Microsoft Word 3 V 11 pechatga doc


Tekshirish uchun savollar



Download 4,26 Mb.
bet43/83
Sana31.03.2022
Hajmi4,26 Mb.
#521533
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Bog'liq
1 kompyuter savodxonligi — lotinchasi

Tekshirish uchun savollar





  1. Dastlabki IBM PC qachon yaratilgan va u haqida nimalar bilasiz?

  2. Mashina tilida dasturlash va ob’ektlarga tayangan dasturlash haqida nimalar bilasiz?

  3. Ob’ektlar yana qaerda qo‘llaniladi?

  4. Multimedia kompyuterlari haqida nima bilasiz?

  5. Giperbog‘lanishlar nima uchun kiritiladi?

  6. Multimedia mahsulotlariga nimalar kiradi?

  7. Signallarni modulyatsilash nima?

  8. Mahalliy tarmoq qurilmasi nima vazifani bajaradi?

  1. Modemdan nima maqsadda foydalaniladi?

  2. Kompyuter tarmoqlari ishlash prinsipiga ko‘ra qanday turlarga ajratiladi?

  3. Server va mijozga ta’rif bering.
    1. KOMPYuTERDA HUJJAT TAYYoRLASh. WORD MATN MUHARRIRI.


Kompyuterda hujjat tayyorlash, kompyuter o‘yinlari va internet tarmog‘ida ishlash bilan bir qatorda, kompyuterda eng ko‘p bajariladigan ishdir. Bularning oxirgi ikkitasidan asosan ko‘ngilxushlik uchun foydalanishni nazarga olsak, kompyuterdan foydalanuvchilar asosan hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Hujjatlar matn muharrirlari yoki matn protsessorlari deb ataluvchi dasturlar yordamida tayyorlanadi. Eng sodda matn muharrirlariga misol sifatida Windows tarkibiga kiruvchi Bloknot va Wordpadni keltirishimiz mumkin.


Hujjatlarni tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladigan dastur bu Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word matn muharriridir. Word muharriri oddiy ikki qatorli e’lonlardan tortib minglab varaqli murakkab kitoblargacha yarata oladigan ommabop dasturdir. Foydalanuvchilar dastlab uning imkoniyatlari ko‘pligini ko‘rib hayratga tushadilar, so‘ngra undagi tugmalarning ko‘pligidan sarosimaga tushsalar, nihoyat oradan ma’lum vaqt o‘tgach, muharrir bilan yaqinroq tanishgach, uni o‘rganish, unda ishlash qulayligini, unda har qanday amal ko‘zda tutilganini ko‘rib, xotirjam bo‘ladilar.

Siz Toshkent shahridagi Dutorchi ko‘chasining yoki shahar qon quyish stansiyasining qaerda joylashganini bilasizmi? Aminmanki, Toshkent shahrida bir umr yashagan odamlarning mutloq ko‘pchiligi ham bundan bexabar bo‘lsalar kerak. Balki Siz Toshkent shahridagi barcha maktablarni aylanib chiqqandirsiz yoki aylanib chiqqan biror odamni tanirsiz?


Shahardagi barcha maktablarni aylanib chiqmagan bo‘lsangiz-da, bu narsa Sizning maorif tizimida ishlashingiz uchun, butun umringizni o‘zingiz sevgan kasbga bag‘ishlashingiz uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, Siz o‘zingiz tug‘ilib o‘sgan va yashayotgan hududingizni juda yaxshi bilasiz va Sizni bu hudud bo‘yicha mutaxassis deyish mumkin. Shaharning boshqa tomonlariga ishingiz tushib qolsa, hech ikkilanmay yo‘lga chiqasiz va begona joylarda ham so‘rab-surishtirib, o‘z ishingizni bitirib qaytasiz. Shunga o‘xshash, yillab kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchilar ham Wordning barcha imkoniyatlarini bilmasliklari, shunga qaramay, ular kompyuterda bemalol hujjat tayyorlay olishlari mumkin.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish