Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


Ish beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Ish beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart: 


220 
-  xodimlar  vakillik  organlarining  huquqlariga  rioya  qilish,  ularning  faoliyatiga 
ko’maklashish; 
-  xodimlarning  manfaatlariga  taalluqli  qarorlar  qabul  qilishdan  oldin  ularning  vakillik 
organlari  bilan  maslahatlashish,  mehnat  to’g’risidagi  qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlarda 
ko’rsatilgan hollarda esa ularning roziligini olish; 
-xodimlar  vakillik  organlarining  takliflarini  o’z  vaqtida  ko’rib  chiqish  va  qabul  qilingan 
qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish; 
-xodimlarning  vakillik  organlari  a’zolarini  korxonaga,  manfaatlari  ifoda  etilayotgan 
xodimlaming ish joylariga moneliksiz qo’yish; 
-xodimlarning  vakillik  organlariga  mehnat,  korxona  faoliyati  masalalariga  va  boshqa 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish; 
-xodimlarning  vakillik  organlariga  o’z  vazifalarini  bajarishlari  uchun  zarur  sharoit  yaratib 
berish; 
-xodimlarning  vakillik  organlariga  nisbatan  mehnat  to’g’risidagi  qonunlar  va  boshqa 
normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 
Shuningdek, ish beruvchilaming ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishda adolat prinsiplariga 
amal  qilishi  uchun  Mehnat  kodeksining  "Ish  beruvchilarning  vakillik  organlari”  nomli  28-
moddasida quyidagi me’yor kiritilgan: 
“Ish  bcruvchilar  uyushmalarga,  assotsiatsiyalarga  va  boshqa  jamoat  birlashmalariga 
birlashishga haqlidir. Ish beruvchilaming jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida 
tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish 
va  samaradorligini  oshirish,  shuningdek,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarida,  kasaba 
uyushmalari va xodimlaming boshqa vakillik organlari bilan o’zaro munosabatlarda korxonalar va 
ular  mulkdorlarining  manfaatlarini  ifoda  etish  yo’li  bilan  ijtimoiy  sheriklikni  amalga  oshirish, 
xo’jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir”. 
O’zbekistonda  mustaqillik  davrida  huquqiy  davlat  va  inson  hamda  uning  manfaatlari  oliy 
qadriyat deb tan olinadigan fuqarolik jamiyatini barpo etishda ijtimoiy sheriklikni jamiyat instituti 
sifatida  rivojlantirishga  muhim  e’tibor  berildi.  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlami  yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”da  (2010-yil  12-noyabr) 
fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirish,  o’tkazilayotgan  islohotlaming  ochiq-oshkoraligi 
hamda  samaradorligini  ta’minlash  va  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  rolini  kuchaytirishda 
“Ijtimoiy  sheriklik  to’g’risida”gi  Qonunning  qabul  qilinishi  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  alohida 
ta’kidlandi.  Mazkur  Qonunning  qabul  qilinishi  mamlakatimizda  tobora  rivojlanib  borayotgan 
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirish uchun yanada keng imkoniyatlaming huquqiy 
negizini  yaratishiga  muhim  ahamiyat  qaratildi.  Ta’kidlash  zamrki,  ijtimoiy  sheriklik  ijtimoiy 
konsensusga  erishishga  yo’naltirilgan  bo’lib,  jamiyatning  barqarorligi,  rivojlanishi,  samarali 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash imkonini beradi. 
Konsepsiyada  davlatimiz  rahbari  tomonidan  ushbu  Qonunda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
dasturlarini  amalga  oshirish,  gumanitar  muammolami  hal  qilish,  mamlakatimiz  aholisi  turli 
qatlamlarining  huquq  va  erkinliklari,  manfaatlarini  himoyalashda  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarining  davlat  tuzilmalari  bilan  o’zaro  munosabatlaridagi  aniq  chegaralarni  belgilash  va 
tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarii  takomillashtirish  kabi  masalalar  bo’yicha  huquqiy  normalar 
ko’zda tutilishi darkorligi aniq va ravshan ko’rsatib berildi. 
Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy 
Majlis Senati senatorlari, Adliya vazirligi, Toshkent Davlat  yuridik instituti olimlari, O’zbekiston 
kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  kengashi  mutaxassislaridan  tarkib  topgan  ekspert  gumhi 
tomonidan,  avvalo,  mavjud  qonunchilikni  o’rganish,  ijtimoiy  sheriklik  tamoyillarini  amalga 


221 
oshirishga  to’sqinlik  qiluvchi  holatlami  aniqlash,  ijtimoiy  sheriklik  sohasidagi  huquqiy  amaliyot 
tajribasi tahlili yo’nalishlaridagi ishlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, ijtimoiy sheriklik sohasida umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlarini 
tahlil etish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy qonunchilikni qonunchilik asoslariga binoan tartibga 
solish  tajribasi  o’rganildi.  Ijtimoiy  sheriklik  yo’nalishida  xorij  tajribasini  o’rganish  natijalari 
dunyoning  ko’pgina  mamlakatlari,  xususan,  Belgiya,  Gerrmaniya,  Fransiya,  Avstriya,  AQSH  va 
boshqa  davlatlarda,  XMT  konvensiyalarida  ijtimoiy  sheriklik  tizimining  unumli  ishlashi  uchun 
yaratilgan me’yoriy baza yangi qonun loyihasi uchun asos qilib olindi. 
O’zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonuni loyihasida nodavlat 
notijorat tashkilotlari takliflariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur Qonun loyihasining O’zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunchiligiga,  shuningdek,  qonunchilik  texnikasi  qoidalariga 
muvofiqligi  o’rganilib,  huquqiy  ekspertiza  o’tkazildi.  Shuningdek,  Qonun  loyihasining 
Konsepsiyasi ishlab chiqildi. 
Mazkur  Qonun  loyihasi  va  Konsepsiyasi  muhokamasiga  bag’ishlangan  davra  suhbatlarida 
jamoatchilikning  keng  ishtirokini  ta’minlash  maqsadida  respublikamizning  barcha  hududlarida 
fuqarolik  jamiyati  institutlari,  boshqaruv  va  ijro  hokimiyati  organlari,  notiavlat  notijoral 
tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  ishtirokida  2  bosqichdan  iborat  muhokama 
majlislari  o’tkazilib,  ularda  jami  1,5  ming  nalnrdim  ortiq  luqarolar,  50  dan  ziyod  yo’nalishlarda 
faoliyat ko’rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 
Majlislar  doirasida  o’tkazilgan  ijtimoiy  so’rov  natijasida  nodavlat  notijorat  tashkilotlar, 
davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy sheriklik darajasi o’rganildi. 
Shuningdek,  mazkur  qonun  loyihasini  yanada  takomillashtirish  bo’yicha  takliflar  to’plandi. 
O’tkazilgan muhokama  majlislari va ijtimoiy so’rov natijasida Qonun loyihasini takomillashtirish 
bo’yicha 200 dan ziyod takliflar olindi. Mazkur takliflardan kelib chiqqan holda Qonun loyihasiga 
qo’shimcha  hamda  o’zgartirishlar  kiritilib,  “Mamlakatda  demokratik  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”ni  fuqarolik  jamiyati 
institutlarini  shakllantirish  va  rivojlantirish  sohasida  amalga  oshirish  bo’yicha  me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar loyihalarini tayyorlash Komissiyasiga ko’rib chiqish uchun taqdim etildi. 
Ma’lumki, kasaba uyushmalari faoliyatining asosini ijtimoiy sheriklik tamoyillarini hayotga 
tatbiq etish tashkil etadi. Chunki xodimlaming ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi 
huquqlarini himoyalash, mehnat muhofazasi ishlarining samaradorligi aynan ijtimoiy sheriklikning 
amalda qay darajada o’z ifodasini topayotganiga bog’liqdir. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  O’zbekiston  kasaba  uyushmalari 
Federatsiyasi  kengashi,  O’zbekiston  Savdo-sanoat  palatasi  o’rtasida  2011—2013-yillar  uchun 
imzolangan  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalarga  oid  Bosh  kelishuvda  ijtimoiy  mas’uliyatni  davlat,  ish 
beruvchilar va xodimlar o’rtasida bundan buyon ham taqsimlab borish tan olingan. Xodimlar va ish 
beruvchilarning  mehnatga  oid  huquqlari,  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari  himoyasini  ta’minlash, 
jamiyatda  ijtimoiy  totuvlik  va  barqarorlikni  saqlab  turishda  amaliy  hamkorlikni  yo’lga  qo’yish 
uchun  ijtimoiy  sheriklik  tamoyillari  amalga  oshirilishi  aks  etgan.  Ijtimoiy-iqtisodiy  masalalar 
xususida  kelishib  siyosat  olib  borishning  umumiy  tamoyillarini  belgilab  beruvchi  mazkur  Bosh 
kelishuvda Taraflar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha majburiyatlar olganlar: 
- iqtisodiyotni, mamlakatda ishlab chiqarish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish; 
- mehnatga haq to’lash, daromadlar va turmush darajasi; 
- mehnat bozorini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish; 
- mehnat muhofazasi va xavfsizligi; 
- ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy himoya; 
-  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar,  jismoniy  tarbiyani  ommalashtirish  ishlari,  mehnatkashlar  va 
ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish; 


222 
- Ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish. 
Bu yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar monitoringini olib borish maqsadida tashkil etilgan 
uch tomonlama komissiya tomonidan olingan majburiyatlaming tahlili o’tkazilib, kelgusidagi ishlar 
belgilab boriladi. 
2011-2013-yillarda ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshirilishi maqsad qilingan mazkur 
yo’nalishdagi  majburiyatlardan  kelib  chiqadigan  tadbirlaming  joylarda  jamoa  shartnomalari  va 
kelishuvlari vositasida amalga oshirilishiga kasaba uyushmalari tomonidan alohida e’tibor qaratildi. 
Xususan,  amal  qilayotgan  14  ta  hududiy,  81  ta  tarmoq  kelishuvlari,  bevosita  korxonalarda 
imzolangan  115  mingdan  ziyod  jamoa  shartnomalari  orqali  6  mln.  nafardan  ziyod  xodimning 
manfaatlarining  himoyalaniishi  jarayonlarida  kasaba  uyushmalari  faol  ishtirok  etdi.  Jamoa 
shartnomalari  va  kelishuvlari  orqali  mehnatkashlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari  himoyasi 
kuchaytirilib,  moddiy  va  ma’naviy  qo’llab-quvvatlash  imkoniyatlaridan  keng  foydalanilmoqda. 
Ayollar uchun qo’shimcha ta’tillar olish, ish beruvchilar hisobidan homiladorlik va tug’ish ta’tillari 
bo’yicha uzaytilrilgan ta’tillardan  
foydalanish,  2  yoshdan  3  yoshgacha  bola  parvarishi  ta’tilida  bo’lgan  onalarning  moddiy 
yordam olishlari kabi imkoniyatlar yaratildi. 
Ayniqsa,  bu  borada  nodavlat  sektoridagi  korxona  va  tashkilotlarda  jnmoa  shartnomalari 
tuzilishiga  erishish  masalasi  Federatsiya  kengashining  doimiy  diqqat  markazida  bo’ldi.  Natijada 
yuqorida  qayd  etib  o’tilgan  imtiyozlardan  jamoa  shartnomalari  va  kelishuvlari  orqali  nodavlat 
sektorida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlaming ham bahramand bo’lishiga erishildi. 
Ijtimoiy  sheriklik  samarasining  amaldagi  yana  bir  yorqin  ifodasini  korxona,  tashkilot  va 
muassasalarda  o’tkazilgan  jamoa  shartnomalari  bajarilishiga  bag’ishlangan  muhokamalarda 
namoyon  bo’ldi.  Bu  kabi  muhokamalar  jarayonida  bevosita  ijtimoiy  sheriklar  -  ish  beruvchi  va 
kasaba  uyushma  qo’mitasi  xodimlaming  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari  hamda  mehnat  huquqlari 
himoyasi,  mehnat  muhofazasi,  sog’lomlashtirish,  madaniy-ma’rifiy  va  sport  tadbirlari  kabi 
yo’nalishlar  bo’yicha  imtiyoz  va  qulayliklaming  amaldagi  ijrosi  to’g’risida  hisobot  berib  borishi 
an’anaga  aylandi.  Bu  orqali  korxona  va  tashkilotlar,  ulurdagi  kasaba  uyushma  qo’mitalari 
faoliyatining ochiq-oshkoraligi lham ta’minlanishiga erishila boshlandi. 
Kasaba  uyushmalarining  mehnatkashlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlari  va  mehnat 
sohasidagi  huquqlari  himoyasi,  mehnat  muhofazasi,  sog’lomlashtirish,  madaniy-ma’rifiy  va  sport 
yo’nalishidagi ishlarida ijtimoiy sheriklik imkoniyatlaridan unumli foydalanishning aniq va tizimli 
mexanizmini yo’lga qo’yish maqsadida Federatsiya kengashi tomonidan tegishli davlat va jamoat 
tashkilotlari bilan  yillik chora-tadbirlami ishlab chiqish va ikki taraflama  qabul qilish amaliyotini 
joriy  etdi.  O’zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  kengashi  tomonidan  Sog’liqni  saqlash 
vazirligi  bilan  hamkorlikda  qabul  qilingan  “Mamlakatimizda  xotin-qizlar  salomatiigini 
mustahkamlash,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish,  tibbiy  madaniyat  targ’ibo’lini  kuchaytirish 
yuzasidan  2011-2012-yillarda  amalga  oshiriladigan  qo’shma  tadbirlar  dasturi”  shular  jumlasiga 
kiradi. 
Mazkur dastur doirasida kasaba uyushmalari tizimida mavjud sanatoriylarda fertil yoshidagi 
ayollaming  reproduktiv  salomatligini  mustahkamlash  ishlari  boshlandi.  Xususan,  Toshkent 
viloyatida  joylashgan  “Umid  gulshani”  sanatoriysida  70  nafar  tug’ish  yoshidagi  ayollar  imtiyozli 
ravishda sog’lomlashtirildi. Ular “sog’lom ona - sog’lom bola” tamoyili asosida chuqurlashtirilgan 
kompleks  tibbiy  ko’rikdan  o’tkazildi.  Malakali  shifokorlar  tomonidan  qo’yilgan  aniq  tashxislarga 
muvofiq fizioterapiya, yod-brom tarkibiga ega bo’lgan ma’danli suvlar, davolash jismoniy tarbiyasi 
kabi shifo usullarini o’z ichiga olgan muolajalar o’tkazildi. sog’lomlashtirish jarayonida reproduktiv 
salomatlikni  mustahkamlash  va  sog’lom  oilani  shakllantirish,  sog’lom  farzandlar  dunyoga  kelishi 
va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo’nalishidagi ishlar samarasini oshirish maqsadida kasaba 
uyushmalari  tomonidan  Respublika  aholi  reproduktiv  salomatligi  markazi,  Salomatlik  va  tibbiy 


223 
statistika instituti bilan hamkorlikda “Ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida reproduktiv salomatlikni 
mustahkamlash” mavzusida seminar tashkil etildi. 
Ijtimoiy  sheriklikka  asoslangan  yana  bir  hujjat  -  O’zbekiston  kasaba  uyushmalari 
Federatsiyasi  kengashi  hamda  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  tomonidan 
imzolangan  2011-2012-  yillar  uchun  qo’shma  tadbirlar  rejasi  asosida  joylarda  hududiy  kasaba 
uyushmalari  tashkilotlari  birlashmalari,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  bosh 
boshqarmalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlari yaratilayotgan yangi ish o’rinlarida mehnat 
qilayotgan  fuqarolarning  mehnat  va  mehnat  muhofazasiga  oid  huquqlari,  ular  uchun  belgilangan 
qo’shimcha  kafolatlar,  mehnat  va  dam  olish  sharoitlari  ta’minlanganligi  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda o’rganilib, bu borada aniqlangan kamchiliklami bartaraf etish yuzasidan zamr 
chora-tadbirlar ko’rildi. Shuningdek, korxona va tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish holati 
ustidan belgilangan tartibda davlat va jamoat nazorati amalga oshirilishiga doir qator chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
Mamlakatda  yoshlarni  ish  bilan  ta’minlash,  ularning  jamiyatda  o’z  o’rinlarini  topishlari 
borasida  olib  borilayotgan  sa’y-harakatlarda  kasaba  uyushmalarining  munosib  hissasini  qo’shish 
maqsadida  joylarda  o’rta-  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  Markazlari  bilan  hamkorlikda  kasb-hunar 
kollejlari bitiruvchilarini tegishli korxona va tashkilotlarga “Ustoz- shogird” yo’nalishida biriktirish 
orqali  ularning  bandligini  ta’minlash  ishlari  amalga  oshirildi.  Jumladan,  ta’lim  va  fan  tarmog’i 
bo’yicha 1183 ta kasb-hunar kollejida o’quvchilar “Ustoz-shogird” tizimi asosida 3485 ta korxona 
va  tashkilotga  biriktirildi.  Ular  bilan  kasaba  uyushma  tashkilotlari  ishtirokida  hamkorlik 
shartnomalari tuzilgan. Natijada 363 ming nafardan ziyod o’quvchi amaliyotni yirik ishlab chiqarish 
korxona va tashkilotlarida o’tkazishi asnosida 176 ming nafarga  yaqin bitiruvchining bo’lajak ish 
joyi  belgilandi.  Aloqa  xodimlari  tarmog’i  yo’nalishida  Aloqa  kasb-hunar  kolleji  hamda  Axborot 
texnologiyalar kolleji bitiruvchilari “Toshkent shahar telefon tarmog’i”, “Toshkent telefon tarmog’i 
stansiyasi”,  “Toshkent  pochtampti”,  “Shaharlararo  uloqa  korxonasi”da  “Ustoz-shogird”  tizimi 
asosida  amaliyot  o’tashi  bilan  birgalikda  ularning  asosiy  qismi  mazkur  korxonalarga  ishga  qabul 
qilinishi yuzasidan kelishuvga erishildi. 
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan Xalq ta’limi, Madaniyat 
va sport ishlari vazirliklari, O’zbekiston Xotin- qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, 
faxriylami  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash  “Nuroniy”  jamg’armasi,  Iste’molchilar  huquqlarini  himoya 
qilish  jamiyatlari  Federatsiyasi  kengashi  bilan  ishlab  chiqilgan  qo’shma  tadbirlar  dasturlari  ham 
ijtimoiy  sheriklik  imkoniyatlaridan  kcng  foydalangan  holda  faoliyat  samaradorligini  oshirishga 
qaratildi. 
O’zbekistonda  ijtimoiy  sheriklikni  rivojlantirishda  noSavlat  notijorat  tashkilotlari  faol 
ishtirok  eta  boshladi.  2014-yilning  sentabr  oyiga  kelib  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  (NNT) 
yigirmaga.yaqin sohani qamrab olib, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat 
siyosatini  amalga  oshirish,  sportni  ommalashtirish,  imkoniyati  cheklangan  shaxslami  qo’llab-
quvvatlash,  ayollaming  oila  vn  jamiyatdagi  mavqeini  yuksaltirish  kabi  yo’nalishlarda  sapiarali 
natijalarga  erishdi.  2014-yilning  birinchi  yarmida  faqat  Toshkent  viloyatining  o’zida  NNT  davlat 
tashkilotlari  bilan  hamkorlikda  1200  dan  ziyod  ma’naviy-ma’rifiy  va  madaniy  tadbirlar  o’tkazdi. 
“sog’lom  bola  yili”  Davlat  dasturi  doirasidagi  ushbu  tadbirlarga  27  mingdan  ziyod  aholi  qamrab 
olindi  va  ularning  asosiy  qismini  yoshlar  tashkil  etdi.  Masalan,  “Mehr-shafqat  va  salomatlik” 
jamoat fondi bilan hamkorlikda “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostida uyushtirilgan xayriya 
tadbirlarida boquvchisini yo’qotgan, kam ta’minlangan, nogiron hamda ota-onasiz yuzlab bolalarga 
xayriya himoyalari ko’rsatildi. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatda ijtimoiy sheriklik munosabatlarining huquqiy asoslari va 
amaliyo’li  fuqarolik  jamiyati  qurishning  strategik  maqsad  ekanligidan  kelib  chiqildi.  Bu  sohani 
isloh  etishda  asosan  BMT,  XMT  va  boshqa  mehnat  munosabatlariga  doir  xalqaro  tashkilotlar 


224 
hamda milliy an’analar uyg’unligiga amal qilindi. Mamlakatimizda bu sohaga doir islohotlar o’tish 
davriga  to’g’ri  kelganligi  uchun  ijtimoiy  sheriklik  munosabatlari  asosan  aholini  ijtimoiy  himoya 
qilish  va  ish  bilan  bandlik  muammolarini  hal  etishga  qaratildi.  So’nggi  ikki  yil  ichida  ijtimoiy 
sheriklik  sohasidagi  islohotlarga  jamiyat  va  davlatni  isloh  etishning  muhim  jihati  sifatida 
yondashilgani uchun o’zining samarali natijalarini qisqa fursat ichida namoyon qila boshladi. 
 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish