Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

uchinchidan,  jamoatchilik  nazorati  davlat  hokimiyati  organlarini  samarali  ishlashga 
undaydi,  u  fuqarolarning  jamoatchilik  nazorati  vositasida  boshqaruv  kadrlarini  o’z  vazifalarini 
astoydil  bajarishga  undash  omili  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Boshqaruv  tizimi  kadrlari  jamiyat 
a’zolarining  nazorati  ostidagina  samarali  boshqaruvni  amalga  oshirishi  mumkin,  jamoatchilik 
nazorati  kuchi  bilan  fuqarolarning  yaratuvchilik  takliflari  hayotda  o’z  ifodasini  topishi  mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazoratining faollashuvi natijasida raqobatbardosh iqtisodiyot 
rivojlanadi, kadrlaming ichki salohiyati ro’yobga chiqadi, xalqning turmush darajasi oshadi, kuchli 
fuqarolik jamiyati shakllanadi, milliy xavfsizlik mustahkamlanadi, insoniy kapital va uning resursi 
hayotda  ishga  tushadi.  Bularning  barchasi  pirovard  natijada  mamlakatning  salohiyatli  bo’lishiga 
olib keladi, jamiyat gullab yashnaydi, boshqacha aytganda, milliy manfaatlar ro’yobga chiqadi. 
AQSHda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun ko’plab vositalardan foydalanilib, 
u  asosan  davlat  hokimiyati  organlari  faoliyati,  fuqarolik  ishtiroki  va  ularning  birgalikdagi  xatti-
harakatlarini  shaffoflik  bilan  kechish  prinsipiga  asoslanadi.  Davlat  hokimiyati  organlarining  xalq 
oldida  hisobdorligi  AQSH  tarixining  dastlabki  davridayoq  shakllangan  edi.  Fuqarolar  urushi 
davrida  AQSH  Prezidenti  Avraam  Linkoln  o’zining  1863-  yildagi  mashhur  “Gettinsberg 
murojaati”da  o’z  so’zini  hukumatning  tabiatiga  doir  quyidagi  fikr  bilan  tugatgan  edi:  “Xalq 
hokimiyati xalq irodasi va xalq uchun” boshqariladi. AQSH otalardan yana biri - Jeyms Medison 
1775-1778-yillarda  nashr  etilgan  “Federalchi”  haftanomasidagi  maqolasida  “Hech  bir  shak-
shubhasiz  respublikaviy  erkinlik  ruhiyati...nafaqat  barcha  hokimiyatning  xalqdan  kelib  chiqishini, 
balki hokimiyat kimga ishonib topshirilgan bo’lsa, ularning xalq izmida bo’lishini taqozo etadi” deb 
ta’kidlab  o’tgan  edi.  Mazkur  demokratik  prinsip  hozirgi  davrga  qadar  AQSH  siyosiy  an’analari 
tamal toshi bo’lib kelmoqda. 
Davlat  hokimiyati  organlarining  fuqarolar  uchun  axborot  ochiqligi  tamoyilini  davlat 
miqyosida  qaror  topishi  dastlab  Shvetsiyada  yuz  bergan.  Bu  davlat  1766-yilda  “Nashrlaming 
erkinligi  to’g’risida”gi  qonun  qabul  qildi.  Bu  qonun  1812-yildan  buyon  “Matbuot  erkinligi 
to’g’risidagi  qonun”  deb  atala  boshlandi.  Bu  qonunga  binoan,  har  qanday  davlat  organidan 
fuqarolar va OAV vakillari rasmiy hujjatlar bilan tanishishni talab qilganda, davlat organi ularga har 
qanday  axborotni  darhol  va  bepul  tarzda  taqdim  etishga  majbur  edi.  Bu  qonun  1949-yilda  yangi 
o’zgartirishlar va qo’shimchalar bilan “Matbuot erkinligi to’g’risida”gi qonun yangi tahrirda qabul 
qilinadi.  Shuningdek,  u  Shvetsiya  Konstitutsiyasining  tarkibiy  qismi  sifatida  e’lon  qilingan.  Bu 
qonunga  yana  1976-yilda  yangi  tuzatishlar  kiritilib,  u  axborot  erkinligi  va  ochiqligiga  doir 
me’yorlami  belgilab  berdi:  “umumiy  xabardorlik  asosida  har  bir  shved  fuqarosi  o’z  erkin  fikr 
almashishini  rag’batlantirish  maqsadida  barcha  rasmiy  hujjatlardan  foydalanish  huquqiga  ega 
bo’lishi shartdir”. 


198 
Davlat  ijroiya  hokimiyati  va  uning  tuzilmalari  hamda  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 
fuqarolarning turli so’rovlariga darhol javob berishlari uxborot erkinligining asosiy prinsipi sifatida 
namoyon  bo’ldi.  Har  bir  hokimiyat  organi  rasmiy  hujjatlar  ro’yxatini  yuritishga  majbur  ekanligi, 
ularning  ko’pchi!igidan  fuqarolar  va  jamiyat  institutlarining  foydalanishlari  uchun  ochiq  bo’lishi 
go’yoki  fuqarolik  jamiyatining  asosiy  belgilaridan  biriga  aylandi.  Hozirgi  davrda  mazkur 
ro’yxatlardan elektron shaklda foydalanilmoqda. Bunda hujjatlami ro’yxatga olish bo’yicha asosan 
to’rtta mustasnolik mavjuddir: 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish