Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikning fuqarolik jamiyatiga xos amaliyo’li huquqiy



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

3. O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikning fuqarolik jamiyatiga xos amaliyo’li huquqiy 
asoslarining rivojlalanishi 
 
2014-yil  25-sentabrda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  “Ijtimoiy  sheriklik 
to’g’risida”gi  Qonuni  5  bob,  30  moddadan  tashkil  topib,  unda  ijtimoiy  sheriklik  va  uning 
subyektlari,  uning  asosiy  prinsiplari  va  sohalari,  ijtimoiy  sheriklikning  asosiy  shakllari  va  ulami 
amalga  oshirish  tartibi,  ijtimoiy  sheriklikni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash,  mazkur 
munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlari kabi eng muhim masalalar mujassamlashgan. 
Qonunning  3-moddasida  “ijtimoiy  sheriklik”  tushunchasiga  quyidagicha  ta’rif  beriladi: 
“Ijtimoiy  sheriklik  davlat  organlarining  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining 
boshqa  institutlari  bilan  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini,  shu  jumladan, 
tarmoq,  hududiy  dasturlami,  shuningdek,  normativ-huquqiy  hujjatlami  hamda  fuqarolarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan boshqa qarorlami ishlab chiqish hamda amalga 
oshirish  borasidagi  hamkorligidir”.  Shuningdek,  mazkur  moddada  ijtimoiy  sheriklik  subyektlari 
sifatida  quyidagilar  belgilandi:  “Davlat  organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlaridir. Davlat organlarining fuqarolarning 
o’zini  o’zi  boshqarish  organlari,  siyosiy  partiyalar  va  diniy  tashkilotlar  bilan  hamkorligi  alohida 
qonunlar bilan tartibga solinadi”. 
Mazkur  qonun  ijtimoiy  sheriklikning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotdagi  o’rni,  uning  asosiy 
shakllari  va  ulami  amalga  oshirish  tartibi,  insonlar  turmush  tarizida  ro’y  berib  turadigan 
muammolami hal etishda, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya 
qilishda,  davlat,  ish  beruvchi  va  mehnatkashlar  o’zaro  munosabatlarini  adolat  prinsiplari  asosida 
muvofiqlashtirishda,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  davlat  tuzilmalari  bilan  o’zaro 
hamkorligining  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini,  ijtimoiy  sheriklikni  davlat  tomonidan  qo’llab-
quvvatlash, moliyalashtirish manbalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda qoilab-quvvatlash, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining huquqiy bilimlarini, huquqiy ongini 
va huquqiy madaniyatini oshirishning huquqiy asosi sifatida namoyon bo’ldi. 
Qonunning  demokratik  qadriyatlar  asosida  ishlab  chiqilganligi  “Ijtimoiy  sheriklikning 
asosiy prinsiplari” deb nomlangan 4-moddasida o’z isbo’lini topgan:“Ijtimoiy sheriklikning asosiy 
prinsipiari  quyidagilardan  iborat:  qonunga  bo’ysunish;  teng  huquqlilik;  ochiqlik  va  shaffoflik; 
hammaboplik; mustaqillik; xolislik; o’zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va mas’uliyat; 
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi”. 
Qonunda ijtimoiy sheriklik sohalari sifatida quyidagilarning belgilanishi uning, asosan, aholi 
turmush darajasini oshirishga qaratilganini ifodalaydi: 
- aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qoilab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish; 
-  aholining  bandligini  ta’minlash,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni,  fermerlikni 
rivojlantirish; 
-  atrof-muhitni,  aholining  sog’lig’ini  muhofaza  qilish  va  sog’lom  turmush  tarzini  qaror 
toptirish; 
- har tomonlama barkamol va sog’lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, 
ulami ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo’naltirish; 


225 
-  onalik  va  bolalikni,  shuningdek,  xotin-qizlaming  huquqlarini  himoya  qilish,  ularning 
mamlakat  ijtimoiy-siyosiy,  sotsial-iqtisodiy,  madaniy  hayotida  toMaqonli  ishtirok  etishini 
ta’minlash, sog’lom oilani shakllantirish; 
- fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish; 
- aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik 
jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash; 
-  millatlararo,  madaniyatlararo  totuvlik  va  fuqarolar  totuvligi  g’oyalarini  mustahkamlash, 
ko’p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlami tiklash va saqlash; 
- iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish. 
Qonunning  6-moddasida  ijtimoiy  sheriklikning  asosiy  shakllari  XMTning  konvensiyalari, 
rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  va  milliy  an’analar  uyg’unligi  asosida  shakllantirilib,  ular 
quyidagicha ifodalandi: 
-  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlarining  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi; 
- nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining normativ-
huquqiy hujjatlami ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi; 
- nodavlat notijorat tashkilotlari va ftiqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat 
organlari  huzuridagi  ishchi  guruhlar,  komissiyalar  va  jamoatchilik-maslahat  organlari  faoliyatida 
ishtirok etishi; 
-  ijtimoiy  sheriklik  subyektlari  tomonidan  birgalikda  tadbirlar,  maslahatlashuvlar  va 
muzokaralar o’tkazish; 
-  ijtimoiy  sheriklik  subyektlari  tomonidan  ijtimoiy  sheriklik  to’g’risida  bitimlar  va 
shartnomalar  (bundan  buyon  matnda  bitimlar  va  shartnomalar  deb  yuritiladi)  tuzish,  birgalikdagi 
loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 
- ijtimoiy sheriklik subyektlari o’rtasida o’zaro qo’llab-quvvatlash, axborot almashish. 
Qonunda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat  notijorat 
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’liab-quvvatIash jamoat fondi, uning 
mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament komissiyasi va ularning vazifalariga oid normalar ham 
o’z aksini topdi.  
Qonunning  yana  bir  o’ta  muhim  yangiligi  -  bu  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i 
Kengesi,  xalq  deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  huzurida  jamoat  fondlari 
hamda ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyalari tuzilishi hisoblanadi. Albatta, bu joylardagi 
nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlarining  tashabbuslarini 
rivojlantirish  hamda  rolini  kuchaytirish,  shuningdek,  ularning  joylarda  sotsial  va  ijtimoiy 
ahamiyatga molik masalalami hal etishdagi ishtirokini rag’batlantirish, mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  dasturlarini  ishlab  chiqish  hamda  amalga  oshirishga,  gumanitar  masalalarni  hal 
etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda kuchli turtki 
bo’lib xizmat qiladi. 
Qonun hayotda to’laqonli va samarali ishlashi uchun ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni 
moliyalashtirish asoslari ham aniq va tiniq mustahkamlab qo’yildi. Unga asosan ijtimoiy sheriklik 
sohasidagi  tadbirlami  moliyalashtirish:  O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjeti  va  davlat 
maqsadli  jamg’armalari  mablag’ari;  ijtimoiy  sheriklik  subyektlarining  o’z  mablag’ari;  yuridik  va 
jismoniy  shaxslaming  homiylik  xayriyalari  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Ijtimoiy  sheriklik 
sohasidagi  tadbirlami  moliyalashtirish  qonun  hujjatlarida  ta’qiqlanmagan  boshqa  manbalar 
hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Masalaning yana bir muhim tomoni — bu qonunda davlat organlarining ijtimoiy sheriklik 
sohasidagi  huquqiari  va  majburiyatlarining  aniq  belgilab  qo’yilganidir.  Davlat  organlari  ijtimoiy 
sheriklik  sohasida  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini  va  normativ-huquqiy  hujjatlami 


226 
ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlarini jalb etishga, ular bilan birgalikda ishchi guruhlar hamda komissiyalar tuzishga, 
ulami  davlat  organlari  huzuridagi  jamoatchilik-maslahat  organlari  ishida  ishtirok  etishini 
ta’minlashga; bitimlar hamda shartnomalar tuzishga, ijtimoiy sheriklik doirasida berilgan davlat pul 
mablag’laridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan qonun hujjatlariga muvofiq 
nazoratni amalga oshirish kabilarga haqlidirlar. 
Davlat  organlariga  mazkur  qonunda  faoliyatining  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va 
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab- quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yo’nalishlarini 
aniqlashi,  ularga  ijtimoiy  sheriklikda  ishtirok  etishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratishi,  mazkur 
institutlaming  tashabbuslari  hamda  takliflarini  ko’rib  chiqishi,  zarur  hollarda  jamoatchilik 
muhokamasini tashkil etishi, ijtimoiy sherikiik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda 
loyihalar  bo’yicha  majburiyatlaming  bajarilishini  ta’minlashi  shartligi  kabi  majburiyatlar 
yuklatilgan.  
Qonunning  qabul  qilinganligi  ijtimoiy  sheriklik  asosiy  shakllarini  amalga  oshirishning  va 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-
huquqiy  hujjatlami  ishlab  chiqish  hamda  amalga  oshirishga  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va 
fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  jalb  etishni,  birgalikda  ishchi  guruhlar  hamda 
komissiyalar tuzish tartibini belgilab bemvchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlovchi 
qonunosti  hujjatlarini  ishlab  chiqishni,  joylardagi  mahalliy  Kengashlar  huzurida  jamoat  fondlari 
hamda  ijtimoiy  sheriklik  bo’yicha  jamoat  komissiyalarini  tuzishni,  davlat  organlaridan  ijtimoiy 
sheriklik  sohasida  faoliyatning  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa 
institutlarini qo’llab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yo’nalishlarini aniqlashni, davlat organlari 
huzurida  jamoatchilik-maslahat  organlarini  tashkil  qilishni,  o’zlariga  yuklatilgan  vazifalami 
samarali tashkil qilish bo’yicha qonunosti hujjatlarini qabul qilishni hamda tezkorlik bilan qonunda 
belgilangan  majburiyatlarini  ijro  etish  mexanizmlarini  yo’lga  qo’yishga,  o’z  idoraviy  ichki 
hujjatlarini Qonunga moslashtirishni taqozo etadi.  
Xulosa  qilib  aytganda,  qonun  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlantirish  uchun  qulay  huquqiy 
maydon yaratishga, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, ularning jamiyatimizdagi 
o’rni  va  nufuzini  yuksaltirish,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  isloh  etish  jarayonida 
nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada faollashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlaming ochiq-
oshkoraligini  ta’minlashda  mazkur  institutlar  rolini  kuchaytirish,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishga 
doir  dasturlami  hayotga  tatbiq  etish,  ijtimoiy  muammolami  hal  etish,  aholi  turli  qatlamlarining 
huquqlari,  erkinligi  hamda  manfaatlarini  himoya  qilishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va 
fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlarining  davlat  organlari  bilan  o’zaro  hamkorligi  bo’yicha 
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarii takomillashtirishga xizmat qiladi. 
 “Ijtimoiy  sheriklik  to’g’risida”gi  Qonunning  muhim  jihati  uning  fuqarolik  jamiyati 
institutlari - NNTga jamiyatda ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, unga hissa qo’shish, jamiyatda 
adolat  prinsiplarini  o’matish  kabi  demokratik  qadriyatlaming  rivojlanishi  uchun  shart-  sharoitlar 
yaratishidir.  Uning  15-moddasida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat 
notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo’llab-quvvatlash  jamoat 
fondining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar ifodalandi: 
-  O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjetidan,  qonun  hujjatlarida  ta’qiqlanmagan 
boshqa  manbalardan  olinadigan  mablagTami  jamlaydi,  bu  mablagTar  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni rag’batiantirish 
hamda qo’llab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalami hal etishda ularning ishtirok 
etishiga qaratilgan dasturlami amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi; 
-  mablag’larni  keyinchalik  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining 
boshqa  institutlarini  qo’llab-quvvatlashga  taqsimlash  uchun  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 


227 
Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat 
notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo’llab-quvvatlash  jamoat 
fondlariga yo’naltiradi; 
-  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlarining  moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat, tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil 
yordam ko’rsatish bilan bog’liq dasturlar hamda loyihalami amalga oshirishda ko’maklashadi. 
“Ijtimoiy  sheriklik  to’g’risida”gi  qonunning  ijrosi  sifatida  fuqarolik  jamiyati  institutlari 
faoliyatini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
 
va Senati Kengashlarining “Nodavlat-notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qo’shma qarori qabul 
qilinib, unga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Jamoat fondi va Parlament komissiyasi 
tashkil etildi. Parlament komissiyasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputatlari, Senat a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Adliya va Moliya vazirliklari tegishli 
tuzilmalari, nufuzli nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillari 
kiradigan  bo’ldi.  Shuningdek,  Jamoat  fondi  tomonidan  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  loyihalar 
quyidagi yo’nalishlar lio’yicha moliyalashtirilishi belgilab qo’yildi: 
Birinchi  yo’nalish,  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  aholini  ish  bilan  ta’minlashning 
muhim yo’nalishi sifatida kichik va oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik va kasanachilik hamda xalq 
hunarmandchiligini rivojlantirish bo’yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kompleks chora-
tadbirlardagi ishtirokini faollashtirish. 
Ikkinchi  yo’nalish,  yoshlar  o’rtasida  sog’lom  turmush  tarzi  tamoyil-  larini  qaror  toptirish, 
yoshlarda  sog’lom  va  mustahkam  oila  qurishga  intilishni  shakllantirish,  ulami  giyohvandlik, 
axloqsizlik  hamda  tashqaridan  kirib  keluvchi  “ommaviy  madaniyat”  tahdidlari  va  ta’sirlari-  dan 
asrab qolishga doir kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish. 
Uchinchi  yo’nalish,  aholining  ekologik  savodxonligini  oshirish,  ekologik  noqulay 
hududlarda, shu jumladan, Orolbo’yida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash. Bunda suv, yer 
resurslaridan  oqilona  foydalanish,  suv  obyektlari  va  havoning  ifloslanishi  darajasini  kamaytirish 
bo’yicha targ’ibot ishlarini tashkil etish. 
To’rtinchi  yo’nalish,  nogironlarga  ta’lim  berish  va  tarbiyalash  uchun  qulay  sharoitlar 
yaratish,  ularni  har  xil  kasblarga  o’qitish,  huquqiy  bilimini  oshirish,  ularning  jamiyatlari  va 
uyushmalarini  moddiy-texnik  jihatdan  mustahkamlash,  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj 
qatlamini qo’llab-quvvatlash. 
2017-yilning  o’zida  parlament  huzuridagi  jamoat  fondi  “uchinchi  sektor”  subyektlarining 
264  dan  ortiq  dastur  va  loyihalariga  davlat  byudjeti  mablag’ari  hisobidan  12,7  mlrd.  so’m 
miqdoridagi mablagTar ajratdi. NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari Harakatlar strategiyasini, 
“Xalq  bilan  muloqo’l  va  inson  manfaatlari  yili”  Davlat  dasturini  amalga  oshirish,  aholining 
ehtiyojmand qatlamlarini qo’llab-quvvatlash, barkamol yosh avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush 
tarzini  qaror  toptirish,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  jamiyatda  huquqiy  madaniyatini 
yuksaltirishga  qaratilgan  5700  dan  ortiq  turli  tadbirlami  tashkil  etdi.  2017  yilning  o’tgan  davrida 
hududlardagi  dolzarb  ijtimoiy  va  iqtisodiy  vazifalami  amalga  oshirish  maqsadida248  taNNT  va 
fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  loyiha  va  dasturlari  davlat  granti  shaklida  6  030  mln 
so’mga qo’llab-quvvatlandi. 
Ajratilgan  davlat  grantlari  natijasida  hududlarda  112  ta  o’quv  kursi  va  markazlar  tashkil 
etilgan.  Mazkur  markazlarda  5145  kishi  o’z  kasbiy  malakalarini  oshirgan.  Turli  xildagi  3003  ta 
tadbirlar o’tkazilib, ularda 128 431 kishi ishtirok etgan. Moddiy-texnik bazasi 776 dona zamonaviy 
axborot-kommunikastiya  texnikasi  hamda  o’quv  ishlab  chiqarish  jihozlari  bilan  mustahkamlandi. 
439  ta  yangi  ish  o’rinlari  yaratilgan.  Davlat  ijtimoiy  buyurtmasi  doirasida  148  ta  tadbirlar 
o’tkazilgan va ularda 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. 


228 
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan loyihalar natijasida kasbiy 
ko’nikmalarga  ega  bo’lgan  tinglovchilardan  -  655  qiz  va  ayollar  ishga  joylashtirildi,  72  ta  ayol 
xususiy  tadbirkorlik  yo’nalishida  faoliyatini  boshladi.  Ekologiya  va  atrof-muhitni  asrash  borasida 
800 dan ortiq ijtimoiy targ’ibot bannerlarining shahar va tuman, qishloq va ovullar markazlariga, 
istirohat  bog’lari,  ta’lim  muassasalariga  o’rnatib,  atrof-muhitni,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosini 
asrab-avaylash  borasida  ekologik  madaniyatni  yanada  yuksaltirishda  samarali  xizmat  qilmoqda. 
Atrof-muhit holatining inson salomatligi bilan o’zaro munosabati, jamoatchilik ekologik nazoratini 
amalga oshirish bo’yicha 4 ta uslubiy qo’llanma tayyorlangan. 
Loyihalarni amalga oshirish jarayonida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni, tinchlik 
xotirjamlikni,  millatlararo  va  dinlararo  bag’rikenglikni  mustahkamlash,  ertangi  kunga  ishonch  va 
yaratuvchanlik  muhitini ta’minlash  masalalarida  do’stlik  jamiyatlari  va  milliy  madaniy  markazlar 
bilan ijtimoiy sheriklik kuchaytirildi. 
Jamiyatda  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlantirish,  shu  asosda  fuqarolik  jamiyatiga  xos  mehnat 
munosabatlarini  rivojlantirishda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  mayda  qabul 
qilgan  “Bandlik  sohasida  davlat  siyosatini  yanada  takomillashtirish  va  mehnat  organlari  faoliyati 
samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. 
Farmonda  hozirgi  davrdagi  bandlik  sohasidagi  holat  quyidagicha  baholandi:  “Bandlik  sohasidagi 
mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanilmoqda, 
mehnat  bozoridagi  haqiqiy  vaziyatni  buzib  ko’rsatish  hollari  saqlanib  qolmoqda,  muhim  ijtimoiy 
masala hisoblangan oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga 
joylashtirishga  yuzaki  yondashuv  holatlari  uchramoqda.  Aholi  bandligini  ta’minlash  masalalarida 
joylarda  mahalliy  ijro  hokimiyati  organlari,  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  ta’lim 
muassasalari,fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  keng  jamoatchilik  o’rtasida  o’zaro 
hamkorlik va javobgarlik mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. Yangi tashkil etilgan barqaror 
ish o’rinlari sonining mehnat bozori talablariga mos kelmasligi mehnat bozorida muvozanatlilikning 
buzilishiga,  Respublikamizning  ayrim  mintaqalarida  ishsizlik  darajasining  oshib  ketishiga, 
noqonuniy mehnat migratsiyasi va norasmiy bandlikning o’sishiga olib kelmoqda”. 
Farmonga  muvofiq,  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  O’zbekiston  Respublikasi 
Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  etib  qayta  tashkil  qilindi.  Farmonda  O’zbekiston 
Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligining  asosiy  vazifalari  va  faoliyat 
yo’nalishlari  etib,  jumladan,  yangi  ish  o’rinlari  yaratilishiga  davlat  buyurtmalarini  ishlab  chiqish, 
hududiy  va  tarmoqlar  bandlik  dasturlarini  amalga  oshirishni  muvofiqlashtirish,  oliy  va  o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan 
oilalarga  nafaqa  va  moddiy  yordam  o’z  vaqtida  to’lknishi  monitoringini  amalga  oshirish  va 
boshqalar belgilandi. 
Farmonda  2018-yilning  1-yanvaridan  boshlab  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va 
oliy  ta’lim  muassasalarining  birinchi  marotaba  ishga  joylashgan  bitiruvchilari,  agar  ular  ta’lim 
muassasasini  tamomlagan  kundan  boshlab  uch  yildan  ortiq  vaqt  o’tmagan  bo’lsa,  ishga 
joylashganidan  keyin  birinchi  yil  davomida  ish  haqidan  olinadigan  daromadlari  bo’yicha  yagona 
ijtimoiy to’lovning o’rnatilgan stavkasini 50 foizga, ularning ikkinchi va uchinchi yil davridagi ish 
faoliyati bo’yicha 25 foizga kamaytirish belgilandi. 
Shuningdek,  mazkur  farmon  ijrosini  ta’minlash  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  “O’zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  faoliyatini 
tashkil etishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” qarori qabul qilindi. 
Fuqarolarni ishga joylashtirishda sifatli va qulay xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori bilan quyidagilar ko’zda tutilgan: 
- mehnat organlari tomonidan “yagona darcha” tamoyilida davlat xizmatlari ko’rsatishning 
prinsipial  yangi  tizimini  joriy  etish,  bunda  ishga  joylashtirish  va  bandlikni  ta’minlash  bo’yicha 


229 
kompleks xizmatlarni aholi uchun qulay bo’lgan joylarda, shu jumladan, fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlarida ko’rsatish va bunda intemet imkoniyatlaridan keng foydalanish; 
 -  tashqi  mehnat  migratsiyasi  agentligining  fuqarolarni  tashkillashgan  holda  xorijda  ishga 
joylashtirishni ta’minlovchi filiallari tarmog’ini kengaytirish masalasini ko’rib chiqish. 
 Qarorda bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasini moliyalashtirish manbalari va ulami 
sarflashning asosiy yo’nalishlari belgilandi. Ular jumlasiga ishsizlarni, oliy va o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ulami moddiy qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha qonunchilik bilan o’rnatilgan kafolatlami amalga oshirish, band bo’lmagan aholini kasb-
hunarga o’qitish, qayta tayyorlash va ijtimoiy himoyalashga doir sifatli xizmatlar ko’rsatish, mehnat 
organlarining  moddiy-texnika  ta’minotini  mustahkamlash  bo’yicha  xarajatlami  moliyalashtirish 
kiradi. 
Qarorga  binoan  mehnat  resurslari  ko’p  bo’lgan  tumanlarda  band  bo’lmagan  aholini  kasb-
hunarga  o’qitish,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  ishlarini  amalga  oshiradigan  tayanch 
kollejlarining  ro’yxati  tasdiqlandi.  Mazkur  kollejlar  band  bo’lmagan  aholini  o’zlarining  asosiy 
ta’lim  berishdan  bo’sh  vaqtlarida,  hududlaming  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  talablaridan  kelib 
chiqqan  holda  mehnat  bozorida  talab  yuqori  bo’lgan    mutaxassislik  va  yo’nalishlar  bo’yicha 
o’qitishi belgilab qo’yildi. 
Albatta,  mazkur  Prezident  farmoni  va  qarori  mamlakat  ijtimoiy  hayotidagi  qator 
muammolami hal etish, davlat organlari bilan aholi o’rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning 
huquqiy  asosi  sifatida  fuqarolik  jamiyatiga  xos  bo’lgan  mehnat  munosabatlarini  shakllantiradi, 
davlat  siyosatining  avvalambor  insonga,  uning  ijtimoiy  ahvolini  yaxshilashga  qaratilayotganligini 
ifodalaydi.  Shu  bilan  birga,  qabul  qilingan  mazkur  huquqiy  asoslar  bandlik  sohasida  davlat 
siyosatini yanada takomillashtirish, band bo’lmagan aholini, ayniqsa,  yoshlami ishga joylashtirish 
bo’yicha  chora-tadbirlar  samaradorligini  oshirish,  mehnat  huquqlarini  himoya  qilish  va  mehnat 
muhofazasini  kuchaytirish,  aholi  bandligini  ta’minlash  bo’yicha  muvofiqlashtirilgan  samarali 
ishlami  amalga  oshirishda  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  hokimiyati 
organlarining mas’uliyatini tubdan kuchaytirish omili bo’lishi muqarrardir. 
 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish