Microsoft Word Abdulloyev Anvar, Bitiruv malakaviy ishi doc



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#88388
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
turizm menejmentida motivlashtirishni rivojlantirish imkoniyatlari

Xulosa va takliflar 

        


       Olib  borilgan  ish  natijalaridan  kelib  chiqib,  shularni  xulosa  qilishimiz 

mumkinki, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm korxonalarini 

boshqarishni    samarali  tashkil  etish  va  bunda  motivlashtirishning  turli  usullari  va 

vositalardan  to'g'ri  foydalanish  orqali  yuqori  natijalarga  erishish  bugungi  kunda 

dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. 

              Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining  manbai, sababi, 

dalili  va  har  xil  turdagi  ehtimollaridir.  U  xodimlarni  jonli  mehnat  faolityatiga 

rag’batlantiruvchi  kuchli  vosita  hisoblanadi.  Motivlashtirish  –  bu  faqatgina 

mukofotlarni  topshirish  yoki  taqdirlash,  xodimlarni  moddiy  va  ma’naviy 

rag’batlantirish emas, balki ularni tartib- qoidaga  bo’ysunmagan hollarida adolatli 

ravishda jazolash chora-tadbirlari hamdir. 

       Motivlashtirish  boshqaruv  funksiyalaridan  biri  bo’lib,  turizm  industriyasining 

ajralmas  sektori  bo’lgan  mehmonxonalarni  boshqarishda  samaradorlikka  erishish 

vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

       “Sherdor”  mehmonxonasida  olib  borilgan  izlanishlardan  kelib  chiqib 

aytishimiz  mumkinki,  mehmonxona  xodimlarini  boshqarishda  motivlashtirishning 

moddiy shaklidan ko’proq foydalaniladi va bu ularga to’lanadigan ish haqi, ayrim 

holatlarda  esa  mijozlar  tomonidan  beriladigan  “choy-chaqa”  pullari  bo’lib 

hisoblanadi.  Qo’shimcha  tarzdagi  mukofotlar,  qo’shimcha  ish  haqi  yoki 

taqdirlashlar joriy etilmagan.   

       “Sherdor”  mehmonxonasida  xodimlarni  mehnatga  undovchi  motivlashtirish 

vositalari  bo’lib mehmonxonada tashkil etilgan qulay mehnat sharoiti, xodimlarda 

ovqatlanish imkonining  mavjudligi, madaniy hordik chiqarish sharoitining borligi, 

maqbul ish haqi, ichki muhit kabilar hisoblanadi.  

       Mehmonxonada  funksional  boshqaruv  strukturasining  qo’llanilishi  ham 

xodimlarning  rahbar  bilan  to'g'ridan  to'g'ri  munosabat,  ya’ni  muloqot  qilishlariga 

imkon  beradi.  Turli  xil  muammoli  vaziyatlarda  xodimlarning  o’z  fikr-

mulohazalari,  takliflari  yoki  e’tirozlarini  to'g'ridan-to'g'ri  rahbarga  ayta  olishlari 

ham ularning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi motiv hisoblanadi. 



 

55 


         Mehmonxonada  motivlashtirishning quyidagi ommabop usullaridan samarali 

foydalaniladi:  pulni  rag’batlantirish  va  mukofotlash  sifatida  ishlatish;  ish  orqali 

motivlashtirish; xodimlarni boshqaruv ishlariga jalb etish kabilardir. 

       Motivlashtirishning jazolash usulidan kamdan-kam hollarda foydalaniladi. 

       Mehmonxonada  aniqlangan  muammolardan  biri  bu  uning  faoliyatiga 

mavsumiylikning  kuchli  ta’sir  etishi  bo’lib,  mehmonxona  yuklanish  darajasining 

pastligiga ta’sir etuvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. 

       Mehmonxonalarda  va  boshqa  turistik  korxonalarda  mavjud  bo’lgan  yana  bir 

muammo  bu  xodimlar  qo’nimsizligi  bo’lib  hisoblanadi.  Bu  muammoni  esa 

mehmonxona rahbari turli  motivlashtirish   usullarini qo’llash orqali bartaraf etishi 

mumkin. Bu orqali , hech bo’lmaganda, qo’nimsizlik darajasini pasaytirish imkoni 

mavjud bo’ladi.   

       Bu  va  boshqa  muammolarni  oldini  olish,    bartaraf  etish  borasida  bitiruv 

malakaviy  ishining  uchinchi  bobida  rahbarga  kerakli  tavsiyalar  hamda  takliflar 

tegishli tarzda yoritilgan. Jumladan, mehmonxona rahbari qo’l ostidagi xodimlarni 

boshqarishda  va  ular  bilan  bo’lgan  muloqot  jarayonida  xodimlarga  xushmuomala 

bo’lishi, ochiqko’ngil va hamnafas bo’lishi, ular bilan qilinishi rejalashtirilayotgan 

ishlar  yuzasidan  maslahatlashib,  ularning  fikrlarini  inobatga  olishi,  ularga  tanbeh 

berishdan  ko’ra  turli  xil  imtiyoz  va  rag’batlantirishlarni  qo’llash  ko’proq  samara 

berishini  yodda  saqlashi,  ularning  ish  joyiga  bo’lgan  mehrini  oshirish  va  korxona 

maqsadi  asosida  birlashtirish  maqsadida  xodimlarga  ham  ba’zi  vakolatlar  berib 

turishi,  qarorlar  qabul  qilinish  jarayoniga  ularning  ham  ishtirokini  ta’minlashi, 

ishda  faollik  ko’rsatgan  xodimlarni  imkon  doirasida  moddiy  yoki  ma’naviy 

jihatdan  rag’batlantirib  turishi,  shuningdek,  bitiruv  malakaviy  ishining  uchinchi 

bobida  keltirilgan  takliflardan  xodimlarni  boshqarish  jarayonida  o’z  o’rnida 

foydalanishi  rahbarning  jamoadagi  obro’-e’tiborining  oshishiga  xizmat  qiladi 

hamda  mehmonxona  ishining  yuksalishi, samarali  faoliyat  yuritishiga  ijobiy  ta’sir 

ko’rsatmay qolmaydi.   

 

 



 

56 



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish