Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


O’zbekiston ijtimoiy sheriklik institutining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

2.O’zbekiston ijtimoiy sheriklik institutining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi 
BMT  Xalqaro  mehnat  tashkilotining  standartlari  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida 
ham  o’z  ifodasini  topa  boshladi.  1949-  yildagi  “Jamoaviy  muzokaralami  tashkillashtirish  va  olib 
borish uchun huquqlar tamoyillarini tatbiq qilish to’g’risida”gi 98-sonli konvensiya va “Jamoaviy 
muzokaralarga  ko’maklashish  to’g’risida”gi  154-sonli  konvensiya  XMTning  jamoaviy-
shartnomaviy  tartibga  solish  sohasida  O’zbekiston  Respublikasi  qo’shilgan  asosiy  konvensiyalari 
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi qayd etilgan konvensiyalar bilan o’zaro 
muvofiqlashtirilgan  va  hatto  ushbu  konvensiya  bilan  nazarda  tutilgan  xodimlar  uchun  minimal 
kafolatlarga  nisbatan  yanada  yuqori  kafolatlar  darajasini  nazarda  tutadi.  Xususan,  98-sonli 
konvensiyaga  muvofiq,  mehnatkashlar  va  tadbirkorlar  tashkilotlari  bir-biri  tomonidan  har  qanday 
aralashuv  holatlariga  qarshi  tegishlicha  himoyadan  foydalanadilar,  Ushbu  qoida,  asosan,  kasaba 
uyushmalarini  ish  beruvchilaming  bevosita  yoki  bilvosita  ta’siridan  himoya  qilishga  qaratilgan, 
biroq umumiy aralashmaslik tamoyili o’z ahamiyatini saqlab qoladi. 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi ishchi-xodimlaming vakillik organlari faoliyatiga 
biror-bir  shaklda  to’sqinlik  qilinishini  ta’qiqlaydi.  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining 
26-  moddasiga  muvofiq,  ish  bemvchi  yoki  uning  tomonidan  vakolat  berilgan  shaxslaming 
tashabbusi bo’yicha ishchi-xodimlaming vakillik organlari faoliyati to’xtatilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Bunday harakatlami amalga oshirgan ish beruvchi yoki uning tomonidan vakolat berilgan shaxslar 
qonunlarga  muvofiq  javobgar  bo’ladilar.  Bundan  tashqari,  Kodeks  ishchi-xodimlaming  vakillik 
organlari  huquqlarini  batafsil  belgilab  beradi,  ish  bemvchining  ularga  nisbatan  majburiyatlarini 
belgilaydi  va  ishchi-xodimlaming  vakillik  organlari  a’zolariga  qo’shimcha  mehnat  kafolatlarini 
belgilovchi maxsus moddani o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, 
ular  faoliyatining  huquqlari  va  kafolatlari  to’g’risida”gi  Qonuni  3-moddasida  kasaba 
uyushmalarining davlat boshqaruv organlaridan, xo’jalik yurituvchi organlardan, siyosiy va boshqa 
jamoat  tashkilotlaridan  mustaqillik  tamoyili,  qonun  hujjatlari  bilan  nazarda  tutilgan  holatlardan 
tashqari,  ularga  hisobot  bermasligi  va  ular  tomonidan  nazorat  qilinmasligi  mustahkamlangan. 
Kasaba uyushmalari huquqlarini cheklashi yoki ularni amalga oshirishga to’sqinlik qilishi mumkin 
bo’lgan har qanday aralashuvni ta’qiqlaydi. 
XMTning  98-sonli  konvensiyasi  (4-moddasi)  ,  “Jamoa  muzokaralariga  ko’maklashish 
to’g’risida”gi 154-sonli Konvensiyasi va “ Jamoa muzokaralariga ko’maklashish to’g’risida”gi 163-
tavsiyanomasi  Xalqaro  mehnat  tashkilotiga  a’zo  davlatlarga  jamoa  shartnomalarini  tuzish  orqali 
mehnat  shart-sharoitlarini  belgilash  maqsadida  ish  beruvchilar  tashkilotlari  va  mehnatkashlar 
tashkilotlari  o’rtasida  muzokaralar  olib  borishga  ko’maklashuvchi  chora-tadbirlar  ko’rishni 
topshiradi.  Ushbu  chora-tadbirlar  barcha  darajalarda  jamoaviy  muzokaralar  tuzish  imkoniyati 
mavjud bo’lishi, mehnat sharoitlari iiuralalari bo’yicha o’tkazilishi, bandlik hamda ish beruvchilar, 
xodimlar va ularning vakillik organlari o’zaro munosabatlari uchun yo’naltirilishi kerak. Shunday 
qilib,  ish  beruvchilar  tashkilotining  faoliyat  yo’nalishlaridan  biri  kasaba  uyushmalari  bilan 
hamkorlikdan,  mehnatning  jamoaviy-shartnomaviy  tartibga  solinishida  ishtirok  qilishdan  iborat 
ekanligi oydinlashadi. 
Mehnat kodeksida jamoaviy muzokaralarga ushbu jarayonni hiitiilsil belgilab beruvchi ko’p 
sonli  moddalar  bag’ishlangan.  Bu  jamoa  shartnomalari  va  kelishuvlarini  tuzishning  asosiy 
tamoyillarini,  muzokaralarni  olib  borish  huquqini,  muzokaralar  olib  borish  tartibini,  muzokaralar 
davomida  yuzaga  keladigan  kelishmovchiliklar  yechimini  belgilovchi  me’yorlardir.  Muzokaralar 
olib  borishga  ko’maklashuvchi  chora-tadbirlar  sifatida  Mehnat  kodeksining  ish  beruvchilaming 


219 
jamoa  shartnomasi,  bitimini  tuzish,  o’zgartirish  yoki  unga  qo’shimcha  kiritish  bo’yicha 
muzokaralarda  qatnashishdan  bosh  tortganlik  yoki  ularni  ishlab  chiqish  va  tuzish  muddatlari 
buzilganligi  yoxud  tomonlar  belgilab  beigan  muddatlarda  tegishli  komissiya  ishi 
ta’minlanmaganligi;  muzokaralar  uchun  kerakli  ma’lumotlar  taqdim  qilinmaganligi  vajamoa 
shartnomasi,  jamoa  kelishuviga  rioya  qilinishi  ustidan  nazorat  amalga  oshirilganligi;  jamoa 
shartnomasi, kelishuvi bo’yicha majburiyatlar buzilganligi va bajarilmaganligi uchun javobgarligini 
nazarda  tutadigan  34-moddasini  keltirib  o’tish  mumkin.  Kasaba  uyushmasi,  xodimlaming  boshqa 
vakillik  organi  talabi  bo’yicha  mulkdor  yoki  ular  tomonidan  vakolat  berilgan  shaxs  jamoa 
shartnomasi  majburiyatlari  buzilishida  yoki  bajarilmasligida  aybdor  rahbarga  nisbatan  qonunlar 
bilan nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko’rishi shart. 
XMTning  “Jamoa  shartnomalari  to’g’risida”gi  91-sonli  tavsiyanomasi  jamoa 
shartnomalariga  ta’rif  berib,  ushbu  ta’rifga  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  29-
moddasi bilan nazarda tutilgan ta’rif toliq mos keladi. Jamoa shartnomalarining amal qilish doirasi, 
muddatlari  to’g’risidagi  tavsiyalar  qoidalari  Mehnat  kodeksining  42,  43,  44,  45,  54  va  55-
moddalarida  tatbiq  qilingan.  Kodeks  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy 
muhofaza  qilish  vazirligining  tegishli  organlarida  tuzilgan  jamoa  shartnomalarini  bildirish 
ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi tavsiyalar qoidasini ham o’z ichiga olgan. 
Xalqaro huquqning milliy  mehnat qonunlariga ta’siri to’g’risida so’z  yuritilganda, xalqaro 
huquqda  mustahkamlangan  ayrim  me’yorlar  “jus  cogens”  xususiyatiga  egaligi  va  shu  tufayli 
shartnoma  ratifikatsiya  qilinganligidan  qat’i  nazar,  barcha  davlatlar  uchun  majburiy  ekanligini 
nazarda  tutish  kerak.  Ijtimoiy  sheriklik  sohasiga  tegishli  misol  sifatida  XMTning  “Mehnat 
sohasidagi  eng  muhim  tamoyillar  va  huquqlar  to’g’risida”gi  Deklaratsiyasidagi  eng  muhim  8  -ta 
konvensiyadan biri deb  e’tirof qilingan  “Birlashish erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish 
to’g’risida”gi 87-sonli konvensiyani keltirib o’tish mumkin (1998). Ushbu Deklaratsiyaga muvofiq, 
mamlakat  XMTning  eng  muhim  8  ta  Konvensiyasini  ratifikatsiya  qilganligi  yoki  ratifikatsiya 
qilmaganligidan  qat’i  nazar,  ushbu  mamlakat  hukumati  ushbu  konvensiya  tomonidan  berilgan 
huquqqa  qanday  rioya  qilinayotganligi  to’g’risida  hisobot  berishi  kerak.  Shunday  qilib,  xalqaro 
huquqning milliy qonunlarga bevosita ta’siri yuz beradi. 
Hozirgi davrga kelib amaldagi qonunchilikda ijtimoiy sheriklikni tartibga soluvchi sanoqli 
me’yorlar  aks  ettirilgan.  Masalan,  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  23-  va  24-
moddalarida xodimning (ishlovchining) huquqlari xalqaro huquqiy standartlar asosida ifodalangan: 
“23-modda. Xodimlar vakillik organlarining huquqlari: 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish