1. Jamoatchilik nazorati tushunchasi va uning genezisi
Hozirgi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat sharoitida davlat hokimiyati organlarining
samarali ishlashi uchun, albatta, ularning faoliyati jamoatchilik nazorati ostida kechishi lozimligini
hozirgi davr rivojlangan davlat tajribasi isbotlamoqda. Agar hozirgi G’arb davlatlari tajribasiga
c’tibor bersak, fuqarolik nazoratidan holi bo’lgan davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatsizligi
aniq seziladi: qonunning ishlashi to’liq ta’minlamaydi, hisobsiz davlat vakolatlaridan chetga
chiqadigan va turli kompaniyabozliklarga berilishlar avj oladi, byudjet ijrosini amalga oshirishda
chetga chiqishlar ro’y beradi, korrupsiya avj oladi, inson huquq va erkinliklariga amal qilish qiyin
kechadi, ularni himoya qilishga unchalik ahamiyat berilmaydi, mansabdorlar boshqaruv faoliyati
samarasiz kechadi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish ikkinchi darajali ishga aylanadi, davlat
hokimiyati resurslarini boshqarishda subyektivlik avj oladi.
Fuqarolik jamiyati sharoitida jamoatchilik nazorati - bu fuqarolar, fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba
uyushmalari tomonidan davlat hokimiyati organlarini qonunga amal qilishga majbur etish, ularning
o’z vazifalarini ma’suliyat bilan bajarishi va buning oqibati o’laroq jamiyatda malakali va samarali
boshqaruvni bajarishga majburlash maqsadida davlat hokimiyati organlari va mahalliy boshqaruv
organlari faoliyati ustidan nazorat qilish va tekshirishidir.
196
Jamoatchilik nazorati - bu jamiyatning alohida fuqarolar shaxsida hamda fuqarolik jamiyati
institutlari vositasida davlat hokimiyati organlarining qonunlarni va o’z qarorlarini qo’llash, amalga
oshirish, shuningdek, bu jarayonlar natijalarini baholash mexanizmidir. Jamoatchilik nazorati - bu
fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari - jamoat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalarining davlat va mahalliy hokimiyati organlarining
qonunga amal qilishlarini ta’minlashga majburlash, o’z vazifasini bajarishida mas’uliyatni his
etishi, o’z majburiyatlarini sifatli tarzda bajarishi kabi faoliyatlari ustidan turli shakldagi
tekshiruvlarni amalga oshirishidir. Shuningdek, rivojlangan davlatlarda jamoatchilik nazoratini
jamiyatda tutgan o’rni uning qanchalik “transparenft” ekanligi, ya’ni shaffoflik darajasi bilan
o’lchanadi.
Hozirgi davrga xos zamonaviy davlatlarda jamoatchilik nazorati ijroiya va boshqa
hokimiyat tarmoqlarini qonunga amal qilishni, o’z huquq va vakolatlarini malakali tarzda bajarishga
majburlaydi. Jamoatchilik nazorati kuchsiz bo’lgan holatlar ko’pincha o’tish davrini o’z boshidan
kechirayotgan davlatlarda uchraydi. Albatta, olimlaming tadqiqot natijalarida ko’rsatilishicha, bu
kabi holatning asosan uchta sababi mavjud: birinchidan, hokimiyat faoliyatini shaffoflik (ochiqlik)
bilan ro’y berishini ta’minlaydigan mexanizmlariing yetishmasligi; Ikkinchidan, hali o’rta sinfning
jamoatchilik nazoratining bosh ijtimoiy bazasining tashkil etishga ulgurmaganligi; uchinchidan,
davlat hokimiyati organlari mansabdorlarida va fuqarolarida jamoatchilik nazoratining moxiyati,
usullari, uslublari, shakllari, mexanizmlari va vosita-qurollari to’g’risida zarur bilimlar va
tasavvurlaming yetishmasligi. Shuning uchun ham Rossiya fuqarolik jamiyatini shakllanishiga
shart-sharoitlami yaxshilash omili sifatida G’arbiy Yevropaning rivojlangan mamlakatlari va AQSH
kabi davlatlaming jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir tajribalarini o’rganishga zarurat
tug’iladi. Zero, bu vazifa fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, davlat hokimiyati organlari boshqaruvchilari - mansabdorlar davlatning
markaziy va mintaqaviy moliyaviy munosabatlarini boshqaradi, yer va boshqa resurslami
taqsimlaydi, ommaviy axborot vositalari (OAV) va boshqa jamoat resurslarini nazorat qiladi,
jamiyatning turli sohalari bo’yicha qabul qilinadigan qarorlaming qabul qilinishiga o’z ta’sirini
o’tkazadi, kadrlarni va xizmachilami ishga oladi va o’z lavozimidan ozod qiladi, mehnat
jamoalarini o’z ortidan ergashtiradi, mamlakatni rivojlantirish strategiyasini aniqlashda ishtirok
etadi.
Davlat hokimiyati organlari rahbarlari o’z shaxsiy manfaatlarini mamlakatning milliy
manfaatlari bilan aynanlashtirgan taqdirdagina ular boshqaruv tizimining haqiqiy va samarali
namoyondasiga aylanadi. “Milliy nmnfaatlar” deganda xalqning xavfsizligini ta’minlash,
huquqning, qonun ijrosining ustuvorligi, inson erkinligi va huquqlarini himoya qilish, mulkdorlar
qatlami o’rta sinfni fuqarolik jamiyati iqtisodiy va ijtimoiy tayanchi bo’la oladigan darajada
shakllantirishi, demokratik qadriyatlarni va bozor munosabatlari asosida iqtisodiyotni rivojlantirish
kabilar tushuniladi. Boshqacha aytganda, agar boshqaruvchilar qatlamida o’zining jamiyatdagi
yuqori o’rnini, moliyaviy jihatlarga va mulkga ega bo’lishga oid o’z manfaatlarini mamlakatning
milliy manfaatlarini himoya qilishi g’oyasining kichik bir qismiga aylantirgan taqdirdagina u
samarali va xalqchil mansabdorga aylanadi. Davlat mansabdori o’zining kuchli va gullab-
yashnayotgan mamlakatdagina yaxshi yashashi va o’z xavfsizligini saqlay olishini chuqur anglagan
bo’lishi lozim. Mohiyatan samarali boshqarish qobiliyatga ega bo’lgan, nafaqat o’zini, balki barcha
fuqarolaming xavfsiz, qulay va barqaror hayotini ta’minlash ishida faol ishtirok etadigan, faqat
o’zidan yuqori davlat hokimiyati organlari oldidagina emas, balki fuqarolar oldida ham mas’uliyatni
his qila oladigan, ya’ni fuqurolik jamiyati talablariga javob bera oladigan mansabdorlar ko’ pchikni
tashkil etgandagina davlat rivojlana boshlaydi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, jamoatchilik nazorati jamiyatga ham, davlat hokimiyatiga
ham foydali omil sifatida ta’sir etadi. Haqiqatan, u davlat hokimiyati organlarining mas’uliyat bilan
197
faoliyat yuritishiga - qonunning ishlashini ta’minlashga, inson huquqi va erkinliklarini hurmat
qilishgn va himoyalashga, binobarin, umumiy farovonlikka samarali va ijobiy ta’sir ko’rsatishga
majbur qiladi. Jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlarining doimiy va muttasil ravishda
takomillashib borishini rag’batlantiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |