shundan iboratki, ularning sinaps yorig’lari nisbatan kengrok, 20-50 nm atrofida
bо‘ladi va sinaptik membranalarning qarshiligi yuqori bо‘lganligi tufayli elektr
impulslar o’tishiga to’sqinlik qiladi. Bu yerda, xujayralari i bog’lab turuvchi
kundalang kanallar bo’lmaydi. Kimyoviy sinapslarning yana bir o’ziga xosligi,
sinapsoldi asab terminalida (uchida) kо‘p sonli pufakchalarning — diametri 50 nm
atrofida bо‘lgan sinapsoldi vezikulalarning borligidadir. Ushbu vezikulalar
mediatorlar, ya’ni kimyoviy o’tkazuvchilar (ta’sirchilar, kuzratuvchilar) bilan
to’la bо‘ladi. Kimyoviy sinapslar guruhining klassik vakili — umurtqali
hayvonlar skelet mushaklarining qo’zg’atuvchi asab-mushak sinapslari bо‘lib ,
ular atsetilhol in (Ax) mediatori yordamida harakatlanadi.Kimyoviy sinapslarning
ishlash mohiyati quyidagicha. Sinapsoldi harakat potensiali neyrosekret
faoliyatini tashabbuskori sifatida ishlaydi. Harakat potensiali terminali
rivojlanishi paytida (sun’iy depolyarizatsiya paytida ham) unga muxitdagi Sa2+
ionlari kiradi. Bu sinapslar yorig’iga, Har biri kvant Ax miqdoriga ega bо‘lgan
100-200
sinapsoldi
vezikulalardan,
mediatorlarni
sinxron
chiqarilishini
rag’batlantiradi. Kо‘pchilik tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, mediatorlarning
bunday chiqarilishi ekzotsitoz yo’li, ya’ni vezikulalarni sinaptik yoriqqa o’z
ichidagini bo’shatishi bilan amalga oshiriladi. Boshqa kvanti sinapsoldi
membrananing alohida muhim qismlari — operatorlarda akkumulyatsiya bо‘lib ,
ular sinaptik yoriqqa Ax chiqaradi, vezikulalar esa Ax va boshqa moddalarning
deposi hisoblanadi.Kimyoviy sinaps uz vazifasini meyorida bajarishi uchun
mediator va mediator tizimi mavjud bo’lishi kerak, ya’ni 1) mediatorni
sintezlovchi enzim (yoki enzimlar); 2) mediator moddaning uzi; 3) mediatorni
sinaps yorig’idan yo’q otuvchi mexanizm (enzim yoki endotsitoz). Agar ushbu
tizimning
biror
qismi
shikastlansa
qо‘zg‘alishning
sinapsdan
o’tishi
buziladi.Kimyoviy sinapslar qо‘zg‘alishni bir tarafga — sinapsoldi membranadan
sinapsketi membrana tomonga va to’xtab о‘tkazishi bilan o’ziga xosdir. Bu
to’xtab о‘tkazish, ya’ni mediator vezikuladan ajralib, keyin sinaps yorig’idan
o’tishi va sinapsketi membranadagi retseptorlar bilan birikishi uchun ketgan
vaqtga (0,2-0,5 ms) teng.Kimyoviy va elektrik sinapslardan tashqari aralash
sinapslar ham mavjud bо‘lib , ular yetarli o’rganilmagan. Aralash sinapsning bir
bo’lagi elektr sinaps, ikkinchi bo’lagi esa kimyoviy sinaps tarkibiy
tuzilishidan iborat. Shuning uchun bunday neyronlararo sinapslarda о‘tkazish ham
elektr, ham mediator orqali sodir bо‘ladi. Aralash sinapslarni kо‘pchilik
funksiyalari har xil bо‘lgan neyronlarni bir-biriga bog’laydi, ularni afferent va
efferent neyronlar oraligida uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: