gimnastika snaryadlarida mashqlar. Gimnastika snaryadlarida mashqlarni o’tkazishda o’qituvchilarga quyidagilar tavsiya qilinadi:
.Mashg’ulot joyini tez tashkil qilish va tayyorlashga erishish. Shug’ullanuvchilar o’rtasida majburiyatlarni aniq taqsimlash va uning bajarilishini nazorat qilish bunga kafolat bo’lib xizmat qiladi.
Mashqning bajarilishini kuzatib turish uchun shug’ullanuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish.
Shug’ullanuvchi tomonidan joyning to’g’ri tanlanishi bunga yordam beradi. Chunki joyning to’g’ri tanlanishi kuzatish uchun qulay sharoit yaratadi hamda ko’z bilan qabul qilishda doimiy qo’zg’atuvchilarning zararli ta’sirini kamaytiradi.
Asosiy mashq bajarilishidan oldin maxsus badan qizdirish o’tkazish.
Darsning asosiy qismida har bir mashq turi oldidan mashg’ulotlar maxsus badan qizdirish mashqlaridan boshlanadi. Maxsus badan qizdirish mashqlari harakat apparatining qo’shimcha ravishda tayyorlanishga yordam beradi va shug’ullanuvchining bugungi kundagi holatini, u yoki bu mashqni bajarishga bo’lgan imkoniyat darajasini aniqlashga imkon yaratadi (gimnastlar iborasi bilan
«snaryadni his etish», deyiladi).
Badan qizdirish vositalariga quyidagilar kiradi: buyumlar, buyumlarsiz va og’irlik bilan, ommaviy turdagi snaryadlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar hamda albatta shug’ullanuvchi tayyorgarlik ko’rayotgan gimnastika turidagi mashqlar. Gimnastika bilan shug’ullanishni yangi boshlaganlarga mashqlarni tanlash va me’yorlash o’qituvchi (murabbiy) tomonidan aniqlanadi. Tajribali gimnastikachilar maxsus gimnastikani, odatda, mustaqil o’tkazadilar.
4). Belgilangan uslubiy tavsiyalarga amal qilgan holda, mashg’ulotdagi vaziyatni hisobga olib, asosiy mashqlarni o’tkazish.
Erkin mashqlar kombinatsiyalari. O’qituvchi erkin mashqlar kombinatsiyalarini o’rganishda (ularda murakkab akrobatika elementlari yo’q) yalpi uslubdan foydalangan holda mashg’ulotni olib boradi. Bunda u quyidagicha harakat qiladi:
Birinchi hisobda bajariladigan harakatni ko’rsatib beradi va bir vaqtning o’zida u bilan bajarishni shug’ullanuvchilarga taklif qiladi. Agar bu harakatlar nosimmetrik bo’lsa, unda o’qituvchi uni guruhga orqasi bilan turgan holda ko’rsatadi.
Harakat murakkabligi va shug’ullanuvchilar tarkibiga qarab, bu harakat bir necha marta takrorlanadi.
Shug’ullanuvchilarga harakatni namoyishsiz bajarishni taklif qiladi.
Xatolarni tugatadi va birinchi hisobdagi harakatni u to’liq darajada egallagunga qadar takrorlaydi.
Xuddi shu tarzda birinchi to’rtta hisobgacha bajariladigan harakatlarni o’rgatadi. Takrorlashda xohlagan hisobdagi harakatlardan boshlaydi.
Harakatlarni mustaqil o’rganish uchun 1-2 daqiqa beradi.
Shu tarzda keyingi to’rtta hisobni o’rgatadi.
Shug’ullanuvchilarga egallangan harakatlarni musiqa jo’rligida bajarishni taklif qiladi va sanab turadi. Xuddi shunday, lekin sanalmaydi.
Ko’rsatilgan tartibda kombinatsiya oxirigacha harakat qiladi. Takrorlash paytida istalgan frazadan boshlaydi.