Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


Ijtimoiy sheriklik institutining shakllanishi va uning xalqaro huquqiy asoslari



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

1.Ijtimoiy sheriklik institutining shakllanishi va uning xalqaro huquqiy asoslari 
 
Ijtimoiy  sheriklik  masalasi  bir  necha  asrlardan  buyon  jamiyatda  adolatni  ta’minlash, 
korxona,  tashkilot,  mulk  egalari  bilan  ishlovchilar  -  ishchilar,  xodimiar,  xizmatchilar  o’rtasidagi 
munosabatlarni  inson  huquq  va  erkinliklari  prinsiplari  asosida  rivojlanib  va  takomillashib 
kelmoqda.  Bu  sohadagi  muammolar  va  masalalar  yechimi,  adolatga  erishish  prinsiplari,  mehnat 
munosabatlarini  demokratik  qadriyatlar  talablari  asosida  yo’lga  qo’yish  kabilarning  huquqiy 
jihatlarini  BMTning  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  (XMT)  muvofiqlashtirib  kelmoqda.  U  1919-yilda 
tuzilgan  bo’lib,  1946-yildan  buyon  BMT  tarkibida  faoliyat  yuritmoqda.  XMT  qabul  qilgan 
konvensiyalar  va  tavsiyalar  aksariyat  mamiakatlar  qonunchiligi  va  amaliyotiga  qo’llanib 
kelinmoqda. 
XMT  o’z  faoliyatida  ijtimoiy  adolat,  inson  huquq  va  erkinliklarini  ro’yobga  chiqarish, 
insonning mehnat erkinligi, mehnat jarayonida ijtimoiy ahvolni yaxshilash, ish bilan bandlik uchun 
shart-sharoitlami  yaxshilash  masalalarini  hal  etishga  o’zining  katta  hissasini  qo’shib  kelmqda. 
Mehnatni xalqaro huquqiy muvofiqlashtirish sohasida - davlat hokimiyati organlari, tadbirkorlar va 


215 
mehnatkashlar o’rtasidagi kelishuvchilik va sheriklikni ta’minlash uchun doimiy izlanish va faoliyat 
ko’rsatish  XMTning  asosiy  maqsad  va  vazifasi  hisoblanadi.  XMT  mehnatni  muvofiqlashtirish  va 
o’zaro kelishuvlarga doir 180 ta konvensiya va 190 ta tavsiyalar qabul qilgan bo’lib, ular mehnatni, 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  kasbiy  masalami  muvofiqlashtirishga  qaratilgan.  Ana  shu  konvensiya  va 
tavsiyalarda ko’zda tutilgan mehnat me’yorlari Xalqaro mehnat kodeksini tashkil etadi. 
XMTning  muhim  konvensiyalariga  quyidagilar  kiradi:  1948-yilda  qabul  qilingan 
“Uyushmalar  erkinligi  va  uyushishga  huquqni  himoya  qilish”  (№  87)  konvensiyasida  barcha 
mehnatkashlar  va  tadbirkorlami  uyushmalar  tuzish,  hech  kimdan  ruhsat  olmasdan  ularga  kirish, 
faoliyat tartiblarini o’matishga qaratildi. Konvensiya davlat hokimiyati organlarining mehnatkashlar 
va tadbirkorlar uyushmalari faoliyatiga aralashishini ta’qiqlaydi. 
1949-yilda  qabul  qilingan  “Uyushishga  va  jamoaviy  muzokaralar  olib  borishga  huquqlar 
prinsiplarini  qo’llash  to’g’risida”  (№  98)  konvensiyasi  mehnatkashlaming  mehnat  sohasidagi 
birlasjjish  erkinligini  cheklaydigan  har  qanday  kamsituvchi  harakatlarga  qarshi  tegishli  ravishda 
himoya  qiladi.  Bunday  himoya  mehnatkash  kasaba  uyushmasi  a’zoligiga  kirmagan  yoki  undan 
chiqqan taqdirda ishga qabul qilish yoki ish joyini saqlab qolish shartlariga nisbatan, mehnatkash 
kasaba uyushmasi a’zosi ekanligi yoki kasaba uyushmasi faoliyatidagi ishtiroki sababli uni ishdan 
bo’shatish yoxud unga boshqa biror-bir ziyon yetkazishdan himoya qilishda qo’llaniladi. 
 
1978-yilda qabul qilingan “Mehnat masalalarini muvofiqlashtirish to’g’risida: uyushish, roli, 
funksiyalari” (.N°l 50) konvensiyasida XMTga a’zo davlat mehnat masalalarini muvofiqlashtirish, 
undagi  funksiyalar  va  majburiyatlarni  samarali  tashkil  etish  tizimini  yaratishi  lozim.  Bu  tizim 
doirasida  davlat  hokimiyati  organlari  zimmasiga  tadbirkorlar  bilan  mehnatkashlar  o’zaro 
muzokaralar, hamkorlik, maslahatlar berishni uyushtirish kabilami tashkil etish vazifasi yuklanadi. 
1981-yilda qabul qilingan “Jamoaviy muzokaralarga ko’maklashish to’g’risida”gi (№ 154) 
konvensiyasida  iqtisodiy  faoliyatning  barcha  tarmoqlariga  “jamoaviy  muzokaralarni  tatbiq” 
qo’llanilishi nazarda tutiladi. Bu muzokaralar, bir tomondan, tadbirkorlar, tadbirkorlar guruhlari va, 
ikkinchi  tomondan,  mehnatkashlar  bitta  yoki  bir  necha  uyushmalari  tomonidan  quyidagi 
maqsadlarda o’tkaziladi: 
-  jamoaviy  muzokaralaming  barcha  ish  beruvchilar  va  barcha  mehnatkashlar  uchun 
o’tkazish imkoniyati bo’lishi; 
- mehnat va ish bilan ta’minlanish shartlarini belgilash uchun tatbiq etish; ish beruvchilar va 
mehnatkashlar  uyushmalari  o’rtasida  kelishilgan  tartibotlar  qoidalari  ishlab  chiqilishini 
rag’batlantirish; 
-  jamoaviy  muzokaralami  olib  borish  uchun  ulami  tartibga  soluvchi  qoidalar  mavjud 
emasligi yoki to’sqinlik qilmasligi; 
-  mehnat  nizolarini  hal  etish  organlari  va  tartibotlarini  jamoaviy  muzokaralarga 
ko’maklashadigan tarzda yaratilishiga qaratish. 
Shu  tariqa,  XMTning  barcha  ijtimoiy-mehnat  masalalariga  doir  konvensiyalari  va 
tavsiyalarida  ijtimoiy  sheriklikning  mazmuni,  mexanizmlari,  huquqlari  va  subyektlari 
majbariyalariga doir qoidalar mujassamlashgan. 
Ijtimoiy sheriklik - bu ish beruvchi va ishlovchi o’rtasidagi, kasaba uyushmalari tomonidan 
nazorat  etiluvchi  o’zaro  kelishuv  jarayoni  bo’lib,  unda  umumiy  ijtimoiy  maqsadlarga  erishishda 
taraflar  manfaatlarining  uyg’unligini  ta’minlab  turuvchi  institutlar,  mexanizmlar  va  jarayonlar 
tizimidir.  Ijtimoiy  sheriklik  keng  tushuncha  bo’lib,  uning  mazmunini  turlicha  ifodalash  uchrab 
turadi.  Ijtimoiy  sheriklik  -  bu  tor  doirada  mehnat  munosabatlarini  tashkil  etishning  maxsus  turi 
hisoblanadi. Keng ma’noda esa - bu turli ijtimoiy guruhlarning (mehnatkash, ish beruvchi, kasaba 
uyushmalari,  davlat  hokimiyati  organlarining)  o’zaro  maxsus  hamkorligi  boTib,  mazkur 
hamkorlikka  qaratilgan  obyektning  qanday  bo’lishidan  qat’i  nazar,  ya’ni  nafaqat  mehnat 
munosabatlari,  balki  boshqa  sohalarda,  jumladan,  qonunchilikni  takomillashtirish,  ijtimoiy- 


216 
iqtisodiy  dasturlami  amalga  oshirish  kabilar  ham  bo’lishi,  manfaatlaming  yagona  bir  sohadagi 
mushtarakligi tushuniladi. 
 Xalqaro  mehnat  standartlari  yollanma  mehnat  tatbiq  qilinishi,  uning  shart-sharoitlari 
yaxshilanishi,  mehnatni  muhofazalash,  xodimlaming  shaxsiy  va  jamoaviy  manfaatlarini  himoya 
qilish bilan bog’liq masalalaming xalqaro shartnomalar yordamida qat’iy belgilanishini ifodalaydi. 
Bunday  qat’iy  belgilanishning  rasmiy  ifodalanishi  BMT,  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  (XMT)  , 
shuningdek, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari tomonidan qabul qilingan hujjatlarida, bundan 
tashqari, 
ularning ikki tomonlama, ba’zida uch tomonlama shartnomalarida mustahkamlangan 
me’yorlardan  iboratdir.  Ushbu  standartlardan  ayrimlari  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  eng  muhim 
standartlar sifatida baholanadi. 
Mehnat  sohasidagi  ijtimoiy  sheriklik  masalalariga  tegishli  eng  muhim  xalqaro-huquqiy 
hujjatlami  tahlil  qilib,  quyidagilarni  qayd  qilish,  shu  asosda  ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi  xalqaro 
standartlami ularning mazmun-mohiyati bo’yicha tasniflash mumkin. Ular asosan quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: 
a) xodimlar va ish beruvchilaming birlashish erkinligi to’g’risidagi standartlar (Umumjahon 
inson huquqlari Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, 
ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  pakt,  Xalqaro  mehnat  tashkilotining  87-sonli 
konvensiyasi  va  159-sonli  tavsiyanomasi).  Xususan,  ish  beruvchilar  uyushmalarining  huquqiy 
maqomi  butun  dunyoda  XMTning  “Birlashish  erkinligi  va  birlashish  huquqini  himoya  qilish 
to’g’risida”gi 87-sonIi Konvensiyasiga asoslanadi (1948-yil). 
 Konvensiya  mehnatkashlar  va  tadbirkorlaming  birlashmalar  tuzish  va  ularga  a’zo  bo’lish 
huquqini  nazarda  tutadi.  Ish  beruvchilarga  nisbatan  biror-bir  farqsiz  birlashma  tuzish  erkinligi 
tamoyili  konvensiyani  ratifikastiya  qilgan  har  bir  mamlakat  qonunchiligi  va  amaliyoti  barcha  ish 
beruvchilar uchun istisno qilinmagan va imtiyozlar nazarda tutilmagan holda teng shart-sharoitlar 
va  bunday  tashkijjatlar  tuzilishi  tartibi  belgilashini  anglatadi.  Ish  beruvchilarning  o’z  tanlovi 
bo’yicha tashkilotlar  tuzish  huquqi  87-sonli  konvensiyada  mustahkamlangan  tamoyillardan  yana 
biri  tegishlicha  birlashish  huquqining  yana  bir  unsuri  deb  e’tirof  qilinishi  kerak.  Ushbu  huquq 
tashkilot  tuzilishi  va  tarkibini  tanlash,  uning  ustavi  va  faoliyat  tartibini  ishlab  chiqish,  harakatlar 
dasturini  yaratish  (3-sonli  konvensiya),  shuningdek,  federatsiyalar  va  konfederatsiyalar  tashkil 
qilish  (5-sonli  konvensiya)  bo’yicha  vakolatlami  nazarda  tutadi.  Ish  beruvchilar  amaldagi 
tashkilotlarga ularning ustaviga bo’ysunish yagona sharti bilan a’zo bo’lish huquqiga ham egadirlar 
(2-sonli konvensiya) ; 
b)  korxonalarda  mehnatkashlar  vakillari  huquqlari  standartlari  (XMTning  135-sonli 
konvenstiyasi, 143-sonli  tavsiyanomasi).  “Korxonalarda  mehnatkashlar  vakillari  huquqlarini 
himoya  qilish  va  ularga  beriladigan  imkoniyatlar  to’g’risida”gi  135-sonli  konvenstiyada  va 
“Korxonalarda  mehnatkashlar  vakillari  huquqlarini  himoya  qilish  va  ularga  beriladigan 
imkoniyatlar  to’g’risida”gi  143-sonli  tavsiyanomada  mehnatkashlar  vakillari  tushunchasi  belgilab 
berilgan,  ularning  e’tirof  qilinadigan  turlari  ko’rsatilgan,  ular  uchun  zamr  huquqlar  va  faoliyat 
imkoniyatlari,  ushbu  huquqlar  va  imkoniyatlami  himoya  qilish  bo’yicha  chora-tadbirlar 
mustahkamlangan; 
c) jamoa muzokaralariga doir huquqlar standartlari (XMTning 98-, 154-sonli konvensiyalari, 
XMTning 91-, 163-sonli tavsiyanomalari). Xususan, “Jamoa muzokaralarini tashkil etish va yuritish 
huquqi  tamoyillarini  qo’llash  to’g’risida”gi  98-sonli  Konvensiyaning  4-  moddasida  mazkur 
konvensiyani  ratifikatsiya  qilgan  mamlakat  jamoaviy  muzokaralami  rivojlantirish  uchun  chora-
tadbirlar  ko’rishini  nazarda  tutadi.  “Jamoa  shartnomalari  to’g’risida”gi  91-sonli  tavsiyanoma 
mehnat  munosabatlarini  tartibga  solishda  jamoa  shartnomalari  va  bitimlari  muhim  o’rin  egallashi 
uchun  shart-sharoitlar  yaratishga  qaratilgan.  “Jamoa  muzokaralariga  ko’maklashish  to’g’risida”gi 
154-sonIi konvensiya va u bilan bog’liq mehnat shart- sharoitlarini, bandlik hamda xodimlar va ish 


217 
beruvchilar  tashkilotlari  o’rtasidagi  munosabatlarini  belgilashga  bag’ishlangan  163-sonli 
tavsiyanoma ijtimoiy muloqotning huquqiy ta’minotida muhim rol o’ynaydi; 
d) ijtimoiy sheriklik sohasidagi standartlar (XMTning 144-sonli konvensiyasi, 94, 113, 129, 
152-sonli tavsiyanomalari). Masalan, “Korxona darajasida ish beruvchilar va xodimlar o’rtasidagi 
konsultatsiyalar  va  hamkorlik  to’g’risida”gi  94-sonli  tavsiyanoma  ish  beruvchilar  va  xodimlar 
o’rtasida  umumiy  manfaatlami  ifodalaydigan  masalalar  bo’yicha  konsultatsiyalar  va  hamkorlik 
tizimi  yoTga  qo’yilishini  belgilab  beradi.  Ijtimoiy  sheriklik  -  bu  nafaqat  jamoa  shartnomalarini 
tuzish  maqsadidagi  muzokaralar,  balki  turli  darajalardagi  doimiy  jarayondan  iboratdir.  “Davlat 
hokimiyati  organlari  hamda  ish  beruvchilar  va  xodimlar  tashkilotlari  o’rtasida  tarmoq  va  milliy 
miqyosdagi  maslahatlashuvlar  va  hamkorlik  to’g’risida”gi  113-  sonli  tavsiyanoma  bunday 
maslahatlashuvlar va hamkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va 
turmush darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilishi kerakligini belgilab beradi. 
Xorijiy  davlatlaming  bu  yo’nalishdagi  amaliyotga  misol  keltiradigan  bo’lsak,  ijtimoiy 
sheriklikning  dastlabki  huquqiy  asoslari  Belgiyada  1948-yilda,  Germaniyada  1952-yilda, 
Avstriyada  1957-yilda,  Fransiyada  1958-yilda  va  Shimoliy  Yevropa  davlatlarida  XX  asming  70-
yillarida  shakllanib,  ular  mazkur  davlatlaming  konstitutsiya  va  qonunlarida  ifodalandi.  Ijtimoiy 
sheriklik munosabatlarining taraflari bo’lib, asosan, ish bemvchi, xodim (ishlovchi) va davlat organi 
hisoblanadi.  Ko’pincha,  ijtimoiy  sheriklik  jarayonida  uch  tomon  ishtirok  etgani  uchun  ma’joziy 
ma’noda  u  “uch  partiyaviylik”  (“tripartizm”)  ham  deyiladi.  Ijtimoiy  sheriklik  uchta  darajada  - 
milliy, tarmoqlararo va korxonalar darajasida amalga oshiriladi. 
Industrial mamlakatlarda ijtimoiy sheriklik turli  ko’rinishlarda namoyon  bo’ladi. Xususan, 
bunda  korporativ  tizim  maxsus  organ(institut)  ,  jarayonlar  va  mexanizmlardan  foydalanishni 
nazarda  tutadi.  Bu  kabi  amaliyot  Avstriya,  Shvetsiya,  Yaponiya,  Germaniya,  Shveytsariya, 
Niderlandiyada  keng  tarqaldi.  Masalan,  Avstriyada  ijtimoiy  sheriklik  ham  umummilliy,  ham 
tarmoqlararo darajada keng tizimli maslahat kengashlari va qo’mitalari vositasida amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy  sheriklikning  maxsus  institutlari  mavjud  bo’lmagan  davlatlarda  plyuralistik  tizim  amal 
qiladi (Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada). Bu yerda qarama-qarshi manfaatlaming kelishuvi oddiy 
siyosiy  jarayon  (partiya,  parlament,  kasaba  uyushmalari)  orqali  butun  jamiyat  darajasida,  xodim 
bilan ish beruvchi o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish esa alohida korxonalar darajasida amalga 
oshiriladi. 
XX  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  Yevropa  mamlakatlarining  bu  sohadagi  samarali 
harakati  natijasida  ularning  aksariyatida  tadbirkorlar,  kasaba  uyushmalari  va  davlat  tashkilotlari 
vakillaridan  iborat  bo’lgan  milliy  ijtimoiy-iqtisodiy  kengashlar  tuzildi.  Jumladan,  Italiyada  1947-
yilda Iqtisodiy va mehnat milliy kengashi, Belgiyada 1948-yilda Markaziy iqtisodiy kengash, 1952-
yilda esa Mehnat bo’yicha milliy kengash, Niderlandiyada 1950-yilda 
Iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengash,  keyinchalik  esa  Mehnat  muammolari  bo’yicha  kengashlar 
tashkil topgan. Fransiyada 1958-yildan, Buyuk Britaniyada esa 1962-yildan hozirga qadar Iqtisodiy 
va ijtimoiy kengashlar faoliyat yuritib kelmoqda. 
Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining (1958-yil 4-oktabrdagi) XI bo’limida (69, 70- va 
71-moddalar)  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengashning  konstitutsiyaviy  huquqiy  maqomi  belgilangan 
bo’lib,  unga  binoan,  Kengashga  hukumatning  so’roviga  asosan  qonun  loyihalariga,  ordonans 
(qonun  kuchiga  ega  bo’lgan  va  Parlament  ruhsati  bilan  hukumat  tomonidan  tasdiqlanadigan 
hujjatlar) va direktivalar, qonunchilik takliflari yuzasidan xulosa berishi, 
Parlament  palatalarida  unga  taqdim  etilgan  qonun  loyihalari  va  qonunchilik  takliflari 
yuzasidan xulosani eshittirish maqsadida o’z a’zosini tayinlashi, iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi 
istalgan  muammolar  yuzasidan  hukumatga  maslahatlar  berishiga  doir  huquqiy  asoslar 
mujassamlashgan. 


218 
Fransiya amaliyo’lida ijtimoiy sheriklikka doir yana bir jihatni ko’rish mumkin: 2004-yildan 
boshlab  respublikada  ijtimoiy  qonunlarni  qabul  qilish  yuzasidan  qonunchilik  tashabbusi  ijtimoiy 
sheriklaming  dastlabki  muhokamasisiz  amalga  oshirilmaydi.  Bu  holat  mamlakatda  yuz  berishi 
mumkin bo’lgan ko’plab “siyosiy to’lqinlar”ning oldini olishga sabab bo’ldi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish