Birinchidan,
qishloq mehnatkashlarining ishlab chiqarish vositalaridan va o’z mehnatlarining
natijalaridan, ularni sotishdan keladigan foydadan uzoqlashuvi. Bu esa ish kuchining ishlab chiqarish
vositalari bilan qo’shilishi munosabatini xodim bilan davlat o’rtasidagi tovar aloqasi shaklida
ko’rsatadi.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy alohidaligi darajasi
keskin o’sadi; xo’jalik faoliyati va ish o’rnini tanlashdagi muqobillikning kengayishi, xo’jalik yuritish
shakllari va mehnat haqi, shuningdek regionlar o’rtasidagi farq qiluvchi qishloq xo’jaligi korxonalari
o’rtasida ish kuchi aralashib ketishining kuchayishisiz sodir bo’lmaydi.
Ikkinchidan
, ish kuchini takror ishlab chiqarishda qiymat qonunining tan olinmasligi, xodimlar
malakasi va ular bajarayotgan ishning murakkabligini hisobga olmaslik, ish haqi miqdori bilan ish
kuchining qiymatini qoplash uchun talab qilingan xarajatlar o’rtasidagi uzilishga olib keldi. Bozor
sharoitida malakali ish kuchini jalb qilish uchun raqobat rivojlanishi bilan qishloqda mehnat
munosabatlari sohasida qiymat qonunining, talab va taklif qonunining roli oshib boradi.
Uchinchidan,
mehnatning bozor orqali jamiyat tomonidan tan olinish mexanizmi xodimlar
o’rtasida yaxshi mehnat sharoiti va yaxshi haq to’laydigan joyga bellashuvni amalga oshirishga
imkoniyat beradi.
Ish kuchi bozori - bu mazmuniga ko’ra ish kuchining harakat formasidir. Mehnat bozorining
rivojlanishi ish kuchiga to’laqonli haq to’lashni ta’minlaydi; ish kuchi sifatini oshirishni,
tashabbuskorlikni, tadbirkorlikni rag’batlantiradi; uning yuqori harakatchanligini ta’minlaydi. Bular
hammasi o’z o’zidan iqtisodiyotni va fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Mulkning va xo’jalik yuritishning turli tuman shakllariga o’tish sharoitida, nafaqat aniq ish o’rnini
tanlash erkinligini kengaytiradi, balki har bir kishiga o’z ish kuchini qo’llashga: dehqon xo’jaligida
ishlash, yollanma mehnat, davlat yoki kooperativ korxonalarda ishlashiga erkinlikni kengaytiradi.
Yashash joyini tanlashdagi erkinlik ham kengayadi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida
aniq ish joyi hyech kimga kafolat qilinmaydi.
Ish kuchi bozori ko’p hollarda qishloq xo’jaligining davlat sektori bo’lmagan bo’g’inlarida -
dehqon xo’jaligida, shirkat xo’jaliklarida aksiyador korxona va jamiyatlarda, aralash korxonalarda
namoyon bo’ladi. Shu bilan birga ish kuchi bozori davlatning faol tartibga solishiga tayanadi, ya’ni
vaqtincha band bo’lmaganlarga moddiy yordam, kadrlarni qayta tayyorlash tizimlarini tashkil qilish,
aholini bir joydan boshqa joyga ko’chirish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |