umumiy xossalar va qonuniylikka ega boʻlgan sabab va xulosalar aniq boʻlgan jarayonlarga
bogʻliqdir.
Iqtisodiy bashorat konyunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy hodisalarni
rivojlanishi toʻgʻridan - toʻgʻri vaqt taqozosi orqali aniqlanadi. Bashorat qiluvchining vazifasi hozirgi
kunda kuz ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendensiyalarini oʻrganib
shu hodisalarni rivojlanishining kelajagini koʻrsatib berishdir.
Bashoratning maqsadi va xizmati rasional yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy
rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini koʻra bilishdir. Bashorat qilish umumiy
rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol boʻlib xizmat qiladi. Jahon bozori
rivojlanish kelajagini aniq koʻra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat
miqyosida qaysi sohalarini oʻsishi va effektivligini aniqlash va radikal oʻzgarishlarini va ilmiy ishlab
chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.
Bashorat qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va
rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi - bilimimizning
darajasiga toʻgʻri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin boʻlgan holatlarning
rivojlanishini kengroq boʻlishi mumkin boʻlgan muqobil yoʻllarini berishdir. Bu holatda qaror qabul
qilish bashorat variantlarining koʻproq boʻlishi mumkin boʻlgan asoslangan tanlov hisoblanadi.
Bashorat qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni
qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng koʻpi 2 yildir,
oʻrta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 gacha. Qiska muddatli bashorat
qilish bu har doimgi konʻyunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi,
uzoq muddatli bashorat qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalarni tuzishda
asos hisoblanadi va u kelajak konyunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy
ilm-fanda bashorat qilishning 100 dan ortiq turli uslublari qoʻllaniladi. Ularning orasida ekspert
baholash uslubi, fikrlar xujumi, tarixiy analog, EXMlarni ishlatishda xar xil matematik- statistik
uslublarni qullash bilan farq qiladi.
Konʻyunkturani bashorat qilishda konʻyunktura rivojlanishi umumiy tendensiya baholaridan
boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak konʻyunkturani zamonaviy konʻyunkturadan ajratish
uchun xamma narsani eʻtiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.
Konʻyunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga
jaxon konʻyunkturasini taʻsir etishini ham kuzatish kerak, chunki u baʻzi mamlakatlar uchun
konʻyunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalari qancha kuchli boʻlsa, shunchalik unga boʻlgan taʻsir ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: