Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


Yevropa Ittifoqida (YI) esa jamoatchilik nazoratining to’rtta asosiy shakli keng



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Yevropa Ittifoqida (YI) esa jamoatchilik nazoratining to’rtta asosiy shakli keng 
tarqaldi: 
1.  Jamoat  birlashmalari,  ittifoqlari  kabilardan  jamoatchilik  fikriga  doir  so’rovnomalarga 
javoblar,  petitsiyalarga  imzo  to’plash,  turli  takliflar  olish.  Masalan,  2012-yil  may  oyidan  buyon 
“Yevropa fuqarolik tashabbusi” (“The European Citizens Initiative”) faoliyat yuritadi. U Yevropa 
Komissiyasiga  ko’rib  chiqish  uchun  tashkiliy  va  huquqiy  takliflarga  asoslangan  petitsiyalami 
yuboradi. Bunda quyidagi shartga amal qilinadi: yuboriladigan petitsiyani YI davlatlarining kamida 
to’rtdan  bir  qismida  yashaydigan  bir  million  kishi  qo’llab-quvvatlashi  talab  etiladi.  Petitsiya 
fuqarolar  tomonidan  qo’llab-quvvatlanib  yuborilganidan  keyin  Yevropa  Komissiyasi  uni  qabul 
qiladi  yoki  rad  etadi.  Hozirgi  davrga  qadar  qabul  qilingan  petitsiyalaming  soni  rad  etilganiga 
qaraganda  ko’proqni  tashkil  etmoqda.  So’nggi  marta  bir  milliondan  ortiq  fuqarolarning  qo’llab-
quvvatlashiga  2013-yil  mart  oyida  erishildi:  bunda  “Suv  olishga  huquq”  petitsiyasida  suv  bilan 
kanalizatsiyaga ega boTishni inson huquqlari qatoriga kiritish talab etilgan. 
2.  Jamoatchilik  maslahatlari  -  ularda,  asosan,  hukumat  yoki  munitsipal  organlarining 
loyihalari  sharhlanadi  va  baholanadi.  Ular  ham  mansabdorlar,  ham  fuqarolar  -  ya’ni  o’z  fikrlari 
e’tirof  etilishini  xohlovchilar  tomonidan  ham  chaqirilishi  va  o’tkazilishi  mumkin.  Jamoatchilik 
masalahatlari  barcha  manfaatdor  tomonlaming  ochiq  ijtimoiy  uchrashuvlarida,  jamoatchilik 
vakillari ishtirokida, yopiq holda va bayonnomalar ko’rinishida yoki Intemet vositasida o’tkaziladi. 


201 
Buning  o’ziga  xos  hususiyatlari  -  bu  muhokamalar  vaqtining  chegaralanganligi,  ya’ni  ulami 
muayyan qaror qabul qilish sanasiga muvofiqlashtirilishi hisoblanadi. 
3. Keyingi o’n yilliklarda G’arb siyosiy munosabatlar va boshqaruv faoliyatida Internetda 
kollaboratsiya (vaziyatli hamkorlik harakatlari) deb ataladigan jamoatchilik nazoratlarini o’tkazish 
rusumga kirdi. Bir-biriga begona fuqarolar turli qarorlar va baholashlami muhokama qiladi, so’ngra 
ulami taklif qiladi. Kollaboratsiyalar axborotlardan foydalanadigan o’zgalarga nisbatan ochiqlikni 
talab qilishi bilan bir qatorda jamoaviy murosasoz qarorlar qabul qilishni ko’zda tutmaydi, balki u 
ko’pchilik bilan bir qarorga erishishda har bir ishtirokchining xususiy axborotiga muhim ahamiyat 
qaratadi. 
Kollaboratsiya  tizimli  nazorat  sifatida  muayyan  shart-sharoitlarni  talab  etadi:  zaruriy 
xabardorlik  va  ahamiyat  kasb  etadigan  motivatsiyalarga  ega  bo’lgan  faollaming  (ular  ochilikni 
tashkil etishi mumkin) jamoaviy zakovotli ichidan yutib chiqishi va muhokamalaming ochiq tarzda 
bo’lishi. Kollaboratsiya to’g’ridan to’g’ri davlat ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda 
ishtirok etishning o’rnini bosa olmasa-da, jamiyatda paydo bo’lgan muammoning yechimining eng 
yaxshi  muqobilini  topishi  bilan  jamoatchilik  nazorati  funksiyasini  bajaradi.  Uning  ustun  tomoni 
shundaki, u har qanday turdagi va mazmundagi muammoning yechimini topishga qoilash mumkin, 
uni  Intemet  vositasida,  ya’ni  qulay  tarzda  o’tkaziladi,  o’zining  jo’shqinligi  va  keskinligi  bilan 
boshqa  nazorat  shakllaridan  ajralib  turadi.  Kollaboratsiya  mutaxassislaming  cheklanmagan  sonini 
o’zida  birlashtirib,  muammolaming  yechimlarini  oddiylashtiradi,  samarali  bo’lishini  ta’minlaydi, 
uni moliyalashtirshga hojat qolmaydi. U davlat hokimiyati organlariga yordamlashishdan tashqari, 
fuqarolarni jamiyatdagi muammolami ko’tarishga va hal etishga safarbar etadi. 
4.  Munozara  maydonlari  va  anjumanlar  (forumlar,  konferensiyalar,  tuqarolik  jyurilar  va 
boshqalar)  jamoatchilik  vakillari,  ekspertlar  va  mansabdorlaming  turli  siyosiy  masalalar  bo’yicha 
birgalikda  qarorlar  qabul  qilishini  ta’mnlaydi.  Unga  misol  tariqasida  “Your  voice  in  Europe” 
resursini  keltirish  mumkin.  U  YI  siyosatini  shakllantirishda  qanday  tarzda  ishtirok  etishni  o’zida 
ifodalaydi.  G’arbiy  Yevropada  ijtimoiy  muhokamalaming  rivojlanib  borishi  shuni  ko’rsatadiki, 
ularning  yordamida  qarorlami  qabul  qilinishi,  dalillash  darajasi  oshib  bormoqda,  jamiyat  uchun 
keraksiz loyihalar rad etilmoqda. 
5.  Ijtimoiy  tarmoqlar  orqali  davlat  hokimiyatining  turli  idoralari  va  nodavlat  tashkilotlar 
o’zaro  interfaol  muloqo’llar.  Unga  misol  tariqasida  Atrof-muhitni  nazorat  qilish  va  axborot 
bo’yicha Yevropa tarmog’I faoliyatini keltirish mumkin. Unda hamkorlar sifatida 39 ta davlatning 
okspcrtlari, 300 ta atrof-muhitni himoyalash milliy agentliklari, alohida olingan fuqarolar ishtirok 
etadi.  Bu  muloqotlarda  asosan  ekologik  muammolar  aniqlanadi,  ularning  yechimlariga  doir 
muhokamalar  amalga  oshiriladi,  nazorat  tunksiyalarini  bajaruvchi  hujjatlar  qabul  qilinadi.  6.  Bir 
qancha rivojlangan davlatlarda davlat hokimiyati organlari huzurida ijtimoiy kengashlar faoliyatlari 
institutlashmoqda. Bunga Rossiya Jamoatchilik palatasini misol keltirish mumkin. Unga o’xshash 
tashkilotlar  l-’ransiyada  turli  kasbiy  guruhlar  vakillaridan  iborat  bo’lgan  Ijtimoiy  va  iqtisodiy 
kengash,  Nilerlandiya  Qirolligi,  Avstriya,  O’zbekiston  kabi  davlatlarda  faoliyat  yuritayotgan 
Nodavlat  notijorat  tashkiiotlami  qo’Ilab-  quvvatlash  jamg’armasi  kabilar  jamoatchilik  nazorati 
samarasini  oshirishga  qaratilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Jamoatchilik  nazoratining  yana  bir 
ta’sirchan shakli jurnalist tekshiruvi hisoblanadi. Bu shakl AQSHda avj olgan. 
XIX  asr  oxiri  -  XX  asr  boshlarida  AQSH  va  G’arbiy  Yevropaning  rivojlangan 
mamlakatlarida  hokimiyat  organlari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazorati  o’rnatila  boshlandi. 
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish usullari deganda fuqarolarning hokimiyat faoliyati ustidan 
o’z nazoratlarini amalga oshirishda qo’llaydigan xatti-harakatlari yoki harakatlar tizimini tushunish 
lozim.  Jamoatchilik  nazorati  ikkita  asosiy  usul  bilan  -  1)  fuqarolar  irodasining  to’g’ridan  to’g’ri 
(bevosita) talabi bilan; 2) fuqarolarning topshirig’iga asoslangan - bilvosita (vakolatli) tarzda xatti-
harakat qiladigan, ular saylagan idoralar vositasida amalga oshiriladigan  usullar bilan o’tkaziladi. 


202 
Bunda  jamoatchilik  nazoratining  u  yoki  bu  usulining  bir-biridan  ustuvorligi  to’g’risida  masala 
qo’yishning hojati yo’q, chunki bu ikki usulning o’z maqsadlari va vazifalarini amal oshirishining 
ahamiyati keng tarzda muhim hisoblanadi. 
Jamoatchilik  nazoratining  bevosita  va  vakolatli  (bilvosita)  usullari  o’zining  amalga 
oshirilishi  bo’yicha  xilma  xil  shakllarga  egadir.  Jamoatchilik  nazoratining  bevosita  usulida 
fuqarolar irodasining namoyon bo’lishi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
-fuqarolarning hokimiyat faoliyatiga oid axborotlardan voqif bo’la olishi; 
-jurnalistik tekshiruv; 
-arznomalar-fuqarolarning davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlariga yakka tartibdagi yoki jamoaviy murojaatlari; 
fuqarolarning  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari,  fuqarolar  yig’inlari,  ommaviy 
tarzda tinglashlari vositasida jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroklari; 
-jamoatchilik  fikrini  shakllantiruvchi  va  boshqaruvchi  eng  yuqori  doiradagi  rahbarlarga 
ta’sir ko’rsatadigan ilmiy-tadqiqotlar, publitsistik va badiiy asarlar; 
-qonun  loyihalari  va  boshqa  davlat  hayotiga  doir  boshqa  muhim  masalalarni  ommaviy 
muhokama qilish; 
-xalqning qonunchilik tashabbuslari; 
-qonun loyihalarining jamoatchilik tomonidan ekspertiza qilinishi; 
-sudlar maslahatchilari. 
-Fuqarolar nazoratining bilvosita - vakolatli usuli o’zining turli shakllariga egadir. Ularga 
parlament  nazorati,  hudud  (shtat,  o’lka,  viloyat)  qonun  chiqaruvchi  organlarining  nazorati  va 
mahalliy o’zini o’zi boshqarishning vakolatli organlari nazoratlarini keltirish mumkin. 
Jamoatchilik  nazoratining  to’g’ridan  to’g’ri  usulining  muhim  shakli  -  bu  fuqarolarning 
davlat  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  faoliyati  to’g’risidagi  axborotdan  foydalana  olishlari 
hisoblanadi. Fuqarolarning hokimiyat faoliyati to’g’risida xabardorligining to’liqligi va o’z vaqtida 
xabardor  bo’lishi  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlash  hamda  himoyalash,  davlat 
organlarining  samarali  boshqaruvi  va  ijtmoiy  xizmatlarini  sifatli  bo’lishi  uchun  ularga  ta’sir 
ko’rsatish  qobiliyatlariga  bog’liqdir.  Shu  munosabat  bilan  AQSH  siyosatshunos  olimi  B.Peyj 
quyidagi fikmi bildiradi: “Jamiyat hukumat ustidan haqiqiy nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lishi 
uchun uning faoliyatidagi barcha tafsilotlardan yaxshi xabardor bo’lishi, fuqarolar esa mamlakatda 
paydo  bo’layotgan  barcha  muhim  muammolami  muhokama  qilishda  faol  ishtirok  etishlari  talab 
etiladi”. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish