Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Marketingni  rejalashtirish  —  bu  marketing  maqsadlariga  erishish  uchun  marketing 
resurslarini tizimli tadqiq qilishdir. Bu vosita yordamida korxona foydaga taʻsir qiluvchi koʻpgina 
ichki va tashqi omillarni kuzatib boradi va nazorat qiladi. Mazmuni, ishlab chiqarishning davomiyligi 
va ketma-ketligi, rasmiylashtirish darajasi va rejalashtirishni tashkil qilish nuqtai nazaridan mazkur 
jarayon  turli  korxonalarda  turlicha  tashkil  qilinadi.  Talabning  hajmi  va  tuzilmasi  noaniq  tebranib 
turgan,  tijorat  operasiyalarini  oʻtkazishda  xavf-xatarning  darajasi  yuqori  boʻlgan  bir  nechta 
bozorlarda faoliyat yurituvchi korxona koʻproq muayyan bozor vaziyatlari uchun ishlab chiqiladigan 
vaziyatli  rejalarni  qoʻllashga  asoslanadi.  Rejalashtirish  jarayonining  bevosita  oʻzi  quyidagi  oʻzaro 
bogʻliq  elementlardan  iborat:  tahlil,  rejalashtirish,  realizasiya  va  nazorat.  Bu  jarayon  har  qanday 
rejalashtirish turlari uchun universaldir. 
Tahlil  —  mazkur  korxonada  yuzaga  kelgan  vaziyatni  batafsil  aniqlash  va,  asosiysi,  uning 
rivojlanishiga koʻmaklashuvchi va xavf-xatardan qochishga imkon beradigan haqiqiy imkoniyatlarni 
aniqlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 
Korxona ishida -yillik, uzoq muddatli va strategik rejalar qoʻllanadi. Eng sodda boʻlib -yillik 
reja hisoblanadi, unda kelgusi -yilga maqsadlar, xatti-harakatlar dasturi, strategiya, byudjet va nazorat 
shakllari toʻplangan boʻladi. Shu bilan birga unga detallashgan darajada mahsulotlar nomenklaturasi, 
ularni  ishlab  chiqarish  hajmi,  narxlari,  xarajatlari,  siljitish  usullari,  sotishdan  keyingi  xizmat 
koʻrsatish  shakllari  va  hokazo  kiritiladi.  Uzoq  muddatli  reja  kelgusi  bir  necha  -yilga  tuziladi  va, 
odatda,  har  -yili  unga  ichki  va  tashqi  sharoitlarga  koʻra  oʻzgartirishlar  kiritiladi.  Strategik  reja 
korxonaning  keng  istiqbolini  qamrab  oladi  va  korxona  imkoniyatlari  (potensiali)  va  atrof-muhit 
(bozor)ning tez oʻzgarib turuvchi sharoitlari oʻrtasida qulay nisbatni saqlab turish va mustahkamlash 
uchun qoʻllanadi. Demak, strategik reja muayyan vaqt ichida tashkilotga taʻsir qilishi kutilayotgan 
asosiy omillar va kuchlarni tasvirlaydi, shuningdek, uzoq muddatli maqsadlar va asosiy marketing 
strategiyalarini  amalga  oshirish  uchun  zarur  boʻlgan  resurslarni  oʻz  ichiga  oladi.  Oxirgi  vaqtlarda 
korxona  ishining  amaliyotida  biznes-rejalarni  ishlab  chiqish  tobora  keng  tarqatilmoqda.  Shu  bilan 
bogʻliq  holda  korxona  rejalashtirish  umumiy  tizimida  biznes-rejaning  oʻrnini  aniqlash  maqsadga 
muvofiq  deb  topiladi.  Kichik  korxonalar  uchun  bitta  biznes-reja  tuzilishi  mumkin  boʻlsa  ham, 
koʻpchilik korxonalar uchun biznes-reja ishlab chiqarish — xoʻjalik va sotish faoliyati rejalaridan 
biridir. 


Strategik  rejalashtirish  korxonaning  boshqa  barcha  rejalashtirish  turlarining  asosi  (shu 
jumladan,  marketingning  ham)  boʻlib,  korxona  missiyasini  aniqlashdan  boshlanadi  (1-chizmada).
 
Missiya — bu korxona maqsadining oʻzi, yaʻni korxona yaqin kelajaqda keng maʻnodagi erishmoqchi 
boʻlgan  narsalar.  Missiya  aniq  ifodalanishi  zarur  va  atrof-muhit  dinamikasiga  mos  kelishi  lozim. 
Bunda  quyidagilarni  aniqlash  kerak:  mijozlarni;  mijozlarning  extiyojlarini;  ulardan  qaysilarini  va 
qanday qondirmoqchimiz? 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish