Konyunktura axborotnomasi – bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va uning asosiy
xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyunkturani oʻrganishning eng sodda shakli boʻlib,
odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi.
Konyunktura tahlili – konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini oʻz ichiga
oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi
va omillarning taʻsir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |