Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Birinchi  mustasnolik  -  davlat  hokimiyati  organlari  faoliyati  uchun  unchalik  katta 
ahamiyat kasb etmagan hujjatlar. 
Ikkinchi mustasnolik - bu maxfiy bo’lmagan hujjatlar; ularning qachon olinganligi yoki 
yaratilganligi aniq holda saqlanishi talab etiladi. 
Uchinchi mustasnolik - bu davlat siri toifasiga kiruvchi hujjatlar. 
To’rtinchi  mustasnolik  -  bu  ro’yhatga  kiritilgan,  elektron  ko’rinishda  saqlanadigan  va 
foydalanish mumkin bo’lgan toifaga kiruvchi hujjatlar. 
Shvetsiyada  fuqarolarning  axborot  erkinligi  huquqi  boshqa  mamlakatlardan  eng  uzun 
tarixga ega bo’lishiga qaramasdan bu fuqarolarning rasmiy axborotdan foydalanish huquqi 1990- va 
2000-yillar boshlarida amaliy hayotda hokimiyat organlari tomonidan to’!iq tarzda ta’minlanmadi. 
Natijada,  moliya  va  ishlab  chiqarish  sohalarida  -  texnikaviy,  mehnat  va  boshqa  resurslami  davlat 
boshqaruvi  tomonidan  muvofiqlashtirishning  samaradorligini  pasayib  ketdi.  Jahon  bozorida 
raqobatning  keskin  ortishi  sharoitida  bu  holat  yuqori  boshqaruv  hokimiyati  namoyondalarini  o’z 
egallab  turgan  mavqelari,  mablag’lari  va  mulklarini  yo’qo’lib  qo’yish  xavfini  keltirib  chiqardi. 
Shudan  keyin  2002-yilda  hukumat  mamlakatda  turli  sohalardagi  raqobatbardoshikni  oshirish 
vositasida  milliy  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  “Ochiq  shved  kompaniyasi”ni  tashkil 
etishga  qaror  qildi.  Bu  kompaniyaning  asosiy  maqsadi,  birinchidan,  davlat  hokimiyati  organlari 
faoliyatining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan siyosiy yo’nalishlar bo’yicha axborotlaming 
ochiqligi  amaliyoti  o’rnatildi.  Ikkinchidan,  jamiyat  a’zolari  va  institutlarining  davlat  hokimiyati 
faoliyatidan xabardorligi darajasi yuqori darajaga ko’tarildi. 
Shvetsiyadagi  ijro  hokimiyati  faoliyatining  ochiqligini  ta’minlash  tajribasidan  Finlandiya 
davlatida  keng  foydalanildi.  1919-yilda  mustaqil  davlat  maqomiga  erishgan  Finlandiya 
boshqaruvchi  elitasi  konstitutsiyaga  axborot  erkinligi  to’g’risidagi  maxsus  normani  kiritdi.  1951-
yilda  Finlandiya parlamenti “Rasmiy  hujjatlaming oshkoraligi to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. 
1990-yillar  boshidagi  chuqur  iqtisodiy  tushkunlik  Finlandiyaning  boshqaruvchi  siyosiy  qatlamiga 
mamlakatda turli sohalarda raqobatbardoshlikni oshirishga yangidan-yangi imkoniyatlami topishga 
majbur qildi. 
Bu  jarayonda  eng  muhim  me’yor  sifatida  mamlakatda  jamoatchilik  nazoratini 
kuchaytirishga har tomonlama shart-sharoitlar yaratish yo’li bilan hukumatning boshqaruv faoliyati 
samaradorligini oshirishga erishdi. Jamoatchilik nazoratining faollashtirilishi natijasida 1999-yilda 
“Hukumat  faoliyatining  ochiqligi  to’g’risida”,  2001-yildagi  “Davlat  boshqaruvi  soxasida  elektron 
xizmatlar  to’g’risida”gi  qonunlar  qabul  qilindi,  shuningdek,  2000-yilda  Konstitutstiyaga 
fuqarolarning axborot olish huquqlarini kengaytirishga doir maxsus moddalar kiritildi. 
“Hukumat  faoliyatining  ochiqligi  to’g’risida”gi  qonun  fuqarolar  tomonidan  turli  ijtimoiy 
vazifalami  bajaradigan  davlat  hokimiyati  organlari  va  xususiy  tashkilotlar  faoliyatlariga  doir 
axborotlami  turli  jamoat  tarmoqlaridan  olish,  ulardan  foydalanishga  katta  imkoniyatlar  yaratdi. 
Qonunning maqsadi fuqarolarga va korporatsiyalarga hokimiyat organlari faoliyatini kuzatish, erkin 
fikrni  shakllantirish,  davlat  hokimiyati  siyosatiga  ta’sir  ko’rsatish  va  o’z  manfaatlari  hamda 
huquqlarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo’lish kabilarga qaratildi. 
Qonun  fuqarolarning  rasmiy  hujjatlaridan  foydalanishga  nisbatan  huquqlarini  amalga 
oshirishning  barcha  jihatlarini  belgilab  berdi:  rasmiy  hujjatlardan  foydalanishga  so’rov, 


199 
foydalanishni taqdim etish to’g’risida qaror, so’rovni boshqa hokimiyat  organiga uzatish, ulardan 
foydalanish turlari. Qonunga muvofiq axborotni talab qiluvchi fuqarolar o’z so’rovining maqsadini 
izoxlashga  majbur  emasligi  kabi  huquqlami  o’zida  ifoda  etdi.  Bu  kabi  so’rovlarga  beriladigan 
javoblar  14  kun  mobaynida  berilishi  shart  qilib  qo’yildi.  Davlat  hokimiyati  organlari  va  ularning 
mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilingan qarorlar to’g’risidagi axborotlarga doir hujjatlar yo’q 
qilinmasligi shart, ular saqlanishi lozim. Qonun fuqarolarning davlat hokimiyati organlarlaridan o’z 
faoliyatiga doir axborotlami ham olish huquqini e’lon qildi. Hokimiyat organlari o’z faoliyatlarining 
asosiy yo’nalishlarini, hisobotlarni va boshqa statistikani nashr etib borishga majburdir. 
Qonun rasmiy hujjatlarda milliy xavfsizlikka tahdid soladigan ba’zi axborotlarni va boshqa 
taqdim  etilishi  mumkin  bo’lmagan  hujjatlami  32  toifaga  bo’ldi,  shuningdek,  rasmiy  hujjatlami 
maxfiy axborotlar toifasiga kiritishning 120 ta qoidasini ishlab chiqdi. Qonunga muvofiq hukumat 
idoralari  va  muassasalari  o’z  faoliyatlari  to’g’risidagi  axborotlarni  doimiy  ravishda  nashr  etib 
borishga  majburdirlar.  Hukumat  majlislari  jamoatchilik  uchun  ochiq  hisoblanishi  zarur.  Barcha 
hukumat departamentlari o’z xususiy veb-saytlariga ega bo’lishi va elektron hukumat standartlarini 
amalga oshirishlari shartdir. 
2000-yilga  kelib  Finlandiya  Konstitustiyasining  12-bo’limiga  “har  bir  kishi  ijtimoiy 
hujjatlardan  erkin  foydalana  olish  huquqiga  ega”  ekanligiga  doir  qo’shimcha  kiritildi.  2001-yilda 
esa  Finlandiya  parlamenti  jahonda  birinchilardan  bo’lib,  “Davlat  boshqaruvi  sohasida  elektron 
xizmatlar  to’g’risida”gi  qonunni  qabul  qildi.  Bu  qonunning  asosiy  maqsadi  davlat  boshqaruvi 
xizmatlarining  faoliyat  yuritishida  mansabdorlarning  mas’uliyatli  bo’lishi,  tezkorlikni  ta’minlashi 
va  professional  bo’lishi  kabilarga  qaratildi.  Qonun  elektron  davlat  xizmatlari  sohasida  davlat 
boshqaravchi  organlari  va  mijozlarining  huquqlari,  majburiyatlari  va  mas’uliyatlariga  doir 
qoidalarni o’z ichiga oldi. Qonunga binoan, hokimiyat organlari va yetarlicha texnik, moliyaviy va 
boshqa  resurslarga  ega  bo’lgan  rasmiy  idoralar  fuqarolarga  eng  qulay  muqobilliklardan  birini 
tanlash  imkoniyatini  yaratishlari  lozim:  elektron  xabarni  ko’rsatilgan  elektron  manzillar  bo’yicha 
jo’natish  yoki  masalalami  hal  qilishining  boshqa  mexanizmlarini  taklif  etishi  shart.  Bundan 
tashqari, hokimiyat fuqarolarga xabarnomalar, hisob-kitob hujjatlari kabilar va boshqa axborotlami 
elektron uzatish tarzida yetkazib berishi lozim. 
Ayni  paytda,  Finlandiyada  barcha  rasmiy  idoralaming  90  foizidan  ortiqrog’i  fuqarolarga 
o’z xizmatlarini Intemet orqali taqdim eta boshladi. Bu davlat xizmatlari buyurtmalar va talablarga 
doir  huquqiy  hujjatlami  taqdim  etish,  fuqarolarni  turli  milliy  loyihalarda  ishtirok  loyihalari 
to’g’risida  xabardor  qilish,  bo’sh  ish  o’rinlari  to’g’risida  va  ta’lim  olish  imkoniyatlari  haqida 
axborotlar berish va boshqa xizmatlami taklif etishi belgilab qo’yildi. Bundan tashqari, Bosh vazir 
devonxonasi  o’z  saytida  vazirliklar  tomonidan  tayyorlanayotgan  qonunlar  loyihalari  to’g’risidagi 
axborotlami  nashr  etib  borish  qoidasi  ham  kiritildi.  O’z  navbatida,  Finlandiya  parlamenti 
fuqarolarni o’zi ishlab chiqqan qonunlar loyihalari va hujjatlar bilan bevosita tanishish imkoniyatini 
yaratdi.  Intemet  tizimi  yordamida  fin  fuqarolari  Adliya  vazirligi  saytida  e’lon  etib  boriladigan 
barcha  qonunlami,  me’yoriy  hujyatlami,  Finlyandiya  davlat  organlarining  qarorlarini  va 
davlatlararo bitimlami nazorat qilish imkoniyatlari yaratildi. Finlyandiya davlat organlari saytlarida 
joylashtirilgan  barcha  materiallar  -  qonunlar  va  boshqa  rasmiy  hujjatlardan  fuqarolar  bepul 
foydalanadi. 
Buyuk  Britaniyaning  eng  yaxshi  namoyondalarining  hokimiyat  faoliyati  to’g’risidagi 
axborotdan erkin foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish bo’yicha tajribalari diqqatga sazovordir. 
Jahon bozorlarida raqobatli kurashning oshishi sharoitida hokimiyat samaradorligining dolzarbligi 
ham  ancha  ortdi.  Buyuk  Britaniyada  mas’uliyatli,  binobarin,  malakali  hokimiyatni  shakllantirish 
maqsadida 2000-yilda “Axborot erkinligi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Bu qonun har bir 
kishiga  davlat  hokimiyati  ixtiyorida  bo’lgan  axborotdan  foydalanish  huquqini  berdi.  Fuqarolar 
murojaatiga davlat organlari tomonidan unga 20 kun ichida javob berishlari kerak. Axborot taqdim 


200 
etishni istisno qiluvchi uchta toifa nazarda tutildi - bu sud hujjatlari, ko’pchilik xususiy axborotlar: 
xavfsizlik  xizmatiga,  maxfiy  razvedka  xizmatiga  taalluqli  axborot,  maxfiy  olinadigan  axborot 
“Axborot erkinligi to’g’risida”gi qonunning 2005-yilning 1- yanvardan kuchga kirdi. Asosiy e’tibor 
elektron  hukumatni  yaratishga  qaratildi.  Hozirgi  paytda  Buyuk  Britaniyada  elektron  muhitda 
omilkor va tezkor faoliyat olib borish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. 
AQSH  tarixining  200  yildan  ortiqroq  davrida  davlat  mansabdorlari  axborot  erkinligini 
ta’minlash sohasida katta tajriba orttirdi. 1966-yilga kelib barcha axborot erkinligiga doir huquqiy 
asoslar shu  yilda qabul  qilingan “Axborot erkinligi to’g’risida”gi qonunda mujassamlashdi. Unda 
hukumat va uning quyi tashkilotlari o’zlarining tuzilmalari va funksiyalariga taallukli materiallami, 
shuningdek olib borgan siyosati va boshqaruv faoliyatining yunalishlari to’g’risidagi qabul qilingan 
qarorlar va axborotlami rasmiy raishda nashr etilishini shart qilib qo’ydi. Qonunga bir necha marta 
o’zgartirishlar  va  qo’shimchalar  kiritildi.  1996-yilda  “Elektron  axborot  erkinligi  to’g’risida”gi 
qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatdagi har bir fuqaroga yoki tashkilotga, fuqaroligi qanday 
yoki  qanday  mamlakatda  tug’ilganligidan  qat’i  nazar  federal  hukumat  va  uning  quyi  organlariga 
taalluqli  hujjatlami  talab  qilib  olishga  imkon  bera  boshladi.  Qonunga  muvofiq  murojaat  qilgan 
fuqaro  davlat  hokimiyati  organlaridan  20  kun  ichida  javob  xati  olishi  tartibi  o’rnatildi.  Qonun 
axborotdan foydalanishni istisno etuvchi 9 ta hujjatlar toifasini belgiladi: milliy xavfsizlik, davlat 
organining  ichki  qoidalari,  shuningdek,  boshqa  qonunlarga  muvofiq  foydalanish  ta’qiqlangan 
hujjatlar,  tezkor  axborotlar,  hokimiyat  organlarining  ishchi  yozuvlari,  xususiy  (shaxsiy)  hayot 
to’g’risidagi  axborotlar,  huquq-tartibot  organlarining  hisobotlari,  moliyaviy  institutlar  va  neft 
konlari manbalari to’g’risidagi axborotlar. 
Xorijiy tajribalar ko’rsatib turibdiki, o’z ichiga birinchi navbatda hokimiyatning shaffofligi 
va fuqarolarning davlat boshqaruvida kehg ishtirok etishi prinsiplarini o’z ichiga olgan jamoatchilik 
nazoratining  huquqiy  va  madaniy  asoslanishlari  sinovlardan  o’tdi.  AQSH  va  Yevropa 
mamlakatlarida  davlat  nodavlat  tashkilotlar,  ijroiya  hokimiyati  organlari  huzuridagi  kengashlar, 
qo’mitalar tomonidan nazorat qilishga doir maxsus axborotlami oshkor etishga huquqiy asoslarini 
yaratib  berdi.  Bu  jarayonda  ko’ngilli  yoki  ixtiyoriy  harakatlar,  jamoatchilik  tashabbuslari, 
ekspertizalar  va  jumalist  surushtimvlari  muhim  rol  o’ynaydi.  Rivojlangan  mamlakatlarda 
jamoatchilik  nazoratining  intemet-loyihalar  keng  tarqaldi.  Masalan,  AQSHda  Oq  uy  saytida 
petitsiyalar uchun maxsus bo’lim - Wethepeople tashkil etilgan.   

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish