Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Don va dukkakli don oʻsimlaklarni standartlash



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

2. Don va dukkakli don oʻsimlaklarni standartlash 
 
Gʻalla standartlari toʻla tarzda odatda beshta qismdan iborat boʻladi: 1 - taʻrif, 2 - tovar tasnifi, 
3 - texnik shartlar, 4 - sifatni aniqlash uslublari, 5 - saqlash va tashish.    


Gʻalla  va  dukkakli  gʻalla  ekinlarining  barcha  standartlarida,  ekin  turi  va  donning  maqsadga 
muljallanganligidan  qatʻiy  nazar,  namlik,  ifloslanganlik,  zaharlanganlik  va  yaxshi  saklanganlik 
boʻyicha meʻyorlar belgilangan. Aytilgan koʻrsatkichlar boʻyicha standartlarda bazisli va cheklovchi 
kondisiyalar  belgilangan.  Bazisli  kondisiyalar  don  uchun  hisob-kitoblarga  asos  kilib  olingan. 
Bazisdan namlik va ifloslanganlik boʻyicha yaxshi tomonga va ogish ruy berganda don massasiga 
ustama  xak  belgilanadi  va  aksincha,  yomon  tomonga  ogish  sodir  boʻlganda  don  massasiga 
belgilangan narxdan chegirma amalga oshiriladi. Barcha ekinlar xosili uchun  yaxshi saklanganlik, 
yaʻni rang, xid va taʻm boʻyicha bir xil talab belgilangan. Don kizimaydigan, soglom xolatda, normal 
donga xos rang xidga ega boʻlishi kerak, namiqqan, bijgʻigan, mogʻor bosgan va boshka yot xidlarsiz. 
Rang  meʻyorida  boʻlmasa,  noxush  xidlar  kelib  tursa,  taʻm  oʻzgarsa,  donning  kimyoviy  tarkibi, 
texnologik  va  isteʻmol  xususiyatlari  keskin  oʻzgaradi.  Barcha  ekinlar  xosili  uchun  zaharlanganlik 
boʻyicha bir xil talablar belgilangan. Bazisli kondisiyalarga koʻra zaharlanganlikka yoʻl qoʻyilmaydi, 
cheklovchi kondisiyalar boʻyicha fakat kana bilan zaharlanganlikka yoʻl kuyiladi. Un, yorma olish 
maqsadida  qayta  ishlashga  moʻljallangan  don  uchun  gʻalla  zaxiralarida  oʻlik  zararkunandalarning 
boʻlishi quyidagi miqdorda cheklanadi: 1kg da 15 donadan ortiq boʻlmasligi kerak. 
Gʻalla  va  dukkakli  don  ekinlari  uchun  standartlarda  namlik  boʻyicha  bazisli  kondisiyalar 
belgilangan.  Aksariyat  donli  ekinlar  uchun  yoʻl  qoʻuyilishi  mumkin  boʻlgan  cheklovchi,  namlik 
aloxida yetishtirish mintakalari boʻyicha 17 va 19 % sholi boʻyicha hamma yerda – 19 %, juxori, 
donga muljallangan - 25%, dukkakli don ekinlari, loviyadan tashkari - 20% va loviya – 23 % kilib 
belgilangan. Standartlarda namligi turlicha donni aloxida joylashtirish, saqlash va tashish talablari 
belgilangan. 
Gʻalla  va  dukkakli  don  ekinlarining  barcha  standartlarga  shart  hisoblanuvchi  turtinchi 
koʻrsatkich  -  ifloslanganlik,  yaʻni  don  massasida  aralashmalar  borligi  boʻyicha  ham  bazisli  va 
cheklovchi kondisiyalar koʻzda tutilgan. 
Jamgʻarilayotgan  bugʻdoy,  javdar,  sholi  donida  begona  aralashmalarning  koʻpi  bilan  5%, 
boshqa gʻalla va dukkakli don ekinlari donida koʻpi bilan 8% boʻlishiga yoʻl quyiladi. 
Grechixa  donida  randakning  1  %  gacha,  joʻxorida  kasalliklar  bilan  shikastlangan  don  2%, 
kuchli  bugdoy  donida  ajratilishi  qiyin  aralashmalar,  yovvoyi  suli,  tatar  grechixasi  koʻpi  bilan  2% 
boʻlishi  mumkin.  Zararli  aralashmada  qorakosov  koʻpi  bilan  0,5%,  kakra,  tulki  quyruq,  afsonak 
birgalikda koʻpi bilan 0,1 foiz, tuya-korin koʻpi bilan 0,1 foiz boʻlishi mumkin, kampirchoponning 
boʻlishga umuman yoʻl qoʻyilmaydi. 
Barcha  ekinlar  jamgarilayotgan  don  tarkibidagi  don  aralashmalari,  sholi  va  pivo  pishirishga 
muljallangan  arpadan  tashkari,koʻpi  bilan  15%,  sholida  koʻpi  bilan  10%,  pivo  pishirishga 
muljallangan arpada koʻpi Bilan 7% boʻlishi kerak. Bunda ozuka dukkaklilarda  va burchokdagi toʻliq 
va soglom rus noʻxati, loviya, noʻxat, yasmik, soya, burchok, don dukkakliklarda va don dukkaklilar 
burchokda, yasmikda mayda donli rus noʻxati, burchok, loviya doni yoʻl kuyilishi mumkin boʻlgan 
don aralashmasining hisobga olinmaydigan meʻyori belgilanadi. 
Don aralashmasi tarkibidagi donlarning boʻlishi quyidagi miqdorda cheklanadi: yasmiqda - 3% 
jamda boshqa don va dukkakli don alkaloidli urugʻi koʻpi bilan 3%boʻlishi mumkin. 
Xar bir ekin uchun shart boʻlgan turtta koʻrsatkichdan tashkari, standartlarda donning isteʻmol 
va  texnologik  xususiyatlari  tartibga  solinadi.Ular  ekinga  va  don  uchun  muljallangan  maqsadga 
bogʻlik  boʻladi.  Barcha  don  va  dukkakli  don  uchun  pestiuidlarning  qoldiq  miqdori  cheklanadi.   
Kuyida  eng  muxim  va  mamlakatimizda  keng  tarkalgan  don  hamda  dukkakli  don  ekinlari  sifatiga 
qoʻyiladigan talablar koʻrib chikiladi. 
BUGʻDOY - olti turga ajratiladi: 1-yumshoq bahori bugʻdoy, 2-bahori qattiq, 3-bahori oq donli, 
4-kuzgi qizil donli, 5-kuzgi oq donli, 6-kuzgi qattiq bugʻdoy. 
Xar  bir  tur  uchun  boshka  turlar  aralashmalarining  boʻlishiga  cheklovlar  koʻzda  tutilgan. 
Masalan, 1, 2, 3, 4 turlarda boshka turlar aralashmasining 10%dan ortiq   boʻlishiga  yoʻl qoʻyilmaydi, 
2 va 4 turlarda ular koʻpi bilan 15%, 5 turda koʻpi bilan 5%, kichik turga  ajratiladi: 1 - tuk kizil 
yaltirok, umumiy yaltirokligi kamida 75%, 2 - kizil, yaltirokligi kamida 60%, 3 - och kizil, yaltirokligi 
kamida 40%, 4 - sargish-kizil, yaltirokligi kamida 40%, 5 - sarik, yaltirokligi kamida 40%. 


11 tur bugʻdoy ikkita kichik turga ajratiladi: 1 - tuk kaxrabo rang, 20och kaxrabo rang. 11 tur 
bugdoyning  yaltirokligi kamida 60% boʻlgani 1-kichik turga 60%dan kam boʻlgani 2-kichik turga 
kiritiladi. 
5 va 6 tur bugdoylar kichik turlarga ajratilmaydi. 1,2,3 va 4-kichik turlar hamda yaltirokligiga 
koʻra shu kichik turga muvofiq keladigan, ammo rangi boʻyicha talablarga javob bermaydigan 1 va 
4 tur bugdoylari  yaltirokligiga koʻra muvofiq keladigan kichik turga kiritilib,  «rangi boʻyicha xos 
emas» deb kushib kuyiladi. 
Pishish,  yigishtirish  yoki  saqlashdagi  nokulay  sharoitlar  tufayli  oʻz  tabiiy  rangini  yukotgan 
bugdoy  tur  rakami  bilan  belgilanmaydi  va  «qoraygan»  yoki  «rangsizlangan»  sifatida  belgilanib, 
rangsizlanish darajasi kursatiladi: birinchi daraja-yaltiroklikni yukotish va donning orka tomonining 
rangsizlanishi,  ikkinchi  daraja-yaltiroklikning  yukotilishi,  rangsizlanish  donning  orka  va  yon 
tomonlarida paydo boʻladi, uchinchi daraja - don ustining toʻla rangsizlanishi, don boshokda  yoki 
xirmonda oʻzok nam xolatda boʻlganda. Xar bir kichik turdagi donga, ayniksa, 1 va 4 turning 1, 2 va 
3-kichik turlaridagi donga, rangiga koʻra, bir xillik talabi kuyiladi. Bu kichik turlarda rangsizlangan, 
qoraygan,  sarik  va  yonlari  sarik  donlarni  bugdoyning  asosiy  rangini  boʻzmaydigan  miqdorda 
boʻlishiga yoʻl kuyiladi. 
Sifat  koʻrsatkichlari  boʻyicha  shart  normalardan  tashkari  natura  boʻyicha  ham  talablar 
belgilangan.  Kuzgi  va  bahori  yumshoq  bugʻdoy  bazis  kondisiyalari  boʻyicha  ustirish  mintakasiga 
koʻra  naturasi  730…75,5  g/l.  atrofida,  klassiz  qattiq  bugʻdoy  –  745  g/l.  boʻlishi  kerak. 
Tayyorlanadigan yumshoq bugdoy talablarga koʻra klasslarga ajratiladi. 
1 va 2 klassga kuchli bugdoylar ruyxatiga kiritilgan bugdoy navlari, 3 klassga kuchli va eng 
kimmatli  bugdoylar  ruyxatiga  mansub  bugdoy  navlari  kiritiladi.  Kuchli  va  kimmatli  bugdoylar 
ruyxatini xar yili tegishli davlat organi tasdiklaydi. 
1  va  2  klass  bugdoylari  fakat  birinchi  darajali  rangsizlangan,  3  klassda  -  rangsizlangan  va 
qoraygan boʻlishi mumkin. Oliy klass talablaridan bittasiga javob bermagan bugdoy pastrok klassga 
utkaziladi. Kuchli va kimmatli bugdoy don qabul qiluvchi korxonalarga topshirilganda ularga sinov 
dalolatnomalari asosida yozilgan xujjatlar ilova kilinishi lozim. 
Gʻamlangan  qattiq  bugdoy  naturasi,  kleykovina  miqdori,  sifati  va  boshqa  koʻrsatgichlariga 
koʻra uchta klassga va noklass bugʻdoyga ajratiladi. Tarkibida boshqa tur bugʻdoy donlari boʻlgan 
noklass qattiq bugʻdoy talablariga javob bermaydigan bugʻdoy turlari aralashmasi hisoblanadi, qattiq 
turga kiritilmaydi. 
Ozuqa  maqsadida  va  omuxta  yem  ishlab  chiqarish  uchun  yetkazib  beriladigan  bugdoy 
rangsizlangan  va  qoraygan,  ammo  begona  xidlarsiz  boʻlishi  lozim.  Undagi  namlik  16%,  begona 
aralashmalar 5%, don aralashmalari 15% dan ortiq boʻlmasligi kerak. Begona aralashma tarkibida 
mineral aralashmalari 10% gacha, zaharlilari 21%gacha, kakra - 0,1%, qorakosov - 0,1% va randak - 
0,5%gacha boʻlishi cheklanadi. 
Don zaxiralarini zazarkunandalar bilan zaharlanishiga yoʻl kuyib bulmaydi, unda julak bilan 
zaharlanish ikkinchi darajadan ortiq boʻlmasligi kerak. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish