Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

Ta’lim metodlari

 

  Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,  

  blis so’rov, o’zaro  o’qitish metodi,  

  “Muammoli vaziyat” metodi. 



Ta’lim vositalari

 

  Ma’ruza matni, videoproyektor,  

  slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch  

  tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha  

  tarqatma material. 

Ta’lim shakllari

 

 Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.  



O’qitish shart-sharoiti

 

 Texnik vositalardan foydalanish va  

 guruhlarda ishlashga mo’ljallangan 

 auditoriya  



 

 Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting  




 

 

 



192 

 

Monitoring va baholash



 

 tizimi asosida baholash.  



 

MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

ta’lim beruvchi 

ta’lim oluvchi 

1 - bosqich. 

O’quv 

mashg’ulotiga 



kirish 

(20 daqiqa) 

1.1. Talabalar davomati aniqlanadi, auditoriya va 

talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 

1.2.  Bugungi kundagi  yangiliklar va mavzuning 

ahamiyati.  

1.3. O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning 

maqsadi,  o’quv  mashg’ulotidan  kutilayotgan 

natijalar ma’lum qilinadi. 

1.1. Eshitadi, yozib oladi. 

2 - bosqich. 

Asosiy 


qism 

(120 daqiqa) 

2.1. Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi. 

Reja,  tayanch  tushunchalar  bilan  tanishish  taklif 

etiladi. 

2.2.  Slaydlardagi  ko’rgazma  va  sharhlar  asosida 

qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi. 

Resurslar  potensialining  iqtisodiy  mohiyati  va 

uning  tarkibi

resurslar  potensialini  hisoblash 

uslublari,  vazifalari,  ko’rsatkichlari  va  ulardan 

samarali  foydalanish  omillariga  doir  tayyorlab 

kelingan chizma orqali talabalar hukmiga havola 

etiladi. Dars davomida talabalarni faollashtiruvchi 

savollar o’rtaga tashlanadi. Har bir rejadagi savol 

bo’yicha xulosalar qilinadi. 

2.3. Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq 

izohlash  maqsadida  talabalarga  Klaster  texnikasi 

qo’llaniladi. 

2.1. Eshitadi. 

Navbat  bilan  bir-birini 

takrorlamay 

atamalarni 

aytadi. 


O’ylaydi,  javob  beradi  va 

to’g’ri javobni eshitadi. 

2.2.  Muammoli  vaziyatda 

o’z  fikri  bilan,  muammoni 

xal 

qilish 


yo’llarini 

qidiradi. 

2.3. Eslab qoladi, yozadi. 

Har  bir  savolga  javob 

berishga harakat qiladi. 

Ta’rifni 

yozib 

oladi, 


misollar keltiradi 

3 - bosqich. 

Yakuniy 

 (20 daqiqa) 

 

3.1.  Mavzu  bo’yicha  yakun  qiladi,  qilingan 



ishlarni  kelgusida  kasbiy  faoliyatida  muhim 

ahamiyatga  ega  ekanligiga  talabalar  e’tiborini 

qaratadi. 

3.2. Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.  

3.3. Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi. 

3.4. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. 

3.1.  O’z-o’zini,  o’zaro 

baholashni o’tkazadi.  

3.2.  Savol  beradilar,  javob 

beradilar. 

3.3.  Mavzu  bo’yicha  test 

topshiriqla-rini bajaradilar. 

3.4. Mustaqil ishlash uchun 

topshiriqlarni yozadilar. 



 

9.1.Resurslar potensialining iqtisodiy mohiyati va uning tarkibi 

Qishloq  xo’jaligi  boshqa  moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  qatori  insonning  har  tomonlama 

ehtiyojini  qondiradigan  iste’mol  qiymatlar  yaratish  maqsadida  resurslarga  bo’lgan  ta’sirini 

ifodalaydi.  Bu  jarayonni  amalga  oshirish  kompleks  obyektiv  va  subyektiv    ishlab  chiqarish 

omillaridan  foydalanishni  talab  qiladi.  Ular  inson  mehnati,  mehnat  vositalari  va  mehnat 

predmetlaridan tashkil topadi. 




 

 

 



193 

 

Fanda ma’lumki, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lishidan  qat’iy  nazar, ishchi 



va ishlab chiqarish vositalari uning doimiy omillari bo’lib qoladi.  

Mehnat vositalariga, inson mahsulot olish maqsadida mehnat predmetlariga ta’sir etuvchi, ishlab 

chiqarishning moddiy elementlari kiradi. 

Mehnat predmetlariga, ishlab chiqarish jarayonida, inson mehnati qaratilgan va inson tomonidan 

kerakli yo’nalishda o’zgartiriladigan, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi. 

Shu bilan birga, inson, mehnat vositalari va mehnat predmetlari faqat imkoniyat jihatdan ishlab 

chiqarish  omillari  hisoblanadi.  Umuman  ishlab  chiqarish  uchun  ular  birlashishlari  kerak.  Ishlab 

chiqarish jarayoniga mehnat vositalarini jalb qilib va ular yordamida mehnat predmetlariga ta’sir etib, 

inson ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol uchun foydalaniladigan mahsulot yaratadi. 

Moddiy ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining mexanik birligini emas, balki organik birligi 

va bog’liqligini, pirovard natijada, ma’lum bir mahsulotning tarkibi, hajmi va sifati bo’yicha ishlab 

chiqarish omillari transformasiyasini ifodalaydi.    

Qishloq  xo’jaligida  inson,  mehnat  vositalari  va  predmetlari  bilan  bir  qatorda  mahsulot  ishlab 

chiqarish  jarayonida  yer  va  suv  faol  ishtiroq  etadi.  Qishloq  xo’jaligi  ekinlari  hosildorligi  yerning 

sifatiga, uning unumdorligiga va suv bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Bu esa o’z navbatida qishloq 

xo’jaligi tarmoqlarining samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. 

Inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va  mehnat  predmeti  qishloq xo’jaligida mahsulotlarni 

ishlab  chiqarish  jarayonini    amalga    oshiruvchi    zaruriy  sharoit  va  omillardir,  binobarin  uning 

resurslaridir.  Demak,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  resurslari–mehnat,  yer,  suv  va  moddiy 

resurslar-qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning 

salohiyatini (potensialini) tashkil etadi.  

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari, sifat jihatdan bir-biridan farq qilsa ham, ularning bir 

qator umumiy tomonlari mavjud: 

-ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashishning  potensial  imkoniyatlariga  va  ularni  iste’mol 

qilishning  unumli  xarakteriga  ega.  Mos    ravishda,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  resurslari 

ishlab chiqarish jarayoniga kirmaguncha alohida-alohida bo’ladi. Jarayon  boshlangandan  keyin 

birlashadi; 

-jamiyat  iqtisodiy  rivojlanishining  har  bir  etapida    hajm    va  tarkib  jihatdan  chegaralanish 

xarakterlidir; Demak, xulosa shuki, mahsulot yaratishda qatnashadigan elementlarning hammasi ham, 

ishlab chiqarish resurslari bo’lavermaydi. Misol uchun, havo ishlab chiqarish jarayonida bevosita va 

faol qatnashadi,  lekin  u iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish resursi hisoblanmaydi, chunki u nazariy 

hamda amaliy jihatdan olganda  chegaralanmagan. Shu bilan  birga, har bir ma’lum davrda ishlab 

chiqarish  resurslarining  chegaralanganligi,  jamiyat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining  rivojlanishi 

darajasini,  absolyut  emas  balki  nisbiy  jihatdan  xarakterlaydi.  Ishlab  chiqarish  resurslarning  nisbiy  

chegaralanganligi,    ba’zi    hollarda  kamyobligi,  bir  tomondan,  ulardan  ancha  intensiv  va  samarali 

foydalanishni,  boshqa  tomondan  bir  resursni  boshqa  resurs  bilan    almashtirish,  ularning  bir-birini 

o’rnini qoplash imkoniyati zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yerlarning unumdorligini oshirish, ishlab 

chiqarishga  kompleks  mexnizasiya  va  avtomatlashtirishni  qo’llash  mehnat  resurslari  va  boshqalar 

kamyobligini to’ldirishga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish 

resurslarini  iste’mol  qilish  bilan  xarakterlanadi.    Bu  esa  ularni  takror  ishlab  chiqarish  lozimligini 

bildiradi.  Har  bir  resurs  turiga  mos  ravishda  ma’lum  takror  ishlab  chiqarish  manbai  mos  keladi. 

Masalan, mehnat resurslarining manbai mehnatga yaroqli aholi, asosiy vositalarining manbai - kapital 

mablag’lar, moddiy oborot vositalarining manbai - mahsulot sotishdan tushadigan pul va boshqalar.  

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil mehnat resurslaridir.   Shuning uchun jami 

ishlab  chiqarish  qurollari  ichida,  eng  qudratli  ishlab  chiqaruvchi  kuch  ishchilarning  o’zi.  Qishloq 

xo’jaligida  mehnat  resurslari    qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishda  ishtirok  etish  qobiliyatiga    ega  

bo’lgan  kishilar to’plamini ifodalaydi. Mehnat resurslariga qishloq xo’jaligi  ishlab  chiqarishda band 

bo’lgan kishilardan tashqari, ma’lum bir sharoitda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qatnashish 

imkoniyatiga ega  bo’lgan  kishilar,  ya’ni mehnat zahiralari ham kiradi. Mehnat resurslarining eng 



 

 

 



194 

 

harakatchan va  bir vaqtning o’zida sosial faol qismi ish kuchidir. U kishining  jismoniy va ma’naviy 



qobiliyatlarining yig’indisidir. Bundan  ko’rinadiki,  mehnat resurslari shunday holatda ish kuchiga 

aylanadiki,  qachonki  kishining  jismoniy  va  ma’naviy  qobiliyatlari  mehnat    jarayonida    ro’yobga  

chiqsa.    Shuning  uchun  "mehnat  resurslari"  tushunchasi  "ish  kuchiga"  nisbatan  keng  va  ko’p 

qirralidir.  Fan-texnikaning  rivojlanish  jarayonida,  ishlab    chiqarishda  mehnat  resurslarining,  ish 

kuchining  roli  o’sib    boradi.    Mashina  ishchining  ayrim  vazifalarinigina  o’rniga  almashadi,  lekin 

insonni  to’liq  almashtira  olmaydi,  chunki  inson  ishlab  chiqarish  vositalarini  o’zlashtirib,  o’zining 

qobiliyatini  rivojlantira  borib,  tabiat  va  jamiyat  qonunlaridan  o’z  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 

foydalanish jarayonida  mashinani yaratgan. 

 Lekin  qishloq  xo’jaligida  mehnat  resurslarining,  inson  mehnatining  roli  qanchalik  buyuk 

bo’lmasin  uni  tabiat  kuchlari  bilan  almashtirib  bo’lmasligi,  jumladan  yer  resurlarisiz  ro’yobga 

chiqmasligini  bildiradi.  Qishloq  xo’jaligi  yer  resurslari  deganda,  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab 

chiqaruvchilari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xususiy mulk sifatida, egalik 

qiluvchi  va  foydalanuvchi  yer  maydonlari  tushuniladi.  Qishloq  xo’jaligi    ishlab    chiqarishining  

moddiy asosi sifatida  yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa 

ishlab  chiqarish  resurslarini  birlashtirish  uchun  moddiy  baza    hisoblanadi.  Chunki  yer  qishloq 

xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi. 

 Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab  chiqarishida  muhim omil bo’lib suv 

resurslari hisoblanadi. Suv uglekisliy gaz bilan organik moddalar hosil bo’lish fotosintez jarayonida  

qatnashib, o’simlik organizmi uchun material hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni 

eritadi  va  ularni  o’simlik  tomonidan  o’zlashtirishni  amalga  oshiradi,  qishloq  xo’jaligi  ekinlari 

hosildorligi shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi. 

 Yer  resurslaridan  keyin  ishlab  chiqarishning  moddiy  elementlaridan  hisoblangan  moddiy 

resurslar turadi. Moddiy resurslar inson tomonidan yaratilgan bo’lib ikkiga bo’linadi: 

 1.Asosiy vositalar 

 2.Moddiy aylanma vositalar 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish