Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga,
malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog’liq. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga
mehnatga yaroqli erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 55 yoshgacha, shuningdek qishloq
joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.Bu haqda O’zbekiston respublikasi “Mehnat
kodeksi” ning 77 -“Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh” moddasida: ”Ishga qabul qilishga
199
1. Doimiy;
2. Mavsumiy;
3. Vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi;
4. O’smirlar;
5. Nafaqaxo’rlar kiradilar.
Shu jumladan:
1.Doimiy ishchilarga-muddatsiz ishga qabul qilinganlar;
2.Mavsumiy ishchilar-6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;
3.Vaqtinchalik ishchilarga-2 oygacha muddatga qabul qilinganlarkiritiladi.
2012 yilda respublikada o’smirlar soni 9040,8 ming kishini, mehnat resurslari soni 18517,6
ming kishini va nafaqaxo’rlar soni 2435,1 ming kishini tashkil etgan. Bu 2003 yilga nisbatan mos
ravishda o’smirlar sonining 1404,2 ming kishiga yoki 4,3 % ga kamayganligini, mehnat resurslari va
nafaqaxo’rlarning 4084 kishiga yoki 28,3% ga va 606 ming kishiga yoki 33, 1% ga o’sganligini
bildiradi. Qishloqda esa shu davrda o’smirlar va mehnat resurslarining soni mos ravishda 1,727 ming
kishiga yoki 26,5 % ga va 18,5 ming kishiga yoki 0,2 % ga kamayganligini ko’rsatib, faqat
nafaqaxo’rlar sonining 33,6 ming kishiga yoki 3,4 % ga oshganligidan dalolat beradi.
Demak, respublika bo’yicha o’smirlar sonining kamayishi tug’ilishning kamayishi hisobiga,
mehnat resurslarining o’sishi esa asosan shaharliklar hisobiga to’g’ri kelgan.
Shuningdek, 2012 yilda respublikaga kelganlar soni 4,5 ming kishini va chiqib ketganlar soni
45,4 ming kishini tashkil etgan bo’lib, aholi migrasiyasi saldosi – 40,9 ming kishiga teng bo’lgan.
2003 yilda esa bu ko’rsatkich -88,1 ming kishini tashkil qilgan.
Quyidagi 1-jadvalda mehnat resurslari va aholining bandligi to’g’risidagi 2003-2012 yillar
tahlili berilgan.
2012 yilda 2003 yilga nisbatan iqtisodiy faol aholi 3228,9 ming kishiga yoki 33,6 % ga
ko’paygan.Shu jumladan ayollar 37,7 % ga va erkaklar 30,3 % ga oshgan. Shu davrda jami iqtisodiy
faol aholining 95,1 % i yoki 12223,8 ming kishi iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lgan. Bu yerda
ayollar soni 31,8 % ga va erkaklar soni 24,1 % ga oshgan.Umuman iqtisodiyot tarmoqlarida band
bo’lganlar shu davrda 27,5 % ga ko’paygan.
Demak, keyingi 10 yilda mehnat resurslari tarkibida ayollarning salmog’i oshib borgan.Bu
iqtisodiyotning turli sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishi va bunda erkaklar bilan bir qatorda
ayollar mehnatining o’rni oshib borayotganligining yaqqol isbotidir.
Korxonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo’jaligida (mavsumiy
ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu
jumladan yollanma ishchilar ham. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan
foydalanishning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
1.Biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar-tuproq, o’simlik, hayvonlarni
rivojlantirishga qulay sharoitlar yaratish uchun xodimlar mehnati mazmunining yo’naltirilganligi. Bu
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishiga, ularning tabiatini
noorganik elementidan organik moddalarga sintezlashuviga bog’liqdir;