Microsoft Word 36 tadbirkorlik subyektlarining foydasini oshirish yo`llari doc



Download 441,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana06.07.2022
Hajmi441,15 Kb.
#747472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sindor kurs ishi

1.
 
Individual yoki yakka tartibda, ya'ni shaxsan o‘zi va oilasi bilan biznes qiluvchilar; 
2.
 
Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar; 
3.
 
Davlat biznesi - davlat nomidan biznes qilish. 
Individual biznes eng tarkalgan va ko‘pchilikni qamrab olgan biznes, u xususiy 
mulkka tayanadi. 
Jamoadagi biznes xam rivoj topgan. U shirkatlar, kooperativlar, aksiyaner 
jamiyatlari doirasida yuz beradi. 
Davlat biznesi esa cheklangan, o‘ta muxim soxalarda saqlangan. O‘zbekistonda 
xam biznesning turli shakllari bor. 
Biznesni ishlab chiqarishdagi korxonalar va xo‘jaliklar ishi bilan cheklab bo‘lmaydi, 
chunki qaerda pul topish mumkin bo‘lsa, usha yerda biznes bo‘ladi. 
Biznesning eng asosiy jixatlari tadbirkorlikdir. Tovarlar va xizmatlarni yaratish 
bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi bo‘lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkyol etadi. 
Tadbirkorlik - kishilar (mulk sub'ektlari) ning moddiy va pul mablaglarini amalda 
xo‘jalik oborotiga tushirib, daromad topishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyatdir. 
Tadbirkorlik umuman pul topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad 
olishni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga binoan tadbirkorlik: 
1.
 
Tadbirkorning shaxsiy mol-mulk asosida; 
2.
 
Tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy 
fuqarolar xamda yuridik shaxslarning mol- mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida; 
3.
 
Tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol- mulklaridan foydalanishi 



asosida; 
4.
 
Yuqoridagi shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi.(qonun 1-
modda). 
Tadbirkorlik mulkdor tomonidan xam, shuningdek uning mol-mulkini idora 
qiluvchi sub'ekt tomonidan xam amalga oshirilishi mumkin. 
Tadbirkorlik yangi imkoniyatlarni qidirish, yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayoni, 
kapital qo‘yishning yangi soxalarini topish, eskicha sarqitlar va chegaralardan voz kechish, 
ishlab chiqarishning uch asosiy tarkibiy qismini bog‘lashning eng maqbul usullarini 
topishdir. 
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining tayanch nuqtasi, chunki bu faoliyat orqali bozor 
talabi qondiriladi, kishilarning farovonligi ta'minlanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish 
orqali asta-sekin mamlakatda mulkdorlar sinfi shakllana boshlaydi. Mulkdorlar sinfini 
shakllantirish borasidagi “eng muxim va dolzarb vazifa- mulkni xaqiqiy egalari qo‘liga 
berishni jadallashtirish tadbirkorlik uchun keng yo‘l ochib beri shva mulkdorda yangi mulk 
egasi xissiyotini tarbiyalashdan iboratdir” 
O‘zbekistonda tadbirkorlar ijtimoiy jixatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga mos 
ravishda ishchi, xizmatchi va dexqonlar xisobidan vujudga kela boshladi. Bu yerda 
tadbirkorlar kichik va o‘rta biznes bilan shugullanuvchilardan, fermerlardan, tomorqa 
xo‘jaligi soxiblaridan, aksiyadorlik jamiyati a'zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan 
iborat. 
Tadbirkorlik faoliyati mamlakatda raqobat muxitini shakllantiradi, insonlarni 
extiyojlarini qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatishga 
xizmat qiladi. 
Tadbirkorlikning o‘ziga xos tamoyillari mavjud: 
1.
Mulkiy munosabatlarning ishtiroqchisi bo‘lishi... Tadbirkorlarningo‘zmulki 
bo‘lgani yaxshi, bo‘lmasa o‘zgalar mulkini ijaraga olib xam ishyuritishi mumkin. Lekin 
u o‘z mulkiga ega bo‘lsa, o‘zgalar mulkini ijaraga olib ishlagandan
yaxshiroq iqtisodiy samara olishga xarakat qiladi. 
2.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi va faoliyat maxsulini taksimlash mustaqilligi.Tadbirkor 
bozor talabini qondirish maksadida o‘zi tanlagan soxada faoliyat ko‘rsatishi, o‘zi xoxlagan 



maxsulotni kanday va kaerda ishlab chiqarishni, ularni kimga, kachon, qanchaga sotishni 
o‘zi xal qiladi. Mazkur iqtisodiy munosabatlar jarayonida unga tazyik ko‘rsatilishi 
tamomila inkor etiladi. 
3.
Foyda olishga intilish... Tadbirkor dastavval o‘zining iqtisodiy axvolini 
yaxshilashga, foyda olishga xarakat qiladi. Uning bu maqsadi saqlanib koladi. Pirovardida 
u daromad olish bilan birgalikda jamiyat uchun qanchalik kerak ekanligini, o‘z 
imkoniyatlarini o‘zgalar imkoniyatlaridan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatishga xarakat qiladi. 
4.
O‘z faoliyatidagi iqtisodiy mas'uliyatni xis etish. Tadbirkor kaysi soxada faoliyat 
ko‘rsatmasin u iqtisodiy mas'uliyatni shaxsan o‘z zimmasiga olib ish yuritadi. Olingan 
iqtisodiy natijaga faqat uning o‘zi javobgar, mas'uliyatli bo‘ladi. 
5.
Iqtisodiy tavakkalchilikni o‘z buyniga olish. Tadbirkor iqtisodiy xavf- xatarni xis 
qilib, tavakkal qilib, “sinish”dan qo‘rqmasdan ish yuritadi. Agar kutilmagan xodisa bo‘lsa, 
unga faqat tadbirkorning o‘zi javob beradi. 
6.
Tadbirkorlik qoidalari va qonunlarning ustivorligiga rioya qilish. Tadbirkorlik 
faoliyatining o‘z ichki qonun-koidalari va jamiyatning qonuniy asoslari mavjud. Qonun va 
koidalar kanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishidan kat'iy nazar tadbirkor ularga amal qilishi 
va xurmat qilishi kerak va shart. 
7.
Raqobat muxitning rivojlanishida va uning qo‘lashida qatnashadi.Tadbirkor o‘z 
faoliyati davomida sifatli tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishi orqali 
raqobatni avj olishiga xissa qo‘shishi va uning o‘zi xam faol ishtiroq etishi lozim. 
8.
Tadbirkorlik siri.(Tijorat siriga ega bo‘lish). Tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchilar albatta o‘zlarining sirlariga ega bo‘lishlari va uni qattiq ximoya 
qilishlari lozim bo‘ladi. 
9.
Xalollik bilan ish yuritish. Tadbirkor xalol pul topishga intilishi shart. Bu tamoyil 
tadbirkor tushunchasining xakikiy tabiatiga mos keladi va unga zid bo‘lgan xar 
kanday ishlarni, xarakatlarni inkor etadi. 
10.
Nufo‘zga ega bo‘lish. Nufo‘z tadbirkorning obru-e'tiborli bo‘lishini, o‘z nomiga 
putur yetkazmasligi, firma nomiga sodiklikni va uni e'zozlashni bildiradi. 
Tadbirkor o‘z ishlab chiqarish faoliyatini o‘zi boshqaradi, davlat uning ishiga 
aralashmaydi, balki tadbirkorni qo‘llab- quvvatlash va uning daxlsizligini kafolatlashi 
orqali qulay muxit yaratadi. 


10 
Tadbirkorlik faoliyatining vazifalari: 
1.
Ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarni birlashtirish. 
2.
Biznes yuritish bo‘yicha asosiy qarorlarni kabul qilish. 
3.
Ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini va biznesni tashkil qilishning yangi 
shakllarini joriy qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatish. 
4.
Taxlikagaborish. 
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart-sharoitlari: 
1.
Tadbirkor faoliyati uchun ma'lum xukuk va erkinlaklar mavjud 
bo‘lishilozim.. 
2.
Tadbirkor mulkchilik xukukiga ega bo‘lishi (mol-muklni va foydani tasarruf 
qilishda) zarur. 
3.
Erkin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ta'minlaydigan iqtisodiy muxit va 
ijtimoiy- siyosiy shart- sharoit bo‘lishi kerak. 
4.
Mulkchilik va xo‘jalik yuritishning xilma-xil shakllari va turlari taqozo qilinadi. 
Tadbirkorlik o‘z-o‘zidan davlat ishtirokisiz, uning yordamisiz rivoj topmaydi. 
Davlat soliqlar, eksport xizmatlari orqali, shuningdek, o‘z xisobidan bepul umumiy 
ta'lim berish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. 


11 

Download 441,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish