Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Zamonaviy marketing tushunchasi. 
 
  Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib bermokda. 
Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, 
Tayvan,  Janubiy  Koreya  unga  juda  yaqin.  Tez  o‘zgaruvchan  bozor  sharoitlari,  narxsiz  raqobat 
usullarining  rivojlanishi,  ishlab  chiqarish  yuksak  darajada  chaqqon  moslashuvchan,  yakka 
iste’molchiga  mo‘ljallangan,  hajmi  kichik  bozor  sohalari,  bozor  segmentlari  va  ayrim 
“suqmoq”larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi 
shunday darajaga yetdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada 
bozor  raqobati  yanada  shiddatli  tus  oladi.  Ammo  bu  jarayon  narx  omili  negizida  emas,  balki 
raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi. 
  Tovarning  “xayotiy  sikli”  misli  ko‘rilmagan  darajada  qisqaradi.  Hozirgi  davrda  yetakchi 
yapon elektron firmalari bozorga o‘rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning  yangi turini 
chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish 
kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmoqda. Tovar sifatiga ega bo‘lgan 
tovarlar mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh 
berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan ko‘shimcha xizmatlar sifatini tubdan 
yaxshilash zarur. 
  Korxonalar  xarajatlarini  oddiy  kamaytirish  yo‘llarini  o‘ylabgina  qolmay,  ayni  paytda 
tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil ko‘paytirish sohalariga ko‘proq e’tibor berishga 
majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan 
yangi  xaridorlarni  qondirish  lozim.  Bu  ishlarni  hozirgi  zamon  marketingiga  tayanibgina  amalga 
oshirish  mumkin.  Korxonaning  omon  qolishi  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  konyunktura-tijorat, 
ijtimoiy va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida 
ta’minlanadi. 
  Marketing  rivojlanishining  uchinchi  eng  sifatli  bosqichi  taxminan  80-yillarning  o‘rtalarida 
boshlandi  va  hozirgi  vaqtda  ham  davom  etmoqda.  Bu  yerda  strategik,  ijtimoiy  yo‘naltirilgan, 
individual marketing, marketing munosabatlari,  katta ijtimoiy  guruhlar  marketingi — mezo —  va 
mega-marketinglar  konsepsiyalari  hukmronlik  qiladi.  Iste’molchilar  dunyoning  yagona  markazi 
bo‘lmay qoladi. Bunda uchta omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning foydasi, xaridorlarning 
ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. 
Strategik  marketing  konsepsiyasi  asosida  iste’molchilar  va  raqobatchilarga  yo‘naltirilganlik 
yotadi.  Strategik  marketing  mazmuni  iste’molchilar  ehtiyojlarini  qondirish  va  bir  vaqtning  o‘zida 
yaxshiroq  iste’mol  xususiyatlariga  ega  bo‘lgan  tovarni  yaratish  yoki  pastroq  narx  qo‘yish  orqali 
raqobatchilarga  nisbatan  ustunlikka  erishishdan  iborat.  Raqobatchilarga  yo‘naltirilganlik 
iste’molchilarga  yo‘naltirilganlikka  zid  bo‘lmaydi.  Aksincha,  uni  kuchaytiradi,  chunki  korxonalar 
shunday sharoitga qo‘yilganki, bozor ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish, xarajatlar va boshqa 
sohalardagi hamma yutuqlarni maksimal hisobga olishni talab qiladi. 
Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan hal etilayotgan yirik iqtisodiy, xom ashyoviy, energetik va 
boshqa  muammolar  jamiyat  ehtiyojlarini  va  iqtisodiy  resurslarga  yo‘naltirilganlikni  kuchaytirib, 
marketingning iste’molchilik konsepsiyasini ancha o‘zgartirib yubordi. 


Ijtimoiy-iqtisodiy  marketing  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  katta  ijtimoiy  jamoalarning,  davlat 
siyosatining muammolariga diqqatini qaratuvchi mega-marketing paydo bo‘ldi. 
Jamiyat  hayotini  axborotlashtirish  kuchaygan  sharoitda  korxonaning  xaridor  bilan  bevosita 
munosabatda  bo‘lishi  imkoniyati  vujudga  keladi.  Ommaviy  marketingdan  alohidalashgan 
marketingga  o‘tish  kuzatiladi.  Shunday  yo‘nalishlardan  biri  —  munosabatlar  marketingi  (maksi-
marketing) zamonaviy telekommunikatsiyaviy vositalardan foydalangan holda iste’molchilar bilan 
individual munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Bu yerda uzluksiz ravishda 
interaktiv kommunikatsiyalar yordamida olingan individual iste’molchi haqidagi bilimlarni amalda 
tadbiq  etish  jarayoni  boradi.  Bu  bilimlar  uzluksiz  va  uzoq  muddatli  o‘zaro  manfaatli  aloqalarni 
ta’minlash  maqsadida  mahsulotlar  va  xizmatlarni  yaratish  va  siljitishga  yordam  beradi.  Bunday 
munosabatlarning xaridor uchun afzalliklari — aloqalarning samaradorligi, ishlab chiqaruvchi uchun 
— foyda, ikkalasi uchun — tinchlik, kelajakka ishonch. Qayd qilish kerakki, individual marketing 
mehmonxonada lyuksxizmat ko‘rsatishda, bank ishida tobora ko‘proq rivojlanmoqda, aniqrog‘i, har 
qanday alohidalashgan tovar bozorlarida qo‘llanilishi mumkin. 
Zamonaviy marketing konsepsiyalarini chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin: 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish