Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Konyunktura  prognozi  bozordagi  holatni  maʻlum  davr  ichida  oldindan  koʻrish  va  uning 
asosiy  parametrlarini  aniqlashni  oʻz  ichiga  oladi.  Bunda  konyunkturaga  taʻsir  oʻtkazuvchi 
omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga eʻtibor qaratiladi. 
 
2. Konʻyunkturani shakllantiruvchi omillar. 
 
Shuni  eʻtiborga  olish  lozimki  konyunktura  tahlili  va  prognozida  uning  oʻziga  emas,  balki 
konyunkturaga  taʻsir  qiluvchi  omillarga  koʻproq  ahamiyat  beriladi.  Shu  sababli,  bozor 
konyunkturasiga  taʻsir  qiluvchi  omillarni  ajratish  maqsadga  muvofiq  boʻladi.  Har  qanday  bozor 
konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga boʻlish mumkin: 
- makroiqtisodiy omillar; 
- mikroiqtisodiy omillar, yaʻni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari. 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. 
Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan oʻrni qanday, milliy boyliklar 
qay darajada qoʻllanilmoqda degan savollarga javob topish lozim boʻladi. 
Konyunkturani  oʻrganishning  birinchi  bosqichi  iqtisodiyotning  holatini  tahlil  qilishdan 
boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, eksport hajmi, investisiyalar va isteʻmol darajasi 
va boshqa koʻrsatkichlar ichki bozorning rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Bozor  konyunkturasining  hozirgi  holati  iqtisodiy  siyosatning  bir-ikki  yil  oldin  bajarilgan 
harakatlarning mahsuli boʻlganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab 
olishi maqsadga muvofiq. 
Keyingi  bosqichi  bozorni  shakllantiruvchi  sohaning  tahliliga  bagʻishlanadi.  Bunda  quyidagi 
savollarga javob topish lozim boʻladi: 
- sohaning iqtisodiyotdagi oʻrni qanday? 
- soha texnologik jihatdan hayotiy siklning qaysi bosqichida? 
- sohaning rivojlanish surʻatlari qanday? 
- sohada qanday muammolar mavjud? 
Bunday  izlanish  natijasida  taklifning  umumiqtisodiy  imkoniyatlari  maʻlum  boʻladi.  Shunisi 
eʻtiborliki,  makroiqtisodiy  omillarning  tahlili  kompleks  ravishda  olib  borilishi  va  olingan 
maʻlumotlar  keng  doiradagi  konyunktura  tahlillarda  qoʻllanilishi  mumkin.  Shu  sababli  koʻpchilik 
davlatlardagi,  shu  jumladan  Oʻzbekistonda  bunday  axborotlarni  davlatning  maxsus  organlari  va 
halqaro tashkilotlarni vakolatli organlari tayyorlab beradilar. Masalan, BMT ning inson taraqqiyoti 
hisobotlari,  TACIS  dasturining  iqtisodiy  rivojlanish  axborotnomalari,  Oʻzbekiston  Respublikasi 
statistika qoʻmitasi tahliliy axborotlari va h.k. 
Yuqorida sanab oʻtilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab, taklif, narx va 
raqobat kiradi. 


Bozor konyukturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini oʻrganishga alohida eʻtibor beriladi. 
Jumladan:  talabning  geografik  taqsimlanishi,  assortimentning  kengligi  va  chuqurligi  boʻyicha 
taqsimlanishi, isteʻmol intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni oʻrganish zarur boʻladi. Talabni 
oʻrganishda  avvalo  qondirilgan  talab,  soʻng  qondirilmagan  talabga  diqqat  jalb  qilinadi.  Tovar 
aylanish  tarkibini  tovar  guruhlari  va  alohida  turlari  boʻyicha  tahlil  hilish  orqali  qondirilgan  talab 
oʻrganiladi,  qondirilmagan  talab  esa  sotuvchilar  va  xaridorlarning  fikrini  oʻrganish  usullari 
yordamida aniqlanadi. 
Konyunkturaga taʻsir qiluvchi ikkinchi omil – bu tovar taklifidir. Taklifni oʻrganishda avvalo 
tovar  manbalariga,  sotishga  taklif  etiladigan  tovar  hajmi  va  tarkibiga,  tovar  zaxiralariga  eʻtibor 
beriladi.  Tovar  manbalarini  tahlil  qilish  savdo  tizimiga  mahsulot  yetkazib  beruvchi  korxonalar 
roʻyxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat boʻladi. 
Ishlab  chiqaruvchilar  tovarlarining  assortimenti  va  yetkazib  berish  muddatlari  taklifning 
tarkibini aniqlashga  yordam beradi. Shundan soʻng bozor ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil 
qilinadi.  Zahiraning  hajmi  va  tarkibi,  qachon  vujudga  kelganligi,  zahiraning  almashib  borish 
dinamikasi  va  boshqa  koʻrsatkichlar  taklifning  talabga  nisbatini  aniqlashga  xizmat  qiladi.  Savdo 
tashkilotlarida  yuritiladigan  hisob  tizimining  maʻlumotlari,  inventarizasiya  natijalari  va  maxsus 
izlanishlar tovar zahiralirini kompleks oʻrganishga asos boʻladi. 
Narxlarning bozor konyukturasidagi oʻrni va ularning shakllanish xususiyatlarini hisobga olgan 
holda narx tahliliga katta eʻtibor beriladi. Narxlarni oʻrganishda quyidagilar tahlil obyekti sifatida 
olinadi: narxlarning barqarorligi, tovar assortimenti doirasida narxlarning oʻzgarish darajasi, sotuvchi 
tomonidan narxlar boʻyicha oʻzgaruvchan tizimlarni qoʻllash, muvsumiy narxlarning qoʻllanishi va 
boshqalar. Narx bozor konyukturasiga taʻsir qiluvchi eng murakkab omil hisoblanadi. Uning oʻziga 
ham bir qancha omillar taʻsir koʻrsatadi. Shu sababli narx tahlilida nafaqat xujjatlarni tekshirish usuli, 
balki maxsus usullar ham keng qoʻllaniladi. 
Mikroiqtisodiy  omilardan  yana  biri  shu  bozordagi  raqobatdir.  Tovar  bozorlaridagi  raqobatni 
tahlil  qilishda  avvalo  korxonalar  raqobati,  soʻng  tovarlar  va  ehtiyojlar  raqobati  oʻrganiladi. 
Korxonalar  raqobatining  tahlili  sotuvchilar  soni,  ixtisoslashuvi,  mahsulot  assortimenti,  ishlab 
chiqarish hajmi, yoʻnaltirilgan maqsadli segmenti va boshqalarni oʻz ichiga oladi. 
Tovarlar  va  ehtiyojlar  raqobatining  tahlili  asosan  konyunktura  prognozida  amalga  oshiriladi 
hamda raqobatchi tovarlar, oʻrnini bosuvchi tovarlar va toʻldiruvchi tovarlarning oʻzaro muvozanatini 
aniqlashga qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozorni oʻrganish usullaridan 
keng foydalaniladi. 
Bozor  konyukturasini  oʻrganishning  sotuvchi  va  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  zarurligi 
kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi  yoʻnalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini 
qoʻllash boʻyicha aniq va ishonchli axborotga ega boʻlishda namoyon boʻladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish