Wordning tashqi ko‘rinishi qanday qismlardan iborat?
Wordning Bosh menyusi nima vazifani bajaradi?
Wordning uskunalar paneli nima vazifani bajaradi?
Wordning qanday uskunalar panellari bor?
Wordning tashqi ko‘rinishini qanday qilib o‘zgartirsa bo‘ladi?
Wordda fayllar bilan ishlash uchun qanday amallar ko‘zda tutilgan?
Bosh menyuning Faylbo‘limida qanday farmoyishlar o‘rin olgan?
Wordda yaratilgan hujjat nimadan tarkib topadi?
Wordhujjatiga nimalar kiritish mumkin?
Hujjat bo‘ylab qanday harakatlanish mumkin?
Hujjatning vertikal surgichi yonida qanday tugmalar joylashgan?
Hujjatdan qanday qilib bo‘lak ajratiladi?
Matnni tahrir qilishning qanday farmoyishlari mavjud?
Bosh menyuning Tahrirlashbo‘limida qanday farmoyishlar joylashgan?
Matn bo‘lagi qanday qilib yangi joyga ko‘chiriladi?
Matnga qanday shakl berish farmoyishlari bor?
Bosh menyuning shakl berish bo‘limida qanday farmoyishlar bor?
Wordda qanday turdagi tasvirlar bilan ishlash mumkin?
Hujjatga tasvir qanday qilib kiritiladi?
Tasvirni sozlash panelidan qanday uskunalar o‘rin olgan?
Rasm chizish panelidan qanday tugmalar o‘rin olgan?
Tayyor shakllarning qanday turlari mavjud?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
1. MSWordda matnni tahrir qilish. Quyidagi matnni kiriting. 1-bob. Kompyuterda ishlash asoslari
Kompyuter bilan tanishuv
1.1.1. Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablari Informatika xonasida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi
omillarga:
elektr toki urishi; yong‘in chiqish xavfi;
yuqori chastotali va lazer nurlanish manbalari mavjudligi; o‘ta zaharli moddalardan zaharlanishlar kiradi.
Elektr tokidan foydalanish qoidalari
Elektr toki elektr zaryadlarining harakati bo‘lib, elektr zaryadlarining bir turdagi manbasidan ikkinchi tur manbasi tomon harakatlanishidan vujudga keladi, deb qabul qilingan. Tabiatdagi barcha narsalarda, xususan, inson organizmida ham elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro muvozanatda turadi va hayot uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Matnni to‘liq ajratib oling va uning shriftini PandaTimesUzga o‘tkazib, o‘lchamini 14 ga aylantiring.
1-satrni ajratib oling. Uning matnini bosh va yo‘g‘on harflarga o‘tkazing. Matnni satr markaziga joylashtiring.
2-satr boshiga o‘ting va u yerga «§» timsolini joylang. Matnni ham bosh va yo‘g‘on harflarga o‘tkazing.
2- va 3-satrlarni ajratib oling, ularni yo‘g‘on harflarga o‘tkazing va matnni markazga joylashtiring.
Qolgan barcha matnni ajratib olib, ikki tomondan tekislang.
Matnning 5-8-satrlarini ajratib oling va ularni raqamlangan ro‘yxatga aylantiring.
Abzaslarning birinchi satri boshini 1 sm o‘ngga suring.
Topish va almashtirish farmoyishi yordamida elektrso‘zini elektrso‘ziga almashtirib chiqing.
Hujjatni 1-mashq nomi bilan saqlab qo‘ying.
MSWordda Risovanie(Chizma) uskunalar paneli bilan ishlash