifini shu g’oyani amalga
oshirishga doir ishga mas’ul qilish mehmonxona faoliyati uchun ijobiy samara
beradi. Boy tajribaga ega bo’lgan, g’oyalar berib turadigan yoki qanday bo’lmasin
biror muammoni o’ziga xos uslubda tasavvur eta oladigan boshqa mutaxassislarni
ham ishga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Ishga doir o’yinlarni ham rag’batlantirib borish lozim. Bu xodimlarning
yashirin qobiliyatlarini yo’zaga chiqarishga yordam beradi va xizmat ko’rsatish
tezligini oshirishga ham ba’zan yoram berishi mumkin.
Tashabbuskor ijrochilarga ular xuddi avvalgi safargi kabi yaxshi
rag’batlantirilishlariga kafolat berish orqali boshqaruv samaradorligiga ijobiy ta’sir
etish mumkinligi chet el tajribasida isbotlangan.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |