Microsoft Word 36 tadbirkorlik subyektlarining foydasini oshirish yo`llari doc



Download 441,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana06.07.2022
Hajmi441,15 Kb.
#747472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sindor kurs ishi

2.2.
 
O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik tashkilotlarida foydalar tahlili
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va 
kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin 
bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining 
asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib 
chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.
Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, 
horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi 
manbalardan amalga oshiriladi. 
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy 
turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish; 
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya 
ajratmalari hisoblanadi. 
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan 
pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham 
kiritladi.
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani 
moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli. 
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi 
(bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga 
nisbatidan aniqlanadi.
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;


28 
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Foydaning quyidagi turlari mavjud: 

Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda.

Asosiy faoliyatdan kelgan foyda.

Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda

Favqulodda olingan foyda.
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum 
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida 
aniqlanadi:
YaF = SST – MIT, 
bu yerda:
YaF – yalpi foyda; 
SST – sotishdan olingan sof tushum;
MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda 
bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan ko‘rilgan 
boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF =YaF – DX +BD + BZ, 
bu yerda:
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DF – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan olingan 
foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar 
sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF = AFF + MD – MX,


29 
bu yerda: 
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
Sotilgan mahsulot rentabelligi (RSM): yoki Bu erda: RSM– sotilgan mahsulot 
rentabelligi; 
YaF – yalpi foyda;
SF – sof foyda; 
SST – mahsulot sotishdan sof tushum.
Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha yalpi 
foyda yoki sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
1. Aktivlar rentabelligi. (Ra):bu yerda: SF – sof foyda;
Jayk – korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati. 
2016 yilda Ra =7762/ 502347= 0.015
2017yilda Ra = 120500/ 696200= 0.17
2018 yilda Ra = 1374/ 819485= 0.0016
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan 
mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) 
qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;


30 
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuvlar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.
Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari 
shakllanishini boshqarish hisoblanadi. 
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi 
investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), 
moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy 
shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya 
faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. 
Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning 
mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni 
moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta asosiy 
guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan manbalar. 
Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari 
– tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi. 
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;

amortizatsiya ajratmalari;

mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;

asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;


31 

nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.
Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar 
bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin 
hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:

aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;

korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning 
pay va boshqa badallari;

yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan 
mablag‘lar;

maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida 
beriladigan davlat mablag‘lari;

qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, 
horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi 
horijiy investorlarning mablag‘lari.
Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan 
foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio‘ mumkin. 
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;

uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;

uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini 
muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;

lizing va b.

Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:

tijorat (tovar) kreditlari;

qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini 
muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;

banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.


32 
Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini tashkil 
qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi shart emas. 
Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan daroomadlarda ulushli mulk 
egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning qarzli mablari korxonaning qarz 
kapitalini tashkil qiladi.
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik 
moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va 
kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin. 
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida 
investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi. Moliyalashtirish shakllari 
deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya 
loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. 
Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz moliyalashtirish”ni 
xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va 
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli 
sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona 
faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida sof 
foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi ko‘rinishida 
to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilayotgan qismi 
jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi 
xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma 
mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. 
Zahira fondi korxonaning zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z 
aksiyalarini qayta sotib olish uchun shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi 
ham kapitalizatsiya uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha 
foyda rivojlanish uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri 
hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir 


33 
qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot 
birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy 
strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga.
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi 
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari 
qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazishi natijasida tashkil bo‘ladi. Asosiy ishlab 
chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida bo‘shab qolgan pul 
mablag‘lari amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya fondida to‘planib boradi. 
Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy fondlarini hajmiga, ularning 
boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va yoshlari o‘yicha tarkibiga, shuningdek 
maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qo‘llanilayotgan usuliga bog‘liq.
O‘z manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: foyda 
qismi bo‘yicha: ularni yo‘naltirishbo‘yicha vaqt va mablag‘ sarfining yo‘qligi, 
qaytarmaslik riskining yo‘qligi, manba sifatida qo‘llanilishi korxonaning investitsion 
jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi bo‘yicha: korxona ixtiyorida har qanday 
moliyaviy holatda ham mavjud bo‘lishi, amortizatsiyani turli xildagi usullar bilan 
hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga to‘lovlarni amalga oshmasligi, barterlar, soliqqa 
tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish mumkin; 
amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya darajasiga, 
nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz ishlatish ehtimoliga 
bog‘liqligi. 
Investitsiya resurslarini shakllantirishning o‘z manbalarini sanab o‘tilganlaridan 
qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayonida 
ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va operativ rejalashtirishning 
predmeti hisoblanadi.
Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona ustav 
kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning 
mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni 
yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi. 


34 

Download 441,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish