8.3.14. “Jome ut-tavorix”
“Jome ut-tavorix” (“Tarixlar majmuasi”) asarining muallifi mashh’ur
qomusiy olim, tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi Rashiuddin
Fazlulloh’ ibn İmoduddavla Abulxayr al-Xamadaniydir. Uning ota-bobolari h’am
wz zamonining wqimishli kishilaridan bwlgandar. Masalan, bobosi dastlab yirik
qomusiy olim Nosiruddin Tusiy (1201-1274 yy.) bilan birgalikda Alamut
qalasida
29
İsmoiliylar xizmatida bwlgan, swng mwg’ullar tarafiga wtib ketgan.
Otasi İmoduddavla Abulxayr wrta h’ol kishi bwlib, Hamadonda tabibchilik bilan
kun kechirgan, keyinchalik Elxlniylar saroyiga taklif qilinib, u erda h’am wz kasbi
bilan shug’ullangan.
Rashiduddin 1247 yili Hamadonda tug’ilgan. Ёshligidan yaxshi wqib, ota
kasbidan tashqari, kwpgina ilmlarni – iloh’iёt, tabiiy fanlar, mumtoz adabiёt, tarix,
geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan.
Rashiduddin Elxon Abaqaxon (1265-1282 yy.) davrida uning shaxsiy tabibi
bwlib xizmat qilgan, keyincha G’ozonxon (1295-1304 yy.) va Wljoytuxon (1304-
1317 yy.)lar vaziri bwlgan. Ushbu xonlarning h’omiyligi, ayniqsa wzining
tadbirkorligi orqasida, davlatning moliyaviy muassasasi tamoman uning qwlida
edi, Rashiduddin vazirlik yillari (1298-1317 yy.) wz davrining eng badavlat va
nufuzli kishilaridan biriga aylandi. Halokuiylar davlatining turli viloyatlarida uning
80 000 gektar h’osildor er-suvi, bog’lari, wnlab h’ammomlari, karvonsaroylari,
h’unarmandchilik va savdo dwkonlari, yaylovlarda esa 250 000 qwyi, 30 000
yilqisi, 10 000 tuyasi bwlgan. Rashiduddinning shaxsiy boyligi, tarixiy
manbalarning guvoh’lik berishicha, 35 000 000 dinorga teng bwlgan. Uning kwp
sonli wg’illari, 16 nafar Bag’dod, Rum, Gurjiston, Ardabil, İsfah’on, Fors,
Xuziston, Kirmon va Domg’on vilochtlarining h’okimi edilar.
Rashiduddin feodal tarqoqlik va ayirmachilik tarafdori bwlgan kwchmanchi
turk-mwg’ul katta er egalaridan farqli wlaroq, wtroqlik h’amda markaziy davlat
muassasini mustah’kamlash tarafdori edi. Uning G’ozonxon davrida wtkazgan
mamuriy va moliyaviy isloh’otlari shunga qaratilgandi. Oxiri Rashiduddin
elxoniylar saroyida h’ukm surgan fitna qurboni bwldi. Endigina taxtga wtqazilgan
29
Аламут қалъаси - Қазвиннинг шимоли-ғарбий тарафида, Эльбурс тоғида жойлашган мустаҳкам қалъа,
Исмоилийларнинг муҳим қароргоҳларидан.
84
Abu Saidxon (1317-1335 yy.) Rashiduddinni saroydan chetlashtirdi. Oradan bir yil
wtgach, u Wljoytuxonni zah’arlab wldirishda ayblanib, 1318 yilning 18 iyulida
qatl etildi, barcha mol-mulki musodara qilindi. Wshanda uning Tabrizdagi 600 000
jild kitobga ega boy kutubxonasi h’am talon-taroj qilindi.
Rashiduddin tarixda wzining yirik asarlari bilan h’am nom qoldirdi. İloh’iёt
ilmining ayrim masalalariga bag’ishlangan “Al-majmuot ar-Rashidiya”
(“Rashiduddinning majmualari”), tabiёtga oid “Al-osor va-l-ih’ya”(“Tirik
narsalarning qoldiqlari”), “Baёn al-h’aqoiq” (“Haqiqatlar baёni”), qurilish
masalalariga bag’ishlangan “Asila va ajiba”(“Ajib va asil narsalar”) va nih’oyat,
jah’on tarixini wx ichiga olgan “Jome ut-tavorix” uning qalamiga mansub asarlar
jumlasidandir.
Olimning bizning zamonamizgacha twla etib kelgan birdan-bir asari ana shu
“Jome ut-tavorix” bwlib, u wrta asr tarixnavisligining wziga xos noёb asari
h’isoblanadi. Bu kitob wrta asr Sharq tarixchiligida yangi ananani boshlab bergan
asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi bilan birga, G’arb
mamlakatlari, Xitoy h’amda Hindiston tarixini h’am ёritishga intilgan, Sharq
mamlakatlari tarixini umum jah’on tarixining bir qismi, deb h’isoblangan.
“Jome ut-tavorix” asari 1301-1311 yillari orasida G’ozonxonning topshirig’i
bilan ёzilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) mwg’ullar va ular asos solgan davlatlar
Ulug’ yurt yani Mwg’uliston, Elxoniylar davlati h’amda mwg’ullar asoratiga
tushib qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, Urta Osiё va Yaqin h’amda Wrta
Sharq mamlakatlari xalqlarining mwg’ul istolchisigacha bwlgan qisqacha tarixi; 2)
Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiёtdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi va
uning tarkibida tashkil topgan G’aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati,
Xorazmshoh’lar davlati tarixi; Xitoy, qadimgi yah’udiylar, franklar, Rim
imperiyasi va Hindiston tarixi; 3) Er kurrasi h’amda etti iqlim mamlakatlarining
geografik h’olati. Afsuski, asarning swnggi, uchinchi qismi saqlanmagan.
Qwlёzma 1318 yili Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan
vaqtlarda ywqolgan bwlishi mumkin.
Mazkur asar, ayniqsa uning turk va mwg’ul xalqlarining Chingizxonga
qadar kechgan tarixi Mah’mud Koshg’ariy va Alouddin Otamalik Juvayniy
asarlari, Elxoniylar kutubxonasida saqlanaёtgan “Oltin daftar”, Chingizxon va
uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, turk-mwg’ul xalqlari tarixi va irvoyatlarini
yaxshi bilgan kishilar, Pwlod, Chjen-syan, G’ozonxon va boshqalarning og’zaki
axborotlari, G’arb mamlakatlari, Xitoy va Hindiston xalqlari tarixiga oid qismlari
wsha vaqtlarda Eronga kelib qolgan frantsiyalik ikki katolik roh’ib, ikki xitoylik
olim va kashmirlik roh’ibning ishtirokida ёzilgan. Twplangan malumotlarni
tartibga solish ishlarini muallifning ёrdamchilari Abdulla Koshoniy h’amda
Ah’mad Buxoriylar bajarganlar.
“Jome ut-tavorix” asarining ayniqsa turk-mwg’ul xalqlari tarixini wz ichiga
olgan qismi Markaziy Osiё xalqlari tarixini wrganishda katta ah’amiyatga ega.
Kitobning Wrta Osiё, Eron va Kavkaz orti xalqlarining XIII asr boshlaridagi
ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid qismlari h’am benih’oyatda qimmatlidir.
Asarning ayrim qismlari Katrmer (1836 y.), E.Bloshe (1911 y.), K.Yan
(1941 y.), İ.N.Berezin (1858-1888 yy.) tarafidan rus, frantsuz h’amda nemis
85
tillariga tarjima qilingan va forscha matni, swz boshi bilan chop qilingan. Uning
wzbek tiliga qilingan ikkita tarjimasi bor. Ulardan biri Shayboniylardan
Kwchkinchixonning (1510-1530 yy.) topshirig’i bilan Muh’ammad Ali ibn
Darvish Ali Buxoriy tomonidan qilingan va muqaddima va uch jilddan iborat. Bu
tarjimaning noёb qwlёzmasi Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining
Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida 2 tartib raqami
ostida saqlanmoqda. İkkinchi tarjima esa 1556 yili Niso shah’rida Solur bob ibn
Qul Ali tarafidan Urganch h’okimi Ali Sultonning (1572 yili vafot etgan) buyrug’i
bilan bajarilgan bwlib, uning qwlёzma nusxasi Ashgabadda Turkmaniston Fanlar
Akademiyasining Til va adabiёt institutida saqlanadi.
“Jome ut-tavorix” asarining twla ruscha tarjimasi 7 nafar mwtabar
qwlёzmalar asosida 1946-1960 yillari Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |