17
-jarayon sifatida ta’lim texnologiyasining funksional tuzimasi nimalardan iborat;
-ta’lim texnologiyalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga qanday darajada tugri
kelishi va uni qanday baxolash mumkinligi.
O`quv jarayonini texnologiyalashtirishda didaktik masalalarni belgilash konuniyatlari.
Erkin shaxsni shakillantirish muammosi ta’lim muassasalarida o`quv-
tarbiyaviy ishlarni
pedagogik texnologiya “rels” iga o`tkazish takazo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi. Chunki: butun
ixtiyoriy kurilayotgan va joriy etilayotgan o`qitish tizimini kat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik
tizimga aylantirish kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari-bilim, ijodiy faoliyat, ob’ektiv
borlikka munosabatlar - pedagogik jaryon maxsulidir va ma’lum
pedagogik tizim doirasida
shakillantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim
loyixasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday? Bu savollarga mavjud pedagogik
nashrlardan topish mumkin.
N.V.Kuzmina pedagogik tizim uzida ta’lim va tarbiya maqsadida buysindirilgan uzaro
bog`liq tarkibli elementlardan tashkil topishini ukdira-dilar:
pedagogik maqsad; o`quv va ilmiy
axborot; pedagogik aloka vositalari: o`quvchilar va pedagogik. V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko`ra
“Pedagogik” tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakillantirshga tartibli, aniq maqsadni kuzlab va
oldindan uylab pedagogik ta’sir etishini vujudga keltirish uchun zarur bo`lgan uzaro bog`liq
vositalar, usullar va jarayonlar yig`indisidir. Xar jamiyatda Shu jamiyat mafko`rasiga
xos shaxsni
shakllantirsh maqsadi va unga mos pedagogik tizim mavjud bo`ladi. Agar maqsad uzgarsa tizim
ham uzgaradi.
O`zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida uz
javobgarligini xis etadigan fukarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib kuygan. Demak,
Milliy
dastur ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib miliy mafko`raning tarkibiy
qismini tashkil etadi. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina belgilab beradi yoki oliy (urta, urta
maxsus, kasb-xunar) ta’lim uchun pedagogik tizimining mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Kuyidagi barcha ta’lim tizimlari uchun umumiy bo`lgan pedagogik tizim loyixasi
keltirilgan. Professor N.Saydaxmedovning tadkikot etishicha xar qanday pedagogik tizim uzaro
bog`liq bo`lgan kuydagi invaritiv elementlardan tashkil topadi: 1- o`quvchilar ; 2-ta’lim maqsadlari,
3-ta’lim (t-ya) mazmuni,
4- didaktika jarayonlar, 5- tashkiliy shakllar 6-pedagogik yoki o`qitishning texnik vositalari (UTV) .
Yuqoridagi shakldan 2 ta tushunchani izoxlash mukin: didaktik masalalar va ularni amalga
oshirishning pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muxim sohasi
sifatida aniq maqsad va
unga erishish uchun shart - sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bulishi kerak.
3.Didaktik masalalarni xal etish maqsadi shaxsning ma’lum sifatlarini shakllantirish zarur
bo`lsa, shart sharoitlar-o`quvchi (talaba) larning boshlangich sifat kursatkichlari, axborot esa o`quv
predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy ta’siridir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda uziga mos keladigan PT elementlari bilan xal
kilinadi, ular didaktiv jarayon, o`qitishning tashkiliy shakllari hamda pedagog yoki o`qitishning
texnik vositalari (UTV). Yuqorida shakl ijtimoiy buyurtma yunalishi
didaktiv masalalarga
qaratilgan va bu bejiz emas, chunki ta’lim xar doim jamiyat talablarini kondirishga xizmat qiladi va
u ongli ravishda yoki induktiv tarzda tez, balki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzilib boradi.
XXI asr busagasida ta’lim taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchi, xakkoniy dvigateli- bu uzida
didaktiv masalalar va PT ni mujassamlashtirilgan pedagogik tizim hisob- lanadi. PT ning
muvaffakiyatli loyixalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o`qituvchining didaktik masalalar
mohiyatini anglab etish darajasiga va darsda ularni tugri belgilab olishga bog- likdir.
Bu vazifa
xozirga kadar o`qituvchilar tomonidan anglashilmay kelinyapti, kator xollarda esa ular metodikani
texnologiyadan farklay olmayaptilar.
Shu boisdan kuyida PT ning loyixalanishi uchun zaruriy shartlardan biri didaktik masalalar
to`g`risida fikr yuritiladi. Chunki xar bir o`qituvchi pedagogik faoliyatga kirishishidan oldin xal
etilishi lozim bo`lgan pedagogik masalalarni etarlicha aniq tasavvur etishi va ifodalanishi, ayni
paytda uz o`quvchilariga ham tushuntira olishi kerak.
18
Bugungi xar kadamda va xar qanday ta’lim muassasasining o`qituvchisi faoliyatida tasodifiy
o`quvchi (talaba) lar guruxining aniq urnatilmagan maqsadga erishish uchun ixtiyoriy tanlangan
ta’lim mazmunini o`zlashtirishga oid xarakatlarni boshqarayotganligini kuzatish mumkin. Bu
xolatni izoxlashga xarakat kilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: