membranasi oraliqida xujayralararo bo’shliq bor bо‘lib , uning eni 10-15 nm ni
tashkil qiladi. Miya xajmining 12-20%i ana shu bo’shliqqa tug‘ri keladi. Miya
parenximasi, asab xujayralari va ularning о‘simtalari, gliya xujayralari hamda
tomirlar bilan tulgan bо‘ladi (4.5-rasm).Gliya (grekchada yelimni anglatadi)
mayda, turli shaklli, ixtisoslashgan xujayra bо‘lib , ular neyronlar hamda
kapillyarlar oralig’ini to’ldiradi va uning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Astrotsitlar (makrogliya) — asosan tayanch va kapillyarlardan zarur
moddalarni neyronga tashish vazifasini bajaradi va ular MAT ning sirtqi va ichki
yuzasida keng tarqalgan.
2. Marginal neyrogliya — asab nayining ichki va sirtqi qatlamlarida uchraydi,
Asab tolalari oraligida joylashib, miyelin qobiqlarini hosil qiladi. Marginal
gliyaning oligodendrotsitlari markaziy va periferik asab tizimi neyron tanalarini
o’raydi va asab qobig‘ini hosil qiladi.
3. Periferik neyrogliya — Shvann xujayralari vegetativ asab tizimidagi stellit
(mantiya), lemmotsit va boshqa xujayralardan iborat. Shvann xujayralari
periferik asab tizimida uchraydi hol os. Ular aksonlarni kо‘p kavatli miyelin
«mufta» bilan о‘rab oladi gan yagona xujayralardir (4.6-rasm).
Buning oqibatida, aksonning katta qismi qobiq bilan о‘ralgan bо‘ladi,
ochik qismi faqatgina muftalar orasidagi tor joyda, ya’ni Ranvye burimida
qoladi holos. Bunday tolalardagi Ranvye burimi alohida muhim funksional
ahamiyatga ega. Stellit xujayralar gangliyadagi sezuvchi neyronlarni, shuningdek,
vegetativ gangliyalardagi multipolyar neyronlar tanasini pechak kabi о‘rab oladi.
Lemmotsitlar periferiyadagi miyelin qobiqsiz vegetativ asab tolalarini о‘rab olgan
Shvann xujayralaridir.Shvann xujayralari MAT dagi marginal va perivaskulyar
gliya singari izolyatsiya vazifasini bajaradi. Ular miyelin funksiyalarini va stro’q
tura butunligini ta’minlaydi, shuningdek, MAT ning stellit xujayralari singari
Shvann xujayralari ham modda almashinuvida qatnashishdan tashqari fagotsitoz
qobiliyatiga ham ega.
4. Ependimal neyrogliya — neyroepitelial xujayralardan iborat bо‘lib, orqa
miyaning markaziy kanali va miya qorinchalari devorlarini o’rlab olgan. Ular
silindrik epiteliyni eslatadi va shuning uchun ham ependima deb ataladi. Apikal
(yuqori) qismi xujayra membranasining kalta barmoqsimon to’q lari (mikrovor
sinkalari) bilan qoplangangan. Mikrovorsinkalar oraligida tipik kiprikchalar bor,
ular (bir soniyada 6 marta) harakat lanib turadi va miya suyuqligi (likvori) ni
harakat ga keltiradi.Ba’zi ependimal xujayralar perivaskulyarning, ya’ni tomir-
ning bazal membranasigacha boradi. Boshqa xillari esa sekretor faoliyatga ega
bо‘lib, orqa miya suyo’q digini ishlab chiqaradi.
5. Mikrogliya MAT ningretikuloendotelial tizimidan iborat bо‘lib
patologik hol atlardagina rol o’ynaydi. Ular miya yumshoq pardasining
moddaga yopishib to’rgan qismida tо‘plangan. Mikrogliya xdrakatlanish va
fagotsitoz qobiliyatiga ega va zarur bо‘lganda MAT to’qimasi bo’ylab tez
harkatlanib ketadi. MAT da «soqchilik» qiladi, mayda shikastlangan xujayralarni
fagotsitlar kelguniga qadar bartaraf qiladi. Gliya xujayralari neyronlar singari
impuls faolligiga ega bo’lmaydi va ularning membranasida inert membrana
potensialini hosil qiladigan zaryad mavjud. Gliya va neyronlar juda ham yaqin
kontaktda bо‘ladi va shu tufayli neyrondagi qо‘zg‘alish gliya elementlarining
elektr hodisalariga ta’sir etadi. Gliyaning membrana potensiali kaliy ionining
miqdoriga bog’liq, bо‘lib, neyrondagi qо‘zg‘alish hamda uning membranasidagi
repolyarizatsiya vaqtida kaliy ionlari kо‘p miqdorda ajralishi tufayli gliya
xujayrasida depolyarizatsiyani vujudga keltiradi.
Asab faoliyati uchun neyrogliya muhim ahamiyatga ega bо‘lib, buni
ishlayotgan neyronlar atrofida gliya xujayralarining kо‘payishidan bilish
mumkin. Shartli reflekslar hosil bo’lishidaham gliya katta ahamiyatga ega. Glial
elementlar izolyatsiiya qilish funksiyasi va ionli gomeastazda qatnashishidan
tashqari boshqa xususiyatlarga ham ega, masalan, mediatorlar almashinuvida
qatnashadi.Miyelinli va miyelinsiz asab tolalari. Aksonlar ikki xil — miyelin
qobiqli va miyelin qobiqsiz bо‘ladi. Sezuvchi va harakat lantiruvchi asablar,
kо‘pincha miyelinli tolalardir. Miyelinli tola silindr va uni о‘rab olgan miyelin va
Shvann qobiqdaridan tuzilgan bо‘lib , o’q silindri membrana (yoki aksolemma)
va aksoplazmaga ega.
Miyelin parda Shvann xujayralarining maxsuli bо‘lib, lipid va oksildan tuzilgan
va u, elektr izolyatsiyasi rolini bajaradi. Miyelinsiz tolalar faqat Shvann qobiqqa
ega bо‘lib, asosan vegetativ asab tizimida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: