Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Mahalliy oʻgʻit solish texnologiyalari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

3. Mahalliy oʻgʻit solish texnologiyalari. 
 
Mahalliy  oʻgʻitlarni  tuproqqa  va  qishloq  xoʻjalik  ekinlariga  taʻsiri  yuqori.  Shunday  ekan 
mahalliy  oʻgʻitlarni  tuproqqa  doimiy  ravishda  kiritib  borish  zarur  .  Mahalliy  oʻgʻitlarni  tuproqqa 
solishda mahalliy oʻgʻit turiga va holatiga qarab turli xil usullardan foydalaniladi. 
Birinchi usul bu yigʻilgan mahalliy oʻgʻitlarni shudgor ostiga solishdir. Bunda xayvonni yangi 
chiqindilari toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga chiqariladi. Bu usulda juda koʻp avzalliklari bor, sababi buni 
tarkibidagi  ozuqa  elementlaridan  azot  toʻlaligicha saqlanib  qoladi.  Bundan  tashqari  goʻng  chirishi 
natijasida tuproqdagi mineral holda saqlanib qolgan ozuqa elementlarini ham parchalanib oʻsimlikka 
oʻtishini yaxshilaydi. Tuproqni qizishiga olib keladi. Agar biroz saqlanib qolsa, uning tarkibidagi azot 
havoga  uchib  chiqib  ketadi.  Goʻngni  dalaga  chiqarishda  yana  shu  narsaga  etibor  berish  lozimki, 
goʻnglar  faqat  xaydov  ostiga  chiqarilgani  maʻqul.  Chunki,  uning  tarkibida  begona  oʻt  urugʻlariva 
kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar ham boʻlib, dalani begona oʻt bosishiga , oʻsimliklarni oʻsib 
rivojlanishiga toʻsqinlik qilib , ular uchun zarar keltiradi. Bu texnologiyani qisqacha agrotexnikasi 
quyidagicha, yigʻib olingan  mahalliy oʻgitlar yaʻni chorva mollarining yangi chiqindilari yuklagich 


mashinalarda tilejkalarga yuklanadi va oʻgʻit solinadigan dalaga olib kelinadi. Olib kelingan oʻgʻitlar 
oʻgʻit solish mashinalari sochuvchi aravaga (ROU-6) yuklash, oʻgʻitni dalaga olib borib sochish, uni 
haydash  orqali  tuproqqa  aralashtirish.Bu  texnologiyaning  kamchiligi  shundan  iboratki,    oʻgʻitlar 
chirimaganligi  sababli  uning  tarkibidagi  oʻsimlik  urugʻlari  va  zararli  mikroorganizmlar  tuproqqa 
tushgandan keyin tuproqni va ekiladigan madaniy oʻsimlikni zararlaydi,  oʻgʻit tuproqning haydov 
qatlamiga aralashib ketganligi sababli ekilgan ekinni tomir sohasidan tashqarisida qolgan oʻgʻitdan 
ekin samarali foydalana olmaydi.  
Ikkinchi  usul  ekinlarni  sharbat  suvi  bilan  sugʻorish.  Bu  usulda  odam,  xayvon  va  tovuq 
chiqindilari suyuq holatda sugʻorish bilan beriladi. Buning uchun har bir ekin dalasining besh gektar 
yeri uchun bitta xandaq kovlanadi. Bu xandaqlar kattaligi eniga 2 m, uzunligiga 4 m, chuqurligi esa 
oʻqariqni chuqurligidan keyin kamida 0.7 metr boʻlishi kerak. Sugʻorishdan oldin xandaq tayyorlanib, 
bunda  oʻqariqni  chuqurligi  barobarigacha  jija  (suyuq  goʻng  )  solib  qoʻyiladi.  Shu  jija  ustidan  suv 
oqiziladi,  lekin  goʻng  oqizilmaydi.  Qachonki  suv  quyib  boʻlingach,  suvni  tashlashdan  oldin 
xandaqdagi goʻng kovlanadi. Suv bilan birgalikda suyuq goʻng egatga bir tekislikda oqib boradi. Suv 
oqizilgan  egatlar  oxiriga  yetib  borganida  birin  ketin  toʻsib  boriladi.  Chunki  suv  oqib  chiqib  ketsa 
goʻng ham oqib chiqib ketadi. Suv qoʻyib boʻlingach goʻngni oqizishdan maqsad, agar oldin oqissak 
tuproqda nam kam boʻlganligi sababli suvni yurishi sekinlashadi. Bundan tashqari goʻng bilan suvni 
yurishi qiyinlashadi. Suv quyib boʻlganida esa tuproq suvga toʻyingani bois suvni va goʻngni yurishi 
osonlashadi. Yana shuni taʻkidlab oʻtish joizki, bunday usulda goʻng egatni boshidan oxirigacha bir 
tekisda  taqsimlanadi.  Keyingi  vaqtlarda  sharbat  suvi  oqizishda  qurigan  goʻnglardan  va 
kompostlardan ham koʻproq foydalanilmoqda. Bulardan foydalanilganda, yuqoridagilardan tashqari 
goʻnglarni erib olishiga ham etibor berish lozim. Aks holda, egatlar goʻnglar bilan toʻlib, suvlarni 
oqishini  qiyinlashtiradi  yoki  oʻsimliklarni  koʻllab  suv  ichishiga  olib  keladi  va  yana  suvdagi 
konsentratsiyani pasayishiga olib keladi. Buning uchun goʻnglar sugʻorishdan ancha oldin boʻktirib 
ivitib qoʻyish lozim, bunda goʻng erib turadi. Bu texnologiyani ham kamchiliklari bor bular mahalliy 
oʻgʻitlar  tuproq  bilan  aralashtirilmaganligi  yoki  koʻmilmaganligi  sababli  oʻgʻit  tarkibidagi  azotli 
moddalar xavoga uchib ketadi, mahalliy oʻgʻitlar ariqni ichida boʻlganligi uchun oʻsimmlik ulardan 
juda ham kam foydalanadi. Bu texnologiyada ham mahalliy oʻgʻitlar koʻpincha yangiligi boʻyicha 
solinganligi  sababli  oʻgʻit  tarkibidagi  begona  oʻt  urugʻlari  va    zararli  mikroorganizmlar  tuproqqa 
tushub dalani begona oʻt bosishiga va har xil kasalliklarni koʻpayishiga olib keladi.    
Oʻgʻitni  qator  oralariga  solish  texnologiyasi  quyidagi  jarayonlarni  oʻz  ichiga  oladi:  chirigan 
oʻgʻitni  quritish,  maydalash,  elash,  elangan  oʻgʻitni  kultivator  bunkeriga  yuklash  koʻchatlarga  bir 
xilda taqsimlanadi, va oʻgʻitni tomir soxasiga solish. Bu texnologiyada oʻgʻit ekinning ildiz soxasiga 
berilganligi uchun u oʻgʻitdan toʻlaroq oziqlanadi. Bu texnologiya oʻz ichiga quyidagi ishlarni oladi. 
Mahalliy  oʻgʻitlarni  yigʻish  va  kompost  qilish  soʻngra  tilechkalarga  yuklab  dalaga  olib  kelish  va 
kultivator  yordamida  dalaga  solish.  Bu  texnologiyada  yuqoridagi  texnologiyalardagi  kamchiliklar 
bartaraf etilgan. Chunki bu texnologiyada mahalliy oʻgʻitlardan avval kompostlar tayyorlanadi. Bu 
jarayonda mahalliy oʻgʻitlarni chirish jarayoni ketib uni tarkibidagi begona oʻt urugʻlari va zararli 
mikroorganizmlar nobud boʻladi. Va solish jarayonida mahalliy oʻgʻitlar bevosita oʻsimlik ildizlari 
joylashgan qatlamga solinadi va oʻsimlik undan tezroq va samaraliroq foydalanadi. 
Yuqoridagi  tahlillarga  asoslanib  shuni  aytish  mumkinki,  oʻgʻitlarni  qator  oralariga  solish 
texnologiyasi  maqbul texnologiyadir. Bu texnologiyada chirigan oʻgʻitni  quritish jarayoni quyosh 
energiyasidan foydalanib bajariladi. Maydalash jarayonini esa kurak orqasi bilan urish yoki traktor 
baloni bilan ezish orqali amalga oshirilmoqda. Qator oralariga solish texnologiyani keng miqiyosida 
amalga 
tadbiq 
etilmayotganiga 
sabab 
shuki, 
oʻgʻitni 
elash 
jarayonini 
mexanizasiyalashtirilmaganligidandir.  Oʻgʻitlarni  qator  oralariga  kultivator  oʻgʻitlagichlarida 
solinadi. Buning uchun oʻgʻitni sifatli qilib elash yaʻni  maxsus fraksiyalarga keltirish talab etiladi. 
Aks holda oʻgʻitlash agregatining ishchi tirqishlariga tiqilib qolib agregatning ish unimini kamaytirib 
yuboradi.  Fermerlar    oʻgʻitni  qator  olralariga  solishni  xoxlasalarda  bu  jarayon  qiyin  kechmoqda. 
Bugungi kunda oddiy setkani qiya oʻrnatib  oʻgʻit elanmoqda, bunda  mehnat unimdorligi juda past, 
oʻgʻit esa sifatsiz elanmoqda. Qiya elakning teshigini oʻlchamini kattalashtirish bilan uning ish unimi 
oshsada yirikroq aralashmalar elakdan oʻtishi evaziga oʻgʻit  sifati yomonlashadi. 


Elakni ish unimini kamaytirmagan holda  oʻgʻitni sifatli qilib elash uchun setkaga harakat berish 
lozim  boʻladi.  Shu  sababdan  mahalliy  oʻgʻitni  sifatli  elaydigan  yuqori  unumli  ixcham    elash 
qurulmasini  yaratish  dolizarb  vazifadir.    oʻgʻitni  elashni  mexanizasiyalashga  urinishlar  boʻlgan, 
qishloq xoʻjaligi mutaxassislari oʻz imkoniyatlari darajasida mavjud texnik vositalaridan foydalanib 
elakka tebranma harakat berishgan. Bunday qurilmada inersiya kuchlari paydo boʻlib qurilmani tez 
ishdan chiqishiga sabab boʻlgan. Shu bois qurilma uzoq ishlay olmagan. Platformali elakda ramkaga 
setka oʻrnatilgan boʻlib, ramka platformada ilgarilanma-qaytma harakat qilib ishlaydi. Elak harakatni 
ekssentrik yoki shatundan oladi.Bu qurilmada ham inersiya kuchlari paydo boʻladi. Transporterli elak 
bir  biriga  paralel  joylashgan  chiviqlardan  iborat  boʻlib  chiviqlar  ikki  uchidan  zangjirga 
maxkamlangan, zanjir ekssentrik yulduzchada harakatlanib chiviqlar ustidagi oʻgʻitni elaydi bir yoʻla 
ustidagi  mahsulotni  tashiydi  Bu  elakning  kamchiligi  shundaki  chiviqlar  orasidan  yassi  oʻgʻit 
parchalari oʻtib, elangan oʻgʻitning sifatini yomonlashtiradi. Juvasimon elak bir-biriga paralel qilib 
joylashtirilgan aylanuvchi  juvalardan iborat boʻlib juvalarni orasidan mahalliy oʻgʻit oʻtib elanadi. 
Bu  elakning  kamchiligi  ham  juvalar  orasidan  oʻlchamlari  yirik  boʻlgan    yassi  oʻgʻitlarni  oʻtib 
ketishidir.Silidrsimon  elak  gorizontga  nisbatan  burchak  ostida  joylashgan  aylanib  turuvchi  silindr 
shaklidagi elakdan iborat. Elak  ichiga oʻgʻit tushaganda oʻgʻit silindr ichida harakatlanib elanadi.Bu 
elak  oʻgʻitni  sifatli  elash  bilan  birga  ish  unumi  ham  yuqori,  silidr  ichida  oʻgʻit  dumalanib 
harakatlanganligi sababli oʻgʻitni odindan  maydalashga ehtiyoj kamayadi.  
Slindrsimon  mahalliy  oʻgʻit  elash  qurilmasi,  tuzilishi,  ishlashi,  umumiy  harakteristikisi 
quyidagicha. 
 Qurilma  toʻrtta  gildirakka  oʻrnatilgan  ramadan  iborat  boʻlib  ramaga  silindrsimon  elak 
oʻrnatilgan.Elak  harakatni  gidromotordan  oladi.  Gidromotor  ishlashi  uchun    yuqori  bosim  moyni 
yuklagich  (pogruzchik)  ning  taqsimlagichidan  yuqori  bosim  shlankalari  orqali  oladi.  Qurilma 
quyidagicha ishlaydi:yuklagich  kovshi1  oʻgʻitni qiya tushirgich dozator 2 ga yuklaydi  u oʻgʻitni 
meyorlab silindrmsimon elak 2 ga tashlaydi.Oʻgʻit elakda vintsimon harakat qilib elanadi.Elangan 
oʻgʻit elakning tagiga yirik fraksiyalar esa elak tashqarisiga chiqib ketadi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish