Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Gʻoʻzani  sugʻorish.  Yuqori  va  sifatli  hosil  yetishtirislida  suvning  roli  benihoyadir.  Paxta 
maydonida suvning umumiy sarfi va transpiratsiyasining hajmi atrof-muhit sharoitiga, agrotexnika 
darajasiga va dalaga quyiladigan suvning miqdoriga qarab keskin oʻzgaradi. 


Paxtachilikda gʻoʻzani sugʻorish rejimi boshqarib turiladi. Gʻoʻzaning suvga boʻlgan talabini 
qondirish uchun ildiz joylashgan qatlamda tuproq namligi dala nam sigʻimiga nisbatan 65—70 % dan 
pastga tushmasligi kerak. Gʻoʻzani sugʻorish gullaguncha, gullash va pishish davrlarida olib boriladi 
Va davrlar boʻyicha boʻlinganligi uchun ham shartli ravishda sugʻorish sxemasi deb yuritiladi. 
Sugʻorish  sxemalari  tuproq  tipi,  mexanik  tarkibi,  yer  osti  suvining  chuqur  yoki  yiiza 
joylashganligiga qarab har xil boʻlishi mumkin, chunonchi 1:3:1; 1:4:1; 2:5:1; 2:6:2 va hokazolar. 
Gʻoʻzada  butun  oʻsuv  davrida  mintaqalarga  qarab  gidromodul  rayonlar  eʻtiborga  olinib,  2 
martadan 12 martagacha sugʻorish oʻtkaziladi. 
Gʻoʻzani  sugʻorish  meʻyori,  yaʻni  bir  marta  sugʻorish  uchun  beriladigan  suv  miqdori  va 
mavsumiy  sugʻorish  meʻyori,  yaʻni  butun  oʻsuv  davrida  beriladigan  suv  miqdoriga  iqlim  sharoiti, 
tuproq unumdorligi va uning fizik-suv xususiyatiari, yer osti suvi sathining chuqurligi, agrotexnika 
darajasi va nav taʻsir koʻrsatadi. Umuman, mavsumiy sugʻorish normasi gektariga 2000—8000 m3 
gacha boʻlishi mumkin. 
Sugʻorish meʻyori yengil (qumli va qumoq) tuproqda gʻoʻza gullaguncha gektariga 500—600 
m3,  gullash  davrida  700—800  m3,  oʻrta  qumoq  tuproqlarda  gullashgacha  600—700  m3,  gullash 
davrida  800—900  m3,  ogʻir  tarkibli  tuproqlarda  gullashgacha  700  m3  atrofida,  gullash  davrida 
1000—1100 m3 boʻlishi kerak. 
Gʻozaning pishish davridagi sugʻorish meʻyori har gektariga 500—600 m3 dan 600—700 m3 
gacha boʻlishi mumkin. 
Qumli,  shagʻal  qatlamli  tuproqlarda  gʻoʻza  9—12  martagacha,  oʻrta  qumoq,  sizot  suvlari 
chuqur joylashgan yerlarda 7—9 martagacha, yer osti suvi yuza joylashgan yerlarda 2—4 martagacha 
sugʻoriladi. 
Gʻoʻzaning suvga kelganligi uning tashqi alomatlariga qarab belgilanadi: gullashgacha barglari 
toʻq yashil rangga kirib, soʻlinqiraydi, kunduzi soat 14—15 larda ustki bargni bukkanda oʻrta tomiri 
sinmasa,  sugʻorish  zamr  yoki  gʻoʻza  gullaganda  gulning  yuqoriga  koʻtarilib  ketishi  kuzatilganda 
uning chanqaganligini bildiradi. 
Bundan  tashqari  tuproq  namligini  aniqlash,  hujayraning  soʻlish  kuchi,  boʻgʻin  oraligʻining 
qisqa-uzunligiga qarab belgilash kabi usullar ham qoʻllaniladi. 
Ariqdagi suvni tuproq namligi holatiga aylantirish iisuli sugʻorish texnikasidir. 
Sugʻorishning koʻpgina usullari boʻlib, shundan koʻp tarqalgani joʻyaklab sugʻorishdir. Joʻyak 
uzunligi  dalaning  qiyaligi  va  tuproqning  suv  Oʻtkazuvchanligiga  qarab  80—150—200  m  dan 
oshmasligi lozim. Bir joʻyakka quyiladigan suv oqimi sekundiga 0,2—0,8 litrgacha boʻlishi mumkin. 
Egatlab sugʻorishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sifon naylar, egiluvchan quvurlar 
(shlanglar), koʻchma yarim egiluvchan va qattiq quvurlar, koʻchma sugʻorish agregatlar yordamida 
amalga oshiriladi. 
Sugʻorishda  yomgʻirlatib  sugcorish  usulidan,  yaʻni  DDA—100M,  DSHK—64,  DOS  kabi 
mashinalardan foydalanilsa, sugcorish normasi 2—3 martagacha kamayadi. 
Keyingi yillarda tomchilatib sugcorish, yer ostidan sugcorish usullari ham joriy etilmoqda. 
Chilpish  (chekanka).  Gʻoʻzaning  bosh  poyasi  va  monopodial  shoxining  ocsishini  tocxtatish 
maqsadida 0ʻsish nuqtasini yulib tashlash chilpish nomi bilan yuritiladi. 
Chilpishning ahamiyati shundaki, assimilatsiya mahsulotlari ocsimlikka bir xil taqsimlanadi, 
hosil tugunchalarining tockilishi kamayadi, koʻsak soni 1—2 tagacha, koʻsakdagi paxta vazni 0,2—
0,5 grammga ortadi, tola sifati yaxshilanadi, oʻsuv davri 5—10 kunga qisqaradi, hosildorlik gektariga 
1,5—2,5  s  oshadi.  Chilpish  muddatlarini  belgilashda  koʻchat  qalinligi,  nav  xususiyatlari,  hosil 
shoxlarining soni hisobga olinadi. Tup soni 110—120 ming boigan maydonlarda hosil shoxi 15—16, 
130—140 ming tup boʻlganda 13—14 taga yetganda chilpish oʻtkaziladi. 
Ingichka tolali gcoʻzalarda koʻchat qalinligi gektariga 130—140 ming boclganda, hosil shoxlari 
soni 20—22 ta, 140—150 ming boclganda 18—20 ta boiganda oʻtkazilish maʻqul hisoblanadi. 
Chilpish qoʻl kuchi bilan, CHVX-4, CHVX-3,6 va CHXT-4B markali moslamalar yordamida 
oʻtkaziladi. 


Kimyoviy chekanka qilinganda TUR yoki PIKS preparatlari ishlatiladi. Oʻrta tolali gʻoʻzalar 
uchun TUR dan gektariga 0,25 kg, ingichka tolali gcoʻzalarga esa 0,4 kg, PIKS preparatidan 1,0—
1,3 litr sarflanadi. 
Har gektar maydonga 300 litr hisobida ishchi eritma sepiladi. G6o6za defoliatsiyasi va hosilni 
yigʻishtirish. Gfiocza hosilining pishishini tezlashtirish va uni qisqa muddatda mashinalar yordamida 
terib olishda defoliatsiyaning ahamiyati kattadir. 
Defoliatsiya  gʻoʻza  barglarini  kimyoviy  preparatlar  yordamida  sunʻiy  toʻktirishdir.  Gʻoʻza 
butun tupi bilan kimyoviy preparatlar yordamida quritilsa desikatsiya deyiladi. 
Defoliatsiya  hosilning  90  foizdan  ortigʻini  sovuq  tushguncha  terib  olish  imkonini  beradi, 
mashinalarning ish unumi 20—25 % oshadi, 1 sortga topshiriladigan paxta miqdori 4—5 % ortadi, 
mahsulot tannarxi arzonlashadi va yigʻim-terim muddati birmuncha qisqaradi. 
Preparatlar gʻoʻza bargiga purkash yoki changlash yoʻli bilan taʻsir ettiriladi. Bunda preparatlar 
barg hujayralariga singadi, uni shikastlaydi, toʻqimalarni suvsizlantiradi, fotosintez jarayoni buziladi, 
oqibatda barg qurib, uzilib tushadi. 
Defoliantlaming taʻsiri havo harorati va tuproq namligi bilan bogʻliqdir. 
Havo harorati +18—21 °C dan past boʻlmaganda, tuproq namligi dala nam sigʻimiga nisbatan 
65—70  %  boʻlganda  yuqori  samaradorlikka  erishiladi.  Gʻoʻza  bargi  10—12  kunda  80—90  % 
toʻkiladi. 
Defoliatsiya uchun keng ishlatilayotgan magniy xlorati (Mg(C103)2 6H20 ), kalsiy xlorat — 
xloridi (Ca(G103) +CaCl2 va dropp ultra preparatlaridir. 
Dropp yumshoq taʻsir etuvchi guruhga kirsa, dastlabki ikki preparat esa qattiq taʻsir koʻrsatadi. 
Defoliatsiyaning samarali boʻlish omillaridan muhimi uni oʻtkazishning eng maqbul muddatini 
belgilashdir. 
Koʻp  yillik  maʻlumotlarga  qaraganda  ingichka  tolali  gʻoʻza  navlarining  tuplarida  mavjud 
koʻsaklarining  35—40  %,  oʻrta  tolali  navlarda  esa  kamida  50  %  i  ochilganda  defoliatsiya  qilish 
tavsiya etiladi. 
Gʻoʻzaning rivojlanishi, bargning kam yoki koʻpligi va havoning haroratiga qarab oʻrta tolali 
gʻoʻzalar uchun magniy xloridining meʻyori gektariga 8—12 kg, kalsiy xlorat-xloridi 20—25 kg va 
dropp 0,4—0,7 kg miqdorida qoʻllaniladi. 
Ingichka tolali gʻoʻzalar uchun yuqoridagilar mos ravishda 15—17 kg, 26—30 kg va 0,3—0,6 
kg miqdorida sepiladi. Harorat 20° dan oshib ketsa, normani 10—15 % ga kamaytirish va aksincha, 
havo sovib ketsa (14—15 °C boʻlganda) 15—20 % ga oshiriladi. 
Ishchi eritmalarining sarfi traktor purkagichlari OVX—14, OVX—28 ishlatilganda gektariga 
400—450 litrgacha belgilanadi. 
Agar defoliatsiya oʻtkazilganda barg toʻliq toʻkilmasa desikatsiya oʻtkaziladi. Bunda desikat 
sifatida magniy xlorati gektariga 25—30 kg yoki kalsiy xlorat-xloridi 45—50 kg miqdorida sepiladi. 
Desikatsiya  gʻoʻza  rivoji  kechikib  ketgan,  koʻsaklari  ochilnlasdan  qolgan  yer  osti  suvi  yuza 
joylashgan maydonlarda ham oʻtkaziladi. 
Defoliatsiya qilish boshlanishdan bir necha kun ilgari paxtasi mashinada teriladigan dalalarning 
ikki boshida 8—10 m kenglikda traktor buriladigan joy ajratiladi va gʻoʻzalar desikatsiya qilinadi. 
Burilish joylaridagi ochilgan paxtalar mashina terimiga 3—4 kun qolganda terib olinib, gʻoʻza 
tuplari koʻsaklari bilan oʻrib olinib, dala chetiga yoyib qoʻyiladi, koʻsaklari toʻliq ochilgandan soʻng 
terib olinadi. 
Terim  mashinalari  burilish  maydonlari  GN—4,0  markali  greyder  yoki  D—606  markali 
buldozer bilan tekislanadi. 
Oʻrta tolali gʻoʻzalar paxta mashinalari bilan ikki marta: birinchisi gʻoʻza tuplaridagi hosilning 
50—60 % ochilganda, ikkinchisi yana 20-30 % ochilganda terib olinadi. 
Ingichka tolali gʻoʻzalarda koʻsakning kamida 50—60 % ochilganda boshlanib, 10—12 kun 
oʻtgandan keyin yana bir marta terib olinadi. 
Paxta terish mashinalaridan vertikal shpindelli quyidagi mashinalar keng tarqalmoqda: XVN—
1,2  (qator  oraligʻi  60  sm  ),  ikki  qatorli,  14XV—2,4  (60  sm  qator  oraligʻi  uchun)  —  toʻrt  qatorli, 
XNP—1,8 (90 sm qator oraligʻi uchun) — ikki qatorli, XVB—1,8 (90 sm qator oraliqlari uchun) va 


XVA—1,2  (60  sm  qator  oraliqlari  uchun).  Keyingi  bu  ikkala  mashinalar  urugʻchilikka  ajratilgan 
gʻoʻzalarning  ochilgan  koʻsaklari  paxtasini  yaruslab  terishga  moMjallangan.  Hozirgi  vaqtga  kelib 
paxta  terish  mashinalari  AQSH  dan  keltirilgan  yuqori  unumdorlik  bilan  ishlaydigan  gorizontal 
shpendelli paxta terish mashinalari bilan toʻldirilmoqda. 
Koʻrak terish mashinalari ham keng joriy etilgan. SKO—2,4 (60 sm li qator oraliqlari uchun), 
SKO—3,6 va SKO—5,4 (90 sm li qator oraliqlari uchun) markali mashinalar keng tarqalmoqda. 
Paxtaning birinchi va ikkinchi terimidan keyin dalalarda maʻlum miqdorda toʻkilgan paxtalar 
uchraydi. Ulami terib olish uchun PXN—1,2 (60 sm li qator oraliqlari uchun) va PXS—3,6 (90 sm li 
qator oraliqlari uchun) markali podborshiklardan foydalaniladi. 
Terilgan  koʻsakni  chuvish  uchun  UPX—1,5B  mashinasi  keng  qoʻllanilmoqda.  Yuqorida 
keltirilgan  paxta  terim  mashinalar  sistemasi  bilan  tashkiliy  ishlari  toʻgʻri  yoʻlga  qoʻyilsa, 
yetishtirilgan hosilning 90—97 % ini terib olish imkoniyati yaratiladi. 
Qoʻl  terimi  koʻproq  mashina  terimi  uchun  noqulay,  mos  kelmagan  maydonlarda  hamda 
urugʻchilik uchun ajratilgan paykallarda oʻtkaziladi. 
Gʻoʻza  hosili  toʻliq  yigʻishtirib  olingach,  gʻoʻzapoya  KV—4A  va  KV—3,6A  moslamalar 
yordamida  yigʻishtirib  olinib,  daladan  olib  chiqiladi  yoki  maxsus  mashinalar  KI—1,2,  KI—1,8, 
KIV—4 yordamida maydalanib, oʻgʻit sifatida dalaga sepilib, koʻmib yuboriladi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish