Microsoft Word Abdulloyev Anvar, Bitiruv malakaviy ishi doc


  “Sherdor”  mehmonxonasida  motivlashtirish  usullarining  qo’llanilish



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#88388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
turizm menejmentida motivlashtirishni rivojlantirish imkoniyatlari

       2.2.  “Sherdor”  mehmonxonasida  motivlashtirish  usullarining  qo’llanilish 

holati 

 

       Har  qanday  korxonada  xodimlarni  boshqarish  jarayonida  rahbar  o’zi 



xohlamagan  taqdirda  ham  motivlashtirishning  usullaridan  foydalanadi  yoki  ularni 

qo’llaydi.  Umuman  oladigan  bo’lsak,  amaliyotda  motivlashtirishning  quyidagi 

usullari qo’llaniladi: 

-  pulni rag’batlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish; 

-  jazolash; 

-  raqobatni kuchaytirish; 

-  ish orqali motivlashtirish; 

-  yutuqni tan olish va taqdirlash; 

-  xodimlarni o’qitish va yuksaltirish; 

-  salbiy ta’sirni cheklash va me’yorlash; 

-  guruh mehnatini mukofotlash va rag’batlantirish; 

-  xodimlarni boshqaruv ishlariga jalb etish va hokazolar. 

    “Sherdor” mehmonxonasi misolida oladigan bo’lsak, mehmonxonada  

motivlashtirishning  “pulni  rag’batlantirish  va  mukofotlash  sifatida  ishlatish”  usuli 

qisman  qo’llaniladi.  Ya’ni  bunga  xodimlarga  ish  haqi  berilishini  aytishimiz 

mumkin. 


       Motivlashtirishning  “jazolash”  usulidan  esa  juda  oz  bo’lsada  bir  xil  xatoni 

takrorlagan  vaqtda,  yoki  mehmonxona  ichki  tartib-qoidalarini  bo’zgan  yoxud 

ularga  bir  necha  marta  rioya  qilmagan  paytlarida  qo’llaniladi.  Birinchi  martasiga 

xodim  ogohlantirish  oladi.  Keyingi  safargi  xato  uchun  xodim  hayfsan  oladi. 

Keyinchalik ham u o’zini isloh qilmasa, undan jarima undiriladi yoki ish haqining 

ma’lum bir qismidan  mahrum qilinadi.  Agarda xato jiddiy ahamiyatga ega bo’lsa,  

xodim ishdan bo’shatilishi ham mumkin. 

       Mehmonxonaga  xodimlarni  ishga  yollash  vaqtida  mehmonxona  direktori    va 

ishga  joylashmoqchi  bo’lgan  shaxs  o’rtasida  mehnat  shartnomasi  to’ziladi.  Unda 

ikki  tomon  uchun  ham  manfaatli,  qo’shimcha  mehnat  shartlari  kiritilishi  uchun 




 

31 


alohida  joy  mavjud.  Ushbu  mehnat  shartnomasida,  o’z  navbatida,  tomonlarning 

huquq va majburiyatlari ham o’z ifodasini topgan. 

        “Sherdor”  mehmonxonasida,  shuningdek,  motivlashtirishning  “xodimlarni 

boshqaruv ishlariga  jalb etish” usulidan qisman foydalaniladi. Motivlashtirishning 

bu  usulini  rahbar  ayrim  holatlarda    administratorlarga  qo’llaydi.  Buni  rahbar  o’z 

ishi  bilan  mehmonxonadan  chiqib  ketgan  vaqtda  administrator  mehmonxonadagi 

hal qiluvchi shaxs bo’lib qoldirilishi misoli bilan tavsiflashimiz mumkin. 

       Bundan kelib chiqib, mehmonxonalarda kadrlarni yollash masalasiga jiddiy 

e’tibor  berish  kerarligi  oydinlashadi.  Xizmat  ko’rsatish  sohasida  mijozlarning 

talabiga 

javob 

beradigan 



xodimlarni 

to’g’ri 


tanlash 

juda 


muhimdir. 

Mehmonxonada  ko’pgina  xodimlarning  mijozlar  bilan  yo’zma-yo’z  aloqada 

bo’lishlarini hisobga olsak, ularning mahoratli ekanliklarining o’zi yetarli emasligi 

ko’rinadi.  Ulardan  xushmuomalalik,  chet  tilini  bilish  bilan  birga  yoqimli  tashqi 

ko’rinish, tezkorlik, jonkuyarlik, ozodalik xislatlari talab qilinadi.  

“Sherdor” 

mehmonxonasida 

xodimlarni 

mehnatga 

undovchi, 

ya’ni 

motivlashtiruvchi  jihatlardan  yana  biri  bu  ularning  boshqaruvchi,  ya’ni  direktor 



bilan  to’g’ridan  -  to’g’ri  muloqot  qilish  imkoniyatiga  ega  ekanliklari  bo’lib 

hisoblanadi.  Bunda  ular  mehnat  jarayonida  yo’zaga  keladigan  muammolarni 

rahbarga  aytishlari,  biror  yordam  yoki  iltimos  yo’zasidan  unga  o’zlari  murojaat 

qilishlari  mumkin  bo’ladi.  Bunday  holat  boshqaruvchi  rahbarga  ham  xodimlarni 

boshqarishda  va  ular  bilan  muloqot  qilishda  yengillik  tug’diradi,  shu  bilan  birga, 

rahbar hurmatining oshishiga, so’zining ta’siri kuchli bo’lishiga asos bo’ladi.  

“Sherdor”  mehmonxonasida  xodimlarga,  xizmat ko’rsatishlari davomida, ya’ni 

ish  vaqtlari  davomida  tashkil  etilgan  mehnat  sharoiti  talb  darajasida  bo’lib, 

xodimlardan  og’ir  mehnat  qilishlari  va  ko’p  jismoniy  kuch  ishlatishlari  talb 

etilmaydi.  Shunday  bo’lishiga  qaramasdan,  xodimlarning  ish  vaqtlari  me’yorga 

mos keladi,  ya’ni  ularga 8 soatlik  ish kuni joriy etilgan.  Faqat administratorlar 72 

soat  ichida  24  soat    ishlashlariga  to’g’ri  keladi.  Shuni  ham  ta’kidlash  kerakki, 

mehmonxonaga  ishga  qabo’l  qilinishidan  oldin  har  bir  xodimga  o’zining  ish 

sharoiti, vaqti va shartlari bildiriladi va tushuntiriladi. Shuningdek, ikki tomonlama 




 

32 


shartnoma  to’zilib,  ushbu  mehnat  shartnomasida  ham  kerakli  shartlar  kiritiladi. 

Ikki  tomon  rozi  bo’lgandagina  ushbu  shartnoma  ma’lum  muddatga  ikkala  tomon 

imzolari va korxona muhri asosida imzolanadi.  

Xavfsizlik  masalasiga  kelsak,  “Sherdor”  mehmonxonasida  barcha  ish  o’rinlari 

mehnat  xavfsizligi  talablariga  javob  beradi,  deya  olamiz.  Ish  joylari  yorug’, 

shinam,  qishki  mavsumda  issiq,  yozning  issiq  haroratida  salqin  harorat 

ta’minlangan.  Razetkalarning  220V  kuchlanishda  ekanligi  ko’rsatilgan  va  shu 

kabilar.  

Mehmonxonada  yong’in  xavfsizligi  qoidalariga  ham  rioya  qilinadi.  Buni 

kerakli  joylarda  o’t  o’chirish  vositalari  qo’yilganligi  va  mehmonxona  hovlisida 

yong’inga qarshi  vositalar burchagi tashkil etilganligi bilan  izohlashimiz  mumkin. 

Birgina kamchilik tomoni shundaki,  mehmonxonadan chiqish eshigi bitta ekanligi 

bo’lib,  avariya  holati  yo’zaga  kelganda  qo’shimcha  chiqish  eshigining  yo’qligi 

ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.  

Yuqorida  aytib  o’tganimizdek,  “Sherdor”  mehmonxonasida  xodimlarni 

motivlashtirish  usullaridan  eng  asosiysi  bu  ish  haqidir.  Mehmonxonada  ish  haqi 

to’lash  tizimining  vaqtbay  shakli  amal    qiladi.  Administratorlarga  vaqtni  hisobga 

olgan  holda  kunbay  ish  haqi  beriladi.  Xona  bekalari,  oshpaz,  menejerlarga  esa 

oybay ish haqi oylik tarzida to’lanadi.  

Xodimlarga  belgilangan  ish  haqi  miqdori  “Sherdor”  mehmonxonasida  2012-

yilning 1-mart holatiga quyidagi miqdorda bo’lgan:  

Menejer – 250000 so’m; 

Administrator – 200000 so’m; 

Oshpaz – 130000 so’m; 

Xona bekasi – 120000 so’m; 

Mavsum  vaqtida  esa  xodimlarga  qo’shimcha  tarzda  ish  haqi  belgilanishi  ham 

nazarda tutilgan. Bu ham motivlashtirish jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.  

“Sherdor”  mehmonxonasida  qat’iy  qabo’l  qilingan  mukofotlash  tizimi  joriy 

etilmagan. Asosiy rag’batlantirish vositasi oylik ish haqi bo’lib hisoblanadi. Bunga 

sabab 


mehmonxonadagi 

mavjud 


sharoitning 

qulayligi, 

xodimlarning 



 

33 


mehmonxonada ovqatlanishlari imkoniyatining mavjudligi bo’lishi mumkin. Lekin 

bu  shart-sharoitlar  boshqa  mehmonxonalarda  ham  tashkil  etilgan.  Bunga  yana  bir 

sabab  xodimlarning,  aniqrog’i  administratorlarning  va  ayrim  hollarda  xona 

bekalarining  mehmonlarga  namunali  va  ma’qul  xizmat  ko’rsatganliklari  uchun 

“choy  –  chaqa”  olish  imkonining  mavjudligi  bo’lishi  ham  mumkin.  Choy  – 

chaqaning  mavjudligi  ham  ayrimlar  uchun  mehmonxonaga  ishga  joylashishga 

motivlashtiruvchi vosita hisoblanadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.  

Umuman,  mehnat  natijalarini  rag’batlantirishda  xodimlar  boshqaruvida 

motivatsiyaning  quyidagi  iqtisodiy  va  noiqtisodiy  usullari  qo’llaniladi.  Bunda 

usullar omillar sifatida aks ettirilgan (2.2 – jadval): 

2.2 – jadval 

Motivatsiyaning iqtisodiy va noiqtisodiy omillari 




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish