Ta’lim metodlari
Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,
blis so’rov, o’zaro o’qitish metodi,
“Muammoli vaziyat” metodi.
Ta’lim vositalari
Ma’ruza matni, videoproyektor,
slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch
tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha
tarqatma material.
Ta’lim shakllari
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
O’qitish shart-sharoiti
Texnik vositalardan foydalanish va
guruhlarda ishlashga mo’ljallangan
auditoriya
Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting
192
Monitoring va baholash
tizimi asosida baholash.
MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyat mazmuni
ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchi
1 - bosqich.
O’quv
mashg’ulotiga
kirish
(20 daqiqa)
1.1. Talabalar davomati aniqlanadi, auditoriya va
talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
1.2. Bugungi kundagi yangiliklar va mavzuning
ahamiyati.
1.3. O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning
maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan
natijalar ma’lum qilinadi.
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
2 - bosqich.
Asosiy
qism
(120 daqiqa)
2.1. Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi.
Reja, tayanch tushunchalar bilan tanishish taklif
etiladi.
2.2. Slaydlardagi ko’rgazma va sharhlar asosida
qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi.
Resurslar potensialining iqtisodiy mohiyati va
uning tarkibi
,
resurslar potensialini hisoblash
uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan
samarali foydalanish omillariga doir tayyorlab
kelingan chizma orqali talabalar hukmiga havola
etiladi. Dars davomida talabalarni faollashtiruvchi
savollar o’rtaga tashlanadi. Har bir rejadagi savol
bo’yicha xulosalar qilinadi.
2.3. Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq
izohlash maqsadida talabalarga Klaster texnikasi
qo’llaniladi.
2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini
takrorlamay
atamalarni
aytadi.
O’ylaydi, javob beradi va
to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Muammoli vaziyatda
o’z fikri bilan, muammoni
xal
qilish
yo’llarini
qidiradi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi.
Har bir savolga javob
berishga harakat qiladi.
Ta’rifni
yozib
oladi,
misollar keltiradi
3 - bosqich.
Yakuniy
(20 daqiqa)
3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan
ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatida muhim
ahamiyatga ega ekanligiga talabalar e’tiborini
qaratadi.
3.2. Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.
3.3. Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi.
3.4. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi.
3.1. O’z-o’zini, o’zaro
baholashni o’tkazadi.
3.2. Savol beradilar, javob
beradilar.
3.3. Mavzu bo’yicha test
topshiriqla-rini bajaradilar.
3.4. Mustaqil ishlash uchun
topshiriqlarni yozadilar.
9.1.Resurslar potensialining iqtisodiy mohiyati va uning tarkibi
Qishloq xo’jaligi boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatori insonning har tomonlama
ehtiyojini qondiradigan iste’mol qiymatlar yaratish maqsadida resurslarga bo’lgan ta’sirini
ifodalaydi. Bu jarayonni amalga oshirish kompleks obyektiv va subyektiv ishlab chiqarish
omillaridan foydalanishni talab qiladi. Ular inson mehnati, mehnat vositalari va mehnat
predmetlaridan tashkil topadi.
193
Fanda ma’lumki, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ishchi
va ishlab chiqarish vositalari uning doimiy omillari bo’lib qoladi.
Mehnat vositalariga, inson mahsulot olish maqsadida mehnat predmetlariga ta’sir etuvchi, ishlab
chiqarishning moddiy elementlari kiradi.
Mehnat predmetlariga, ishlab chiqarish jarayonida, inson mehnati qaratilgan va inson tomonidan
kerakli yo’nalishda o’zgartiriladigan, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi.
Shu bilan birga, inson, mehnat vositalari va mehnat predmetlari faqat imkoniyat jihatdan ishlab
chiqarish omillari hisoblanadi. Umuman ishlab chiqarish uchun ular birlashishlari kerak. Ishlab
chiqarish jarayoniga mehnat vositalarini jalb qilib va ular yordamida mehnat predmetlariga ta’sir etib,
inson ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol uchun foydalaniladigan mahsulot yaratadi.
Moddiy ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining mexanik birligini emas, balki organik birligi
va bog’liqligini, pirovard natijada, ma’lum bir mahsulotning tarkibi, hajmi va sifati bo’yicha ishlab
chiqarish omillari transformasiyasini ifodalaydi.
Qishloq xo’jaligida inson, mehnat vositalari va predmetlari bilan bir qatorda mahsulot ishlab
chiqarish jarayonida yer va suv faol ishtiroq etadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi yerning
sifatiga, uning unumdorligiga va suv bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Bu esa o’z navbatida qishloq
xo’jaligi tarmoqlarining samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
Inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va mehnat predmeti qishloq xo’jaligida mahsulotlarni
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi zaruriy sharoit va omillardir, binobarin uning
resurslaridir. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari–mehnat, yer, suv va moddiy
resurslar-qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning
salohiyatini (potensialini) tashkil etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari, sifat jihatdan bir-biridan farq qilsa ham, ularning bir
qator umumiy tomonlari mavjud:
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashishning potensial imkoniyatlariga va ularni iste’mol
qilishning unumli xarakteriga ega. Mos ravishda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari
ishlab chiqarish jarayoniga kirmaguncha alohida-alohida bo’ladi. Jarayon boshlangandan keyin
birlashadi;
-jamiyat iqtisodiy rivojlanishining har bir etapida hajm va tarkib jihatdan chegaralanish
xarakterlidir; Demak, xulosa shuki, mahsulot yaratishda qatnashadigan elementlarning hammasi ham,
ishlab chiqarish resurslari bo’lavermaydi. Misol uchun, havo ishlab chiqarish jarayonida bevosita va
faol qatnashadi, lekin u iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish resursi hisoblanmaydi, chunki u nazariy
hamda amaliy jihatdan olganda chegaralanmagan. Shu bilan birga, har bir ma’lum davrda ishlab
chiqarish resurslarining chegaralanganligi, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi
darajasini, absolyut emas balki nisbiy jihatdan xarakterlaydi. Ishlab chiqarish resurslarning nisbiy
chegaralanganligi, ba’zi hollarda kamyobligi, bir tomondan, ulardan ancha intensiv va samarali
foydalanishni, boshqa tomondan bir resursni boshqa resurs bilan almashtirish, ularning bir-birini
o’rnini qoplash imkoniyati zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yerlarning unumdorligini oshirish, ishlab
chiqarishga kompleks mexnizasiya va avtomatlashtirishni qo’llash mehnat resurslari va boshqalar
kamyobligini to’ldirishga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish
resurslarini iste’mol qilish bilan xarakterlanadi. Bu esa ularni takror ishlab chiqarish lozimligini
bildiradi. Har bir resurs turiga mos ravishda ma’lum takror ishlab chiqarish manbai mos keladi.
Masalan, mehnat resurslarining manbai mehnatga yaroqli aholi, asosiy vositalarining manbai - kapital
mablag’lar, moddiy oborot vositalarining manbai - mahsulot sotishdan tushadigan pul va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil mehnat resurslaridir. Shuning uchun jami
ishlab chiqarish qurollari ichida, eng qudratli ishlab chiqaruvchi kuch ishchilarning o’zi. Qishloq
xo’jaligida mehnat resurslari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ishtirok etish qobiliyatiga ega
bo’lgan kishilar to’plamini ifodalaydi. Mehnat resurslariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda band
bo’lgan kishilardan tashqari, ma’lum bir sharoitda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qatnashish
imkoniyatiga ega bo’lgan kishilar, ya’ni mehnat zahiralari ham kiradi. Mehnat resurslarining eng
194
harakatchan va bir vaqtning o’zida sosial faol qismi ish kuchidir. U kishining jismoniy va ma’naviy
qobiliyatlarining yig’indisidir. Bundan ko’rinadiki, mehnat resurslari shunday holatda ish kuchiga
aylanadiki, qachonki kishining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari mehnat jarayonida ro’yobga
chiqsa. Shuning uchun "mehnat resurslari" tushunchasi "ish kuchiga" nisbatan keng va ko’p
qirralidir. Fan-texnikaning rivojlanish jarayonida, ishlab chiqarishda mehnat resurslarining, ish
kuchining roli o’sib boradi. Mashina ishchining ayrim vazifalarinigina o’rniga almashadi, lekin
insonni to’liq almashtira olmaydi, chunki inson ishlab chiqarish vositalarini o’zlashtirib, o’zining
qobiliyatini rivojlantira borib, tabiat va jamiyat qonunlaridan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
foydalanish jarayonida mashinani yaratgan.
Lekin qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining, inson mehnatining roli qanchalik buyuk
bo’lmasin uni tabiat kuchlari bilan almashtirib bo’lmasligi, jumladan yer resurlarisiz ro’yobga
chiqmasligini bildiradi. Qishloq xo’jaligi yer resurslari deganda, qishloq xo’jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xususiy mulk sifatida, egalik
qiluvchi va foydalanuvchi yer maydonlari tushuniladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining
moddiy asosi sifatida yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa
ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish uchun moddiy baza hisoblanadi. Chunki yer qishloq
xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi.
Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil bo’lib suv
resurslari hisoblanadi. Suv uglekisliy gaz bilan organik moddalar hosil bo’lish fotosintez jarayonida
qatnashib, o’simlik organizmi uchun material hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni
eritadi va ularni o’simlik tomonidan o’zlashtirishni amalga oshiradi, qishloq xo’jaligi ekinlari
hosildorligi shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Yer resurslaridan keyin ishlab chiqarishning moddiy elementlaridan hisoblangan moddiy
resurslar turadi. Moddiy resurslar inson tomonidan yaratilgan bo’lib ikkiga bo’linadi:
1.Asosiy vositalar
2.Moddiy aylanma vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |