Asosiy vositalar
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida uzoq vaqt ishtiroq etib (bir
qancha yillar, bir qancha ishlab chiqarish jarayoni davomida) o’zining natura buyum shaklini saqlab
qoladi. Uning qiymati amortizasiya shaklida yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga asta-sekin o’tib,
shu mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlariga, ya’ni tannarxiga qo’shiladi. Misol uchun traktorlar,
kombaynlar, qishloq xo’jaligi mashinalariinng eskirish qismi shular jumlasiga kiradi.
Moddiy aylanma vositalar
, asosiy vositalardan farqli o’laroq, ishlab chiqarish jarayonida bir
marta ishtiroq etib, o’zlarining shakllarini o’zgartiradi va bir vaqtning o’zida o’z qiymatlarini
yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga to’liq o’tkazadi. Misol uchun, urug’lik, yem, yoqilg’i
moylash materiallari, o’g’it va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Shu bilan birga qishloq xo’jaligida moddiy resurslarni asosiy va aylanma vositalarga bo’lishda
noaniq joylari bo’lib, buni mahalliy va mineral o’g’itlarda yaqqol ko’rish mumkin. Bular shu yil
sotib olinib, yerga shu yil solinadi va xarajatga to’liq qo’shiladi. Mavjud tannarxni oshirib yuboradi.
Lekin ularning o’simlikka ta’siri bir necha siklda davom etadi. Xuddi shunga o’xshash yosh ko’p
yillik daraxtlar ham.
Ishlab chiqarishga moliyaviy resuslar ham aktiv ta’sir ko’rsatadi. Ular uchga bo’linadi.
1.Davlat pul vositalari;
2.Qishloq xo’jaligi korxonalari pul vositalari;
3.Tovar ishlab chiqaruvchilar pul vositalari.
Ular ishlab chiqarishning to’xtovsiz harakatini ta’minlash uchun, shuningdek ijtimoiy-
madaniy tadbirlar uchun foydalaniladi. Ularning tarkibiga muomila fondlari, amortizasiya fondi,
kapital mablag’lar, foyda va boshqalar kiradi.
I.Bundan tashqari kelib chiqishiga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi:
1.Tabiiy (yer-suv, o’rmon, hayvonot dunyosi, quyosh energiyasi )
2.Iqtisodiy (asosiy vositalar, moddiy oborot vositalari)
195
II.Takror ishlab chiqarish imkoniyatiga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi.
1.Yangilanadigan (mehnat, moddiy);
2.Yangilanmaydigan (yer, suv).
III.Foydalanish xarakteriga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi;
1.Potensial resurslar (korxonaga berkitilgan mavjud ishlab chiqarish resurslari);
2.Harakatdagi resuslar(potensial resursning bir qismi bo’lib, ular asta-sekin korxonaning ishlab
chiqaruvchi kuchlariga aylanadi).
IV.Foydalanish shakli va hajmiga qarab harakatdagi resurslar ikkiga bo’linadi:
1.Qo’llanilgan resurslar(resurs potensiali);
2.Iste’mol qilingan resurslar(tannarx).
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxi tarkibiga:bevosita mehnat haqi
(ajratmalar bilan) xarajatlari, o’g’itlar, amortizasiya, urug’lik, yoqilg’i moylash materiallariga
sarflangan xarajatlar, ish va xizmat to’lovlari, yagona yer solig’i va boshqa ayrim soliqlar, sug’urta
to’lovlari, umumishlab chiqarish xarajatlari, va boshqa bevosita xarajatlar kabi moddalar kiradi.
9.2. Resurslar potensialini hisoblash uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan samarali
Do'stlaringiz bilan baham: |