asab tizimida mavjud, lekin ular kо‘proq, umurtqasizlarda o’rganilgan. Ushbu
sinapslar tipining barchasiga juda tor sinaps yoriri (5 nm atrofida) va bir-biriga
yaqin sinapsoldi va sinapsketi membranalarning qarshiligi ular orqali
o’tayotgan elektr toki uchun juda pastligi harakterlidir. Ushbu past qarshilik,
qoidaga binoan, ikkala membranani kesib o’tadigan, ya’ni bir xujayradan
ikkinchi xujayraga boradigan, kundalang kanallarning borligi bilan bog’liq,
(yoriqlar kontakti). Kanallarning diametri 1 nm. Kanallar komplementar
bog’lanadigan kontaktli membranalarni har birining oqsil molekulalaridan
(yarim kanallardan) hosil bо‘ladi (4.8-rasm). Ushbu tarkibiy tuzilma elektr tokini
oson о‘tkazadi.Elektr sinapsida qо‘zg‘alishni о‘tkazish sxemasi, gomogen asab
о‘tkazuvchisida harakat potensialini о‘tkazish sxemasiga o’xshash. Bu yerda,
sinapsoldi harakat potensiali hosil qiladigan tokning aylanishi sinapsketi
membranani ta’sirlaydi. Kundalang kanallar xujayralarni faqat elektrik yo’l bilan
birlashtirib qolmay, balki kimyoviy yo’l bilan ham birlashtiradi, chunki ular
kо‘pchilik past molekulali metabolitlar uchun о‘tkazuvchandir. Shuning uchun
kundalang kanallarga ega qo’zg’atuvchi elektr sinapslar, qoidaga binoan, bir
turdagi ixtisoslashgan xujayralar (masalan, neyronlar) o’rtasida shakllanadi.
Qо‘zg‘alishni о‘tkazuvchi elektr sinapslar tula bir xil turdagi guruh, emas. Ular,
elektr signalni о‘tkazish koeffitsiyentining (Kо‘) ahamiyati bo’yicha, ya’ni
sinapsketi membranada qabul qilinayotgan potensial о‘zgarishini (DU) sinapsoldi
membranaga beriladigan DU ga nisbatan munosabati bo’yicha farqlanadi va
tenglashtiruvchi xususiyatlari ni borligi yoki yo’q digi bo’yicha, ya’ni ularda
elektr signallar ikki tomonlama yoki bir tomonlama о‘tkazilishi bo’yicha
farqlanadi.Elektrli sinaps yuqori Ku ga ega bo’lishi va postsinaptik xujayra
sinapsoldi xujayradan kichkina bо‘lgan yoki xech bo’lmasa, undan ancha katta
bo’lmagan hollardagina harakat potensialini tarqalishini ta’minlashi mumkin.
Aks hol da, sinapsketi membranada sinapsoldi tok zichligining keskin pasayishi
sodir bо‘ladi.Qо‘zg‘alishni о‘tkazuvchi elektr sinapslarning umumiy xususiyatlari:
tez ta’sir qilish (bu borada ular kimyoviy sinapslardan ustun); о‘tkazish paytida
iz effektlarining sustligi (bu xususiyat, elektr sinapslarning integratsiya, ketma-
ket signallarning summatsiyasi uchun yaroksiz qiladi); qо‘zg‘alishning o’tishini
yuqori darajada mustaxkam qiladi (Ku yuqori bо‘ladi).Qo’zg’atuvchi elektr
sinapslar ayrim plastiklikdan ham holi emas, ya’ni ular qulay sharoitlarda paydo
bo’lishi va noqulay sharoitlarda yo’q bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: