Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-chizma. Korxona missiyasini aniqlash 
 
Biznesning  aniq  maqsadlari  va  strategiyasini  ishlab  chiqish  uchun  strategik  audit  asosida 
toʻplanadigan haqqoniy va keng axborot talab qilinadi. Marketing auditi — marketing tashqi muhiti, 
umuman korxona yoki uning alohida xoʻjalik birliklari faoliyatining alohida turlari va strategayalari 
maqsadlarini  toʻliq,  tizimli,  mustaqil  va  davriy  tekshirishdir.  Marketing  auditining  maqsadi  boʻlib 
muammolar va yangi imkoniyatlar hamda marketing faoliyatining samaradorligini oshirish rejasini 
ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar berilishi mumkin boʻlgan joylar aniqlanadi. Audit ichki va tashqi 
auditga  boʻlinadi.  Birinchisi  ishlab  chiqarish,  moddiy-texnika  taʻminoti,  sotish,  marketing  va 
sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish, shuningdek, personalni boshqarish, korxonaning infratuzilmasi 
va texnologiyalarini rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Ikkinchisi asosan korxonaning makro-muhitini 
va uning strategik rejalarini yechish sharoitlarini oʻrganish bilan bogʻliq. Strategik auditni oʻtkazishda 
eng  muhim  narsa  boʻlib  korxonaning  balansi  hamda  foyda  va  zararlar  toʻgʻrisidagi  hisobot 
hisoblanadi. Bir necha -yillik moliyaviy koʻrsatkichlarni taqqoslab korxona faoliyatidagi ham salbiy, 
ham ijobiy hodisalarni aniqlash mumkin va ularni yoʻlga solish, toʻgʻrilash boʻyicha chora-tadbirlarni 
koʻrish  mumkin.  Strategik  auditni  oʻtkazishda  eng  qimmatli  axborot  SWOT-tahlil  oʻtkazishda 
toʻplanadi. Maʻlumki, u korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini hamda imkoniyatlar va xavflarni 
ancha obyektiv baholashga imkon beradi. 
Korxona missiyasini aniq belgilab olgandan keyin oliy rahbariyat ishlab chiqarish portfelini 
ishlab  chiqishga  kirishadi  (baʻzan  uni  biznes-portfel  deb  ham  atashadi).  U  korxona  harakatlari 
dasturida  boʻlgan  faoliyat  va  chiqarilayotgan  tovarlar  turlari  roʻyxatidan  iborat.  Dastavval, 
korxonaning mavjud ishlab chiqarish portfelini tahlil qilish kerak. Bu  yerda korxona faoliyatining 
eng  muhim  yoʻnalishlarini  (tovar  guruhi,  tovar,  savdo  markasi),  ulardan  har  birining  jozibaliga 
darajasini, investisiya va foyda olish imkoniyatlarini aniqlash nazarda tutiladi. 
Strategik  rejalashtirishda  marketing  xizmatining  roli  juda  muhimdir.  Bu  narsa  marketing 
strategik  rejani  ishlab  chiqish  uchun  zaruriy  boshlangʻich  maʻlumotlarni  taqdim  etishi,  qoʻyilgan 
Nima? 
Mijozlarning ehtiyojlari 
Kim? 
Maqsadli guruhlar 
Qanday? 
Biznig xizmatlarimiz 


vazifa  va  maqsadlarni  bajarish  uchun  strategiyani  yaratishda  ishtirok  etishi  va,  nihoyat,  asosiy 
marketing  konsepsiyasi,  yaʻni  korxona  strategiyasini  isteʻmolchilar  asosiy  guruhlarining  talab  va 
ehtiyojlariga yoʻnaltirilishining taʻminlashi bilan tushuntiriladi. Boshqa tomondan marketing xizmati 
korxonaning har bir xoʻjalik birligi (boʻlimi)ni baholash boʻyicha kerakli ishlarni amalga oshiradi va 
ular  uchun  maqsadlarni  va  ularga  erishish  chora-tadbirlarini  belgilab  beradi.  Aytilganlarga  yakun 
yasab, marketingni rejalashtirishda milliy korxonalarimiz tomonidan qoʻllanilishi kerak boʻlgan bir 
nechta  tamoyillarni  ajratib  koʻrsatish  mumkin.  Birinchidan,  bu  rejalashtirish  jarayonining  koʻp 
variantli vaziyatli harakteri, ikkinchidan, korxonalarning turlari, ularning maqsad va vazifalarining, 
chiqarayotgan mahsulotining xilma-xilligi oʻz navbatida marketing faoliyatini rejalashtirishni tashkil 
etishga  yondashuvlarning  ham  xilma-xilligini  keltirib  chiqaradi,  uchinchidan,  rejalashtirishning 
uzluksizligi  xususiyati,  korxona  faoliyatiga  taʻsir  etuvchi  barcha  oʻzgarishlarni  darhol  rejalarga 
kiritish va, toʻrtinchidan, rejalashtirishga tizimli yondashuv va marketingni rejalashtirishda ishtirok 
etuvchilarning  hammasi  tushunadigan  konsepsiyaning  mavjudligi.  Ishlab  chiqilgan  strategik  reja 
qoʻyilgan maqsad va vazifalarga qanchalik javob berishini, kutiladigan natijalar qanday boʻlishi va 
ularga erishish ehtimoli qandayligini quyidagi savollarga javob berish orqali aniqlash mumkin: Reja 
haqiqiy  va  barqaror  afzallikni  beradimi?  Zaruriy  resurslar  va  xizmatlarga  yoʻnalganlik  bormi? 
Boshlangʻich axborotning sifati qanday? Xavf-xatar darajasi qanday va qanday omillar muvaffaqiyat 
yoki magʻlubiyatni belgilaydi? Reja elementlari oʻzaro muvofiqlashtirilganmi va ular tashqi hamda 
ichki muhit xususiyatlariga mos keladimi? Rejaning haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy jozibaligi qanday? 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish