Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Marketing – “miks” tushunchasi. 
 
Marketing-miks»  nazariyasi  «aralashma»,  «aralashtirilgan»  deb  tarjima  qilinadi  va  strategik 
maqsadlarni yechishga mo‘ljallangan kompleks marketingni nazarda tutadi. 
Marketing-miks  —  bu  bozorning  murakkabligi  va  harakatchanligiga  mos  keladigan  ko‘p 
o‘lchamli  marketing  strategiyasini  har  xil  birikmalar  va  bog‘lanishlarda  ishlab  chiqishga  imkon 
beradigan turli xil marketing qurollari to‘plamidir. 
Muvaffaqiyatga  erishish  uchun  zarur  bo‘ladigan  amaliy  qurollarning  nomlari  tasdifga  ko‘ra 
ingliz  tilining  R  harfidan  boshlanadi.  Marketing  faoliyatining  ushbu  yig‘indisini  belgilash  uchun 
«4R»  formulasi  ishlatiladi:  Product  (tovar)  —  Price  (narx)  —  Promotion  (siljitish)  —  Rlase 
(taqsimlash). Ba’zi hollarda unga 5 — «R»ni ham kiritadilar (Reorle (iste’molchilar). Bunda oldingi 
tarkibiy  bloklarga  tegishli  strategiyani  amalga  oshirishning  sifat  darajasini  belgilaydigan  personal 
muammolarning  kompleksi  nazarda  tutiladi.  Shunday  qilib,  marketing-miksning  marketing 
strategiyasini shakllantiruvchi 5 ta asosiy muammoli funksional bloklarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Mahsulot.  Iste’molga  mo‘ljallangan  har  qanday  mahsulot  dastavval  iste’molchilar  talabiga 
to‘lato‘kis  javob  berishi  va  muayyan  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  boshqa  ishlab  chiqaruvchilar 
(raqobatchilar) mahsulotidan albatta ustun bo‘lishi kerak. Bunda eng asosiy mezon bo‘lib mahsulot 
sifati hisoblanadi. O‘zining strategik faoliyati asosiga sifat omilini qo‘yadigan firma kelajakda foyda 
olish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Biroq marketolog iste’molchilarning umidiga mos 


tushadigan mahsulotning tashqi ko‘rinishi (dizayn, o‘rami) haqida unutmasligi kerak. Shu bilan birga 
tovarning hayotiy davri bosqichlarini xam hisobga olishi kerak. 
Narx.  Iste’molchilarning  boyliklar  tizimi  o‘zgaruvchandir.  Shuning  uchun  narx  va 
narxlashtarishni  amalda  boshqarish  —  yuqori  professional  yondashuvni  talab  qiladigan  murakkab 
jarayondir.  Ba’zi  tadqiqotchilar  hisoblaydilarki,  qiymat  bu  ishlab  chiqarish  hajmiga  nisbatan 
mahsulot  sifatidir.  Hozir  ham  ko‘pgina  korxonalarda  narx  bo‘yicha  qarorlar  faqat  moliyaviy 
yondashuv  doirasida  qabul  qilinadi,  ya’ni  xarajatlar  va  rentabellikni  hisoblash  asosida  aniqlanadi. 
Tovarlar yetarlicha differensiallanmagan va shu bilan birga raqobatchilar ko‘p bo‘lsa, bu vaziyatda 
firmaning  bozor  ta’siri  sust  bo‘lishi  mumkin,  va  odatda,  bozordan  kelib  chiqadigan  narx  qabul 
qilinadi. Firma strategik marketingni qo‘llasa va buning natijasida bozorda kuchga ega bo‘lib borsa, 
tabiiyki, bunday holda firma uchun narxni belgilash jarayoni tanlangan strategiya uchun markaziy 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Firma  darajasida  narx  ikkilamchi  rol  o‘ynashini  unutmaslik  kerak.  Bir  tomondan,  u  talabni 
rag‘batlantirish  omili  bo‘lib  hisoblanadi,  boshqa  tomondan  esa  bir  vaqtning  o‘zida  uzoq  muddatli 
rentabellikning asosiy qurolini ifodalaydi. 
Siljitish.  Talab  va  taklifning  samarali  muvofiqligini  ta’minlash  uchun  bozor  subyektlari 
o‘rtasida  (ayirboshlash  jarayoni)  asosan  firmadan  chiqadigan  axborot  oqimlari  marka  yoki  firma 
da’vo qiladigan o‘rinni bozorga yetkazishga yo‘naltirilishi kerak. Buning uchun siljitishning har xil 
kanallari ishlatiladi: tijorat personali, reklama, talabni rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar. 
Firma tomonidan qilingan strategik tanlov samarali tadbiq etilishi uchun samarali siljitish tizimi bilan 
qullab-quvvatlangan  bo‘lishi  kerak,  aks  holda  tijorat  muvaffaqiyatiga  erishish  ehtimoli  kamroq 
bo‘ladi. 
Taqsimlash  (joylashtirish  kanallari).  Taqsimlash  (sotish)  kanallarining  amal  qilishi  ishlab 
chiqaruvchi korxona erkin almashinish talablari va iste’molchilar umididan kelib chiqadigan hamma 
majburiyatlar  va  funksiyalarni  o‘z  bo‘yniga  ololmasligi  bilan  shartlanadi.  Zamonaviy  texnika  va 
axborot tizimlari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni yaqinlashtirsa ham, biroq bu bog‘lanishlar 
turlicha murakkab. Shuning uchun obyektiv ravishda vositachilarni jalb qilish zarurati paydo bo‘ladi. 
Vositachilar  yordamiga  murojaat  qilish  o‘z  navbatida  korxona  uchun  tovar  harakati  va  xizmat 
ko‘rsatish jarayonining ma’lum elementlari ustidan nazoratni yo‘qotish tushuniladi. Korxona uchun 
taqsimlash tarmoqlarini tanlash (sotish tarmog‘i) — bu maqsadli segment iste’molchilarining shaxsiy 
maqsadlari  va  talablari  bilan  bog‘langan  strategik  yechim.  Har  qanday  taqsimlash  tarmog‘i 
almashinishni amalga oshirish uchun zarur bulgan funksiyalar kompleksini bajaradi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish